Reja Rangli metallar Chanlarda tanlab eritish


Download 47 Kb.
bet2/2
Sana16.11.2023
Hajmi47 Kb.
#1781539
1   2
Tanlab eritish- umumiy ma'noda eritma deb olsak, qattiq materialning bir yoki bir nechta komponentlarini eritmaga , odatda suvga o'tkazish. Tanlab eritish quyidagilarni anglatadi:
1. Minerallar va jinslardagi eruvchan tuzlarni suv bilan yuvish jarayoni. Masalan, oltingugurtning ayrim turlarini ko'mirdan yuvish, ko'mirni tuzsizlantirish va boshqalar.
2. Minerallarning kristall panjarasidan ishqoriy va ishqoriy yer metallarini ajratib olish jarayoni: masalan, slyudalardan suvsizlanish natijasida gidromikozli minerallar hosil bo'ladi.
3. Gidrometallurgiya jarayonining ishlashi. Rudalar va ularni boyitish mahsulotlari ( konsentratlar, oraliq mahsulotlar ), pirometallurgiyani qayta ishlash mahsulotlari (shlaklar, matlar, anod shlamlari, shuningdek, qayta ishlanadigan metallar va qotishmalar chiqindilari) yuviladi. Tanlab eritish usuli uran, oltin, mis, rux, molibden, volfram, alyuminiy va boshqalarni olishda keng qo'llaniladi.
Jarayon uch bosqichdan iborat: reaktivlarni qattiq sirtga etkazib berish; kimyoviy reaktsiya; erigan reaktsiya mahsulotlarini eritmaga olib tashlash. Ko'pincha tanlab eritishda diffuziya hodisasi sodir bo'ladi, ya'ni jarayonning tezligi birinchi va uchinchi bosqichlar tomonidan boshqariladi. Shu bilan birga, kinetik rejim ham mumkin, bunda kimyoviy reaksiya sekin bosqich, shuningdek aralash diffuziya-kinetik rejim. Materialning zarracha hajmining pasayishi, haroratning oshishi (ayniqsa, kinetik rejimda) va diffuziya hududida - aralashtirish intensivligining oshishi bilan tezlashadi. Tanlab eritish ishlov beriladigan materialning tabiati, tarkibi va holatiga qarab turli usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, oltin, uran va sulfid konsentratlarini tanlab eritish pulpa aralashtirish bilan amalga oshiriladi. Oksidlangan rudalardan misni olishda boksitlardan aluminatlar va boshqalardan tanlab eritiladi . Yuvish materialga mexanik-kimyoviy, ultratovushli, biologik va termal ta'sirlar bilan birga amalga oshirish mumkin.

Ko‘p afzalliklarga qaramasdan uyumda tanlab eritishning kamchiliklari ham mavjud: kimyoviy reagentlarning ko‘p sarf bo‘lishi, ko‘p yer maydonining sarf bo‘lishi, xarajatlarning ko‘pligi. Murakkab tarkibli(sulfidli) rudalar va chiqindilar uchun uyumda tanlab eritish kam samarali. Sianidli eritmada uyumda eritish olib borish iqlimi mo‘tadil maskanlar uchun foydalidir, chunki eritish 6-8 oy va ba’zida yil talab qilishi mumkin. Shimoliy rayonlarda issiq havo faqatgina 3oy davom etadi, bu esa sianidli eritmada uyumda tanlab eritish uchun samarasizdir. Rossiyalik bir guruh olimlar uyumda tanlab eritishning alternativ usulini ishlab chiqishdi, bu sulfat-xlorid kislotali marganes ikki oksid ishtirokidagi tanlab eritish. Jarayon juda tez amalga oshirilib, bir necha kun davom etadi. Jarayonning mohiyati shundaki, sulfat-xlorid kislotali muhitda marganes ikki oksidining gidratlanishi hisobiga 3 va 4 valentli marganets xlorid komplekslari hosil bo‘ladi va ular nodir metallarni eritmaga o‘tishini ta’minlaydi. Sianidli uyumda tanlab eritishdan ko’ra sulfat-xlorid kislotali uyumda tanlab eritish quyidagi afzalliklarga ega: - Atrof muhitga xavflilikning kamayishi; - Atrof muhitni himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning tejalishi; - Jarayonning yuqori tezligi; - Nodir metallar ajralishining yuqoriligi; - Murakkab tarkibliu sulfid-margumushli rudalardan oltinning to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratib olinishi. O‘zbekistonda bu usul bilan Kumusti konlari qayta ishlanadi. Sulfat kislota sarfining yuqoriligiga qaramasdan (1g oltin uchun 50kg H2SO4) rudani qayta ishlash samaralidir. Ba’zi alohida olingan rudalarda sulfat kislota sarfi 1gr oltin uchun 20…208kg, marganes ikki oksidi 4…128kg. Ruda tarkibidagi oltin miqdori 2,8…7,5g/t bo‘lganda, oltinning ajralishi 80…94%, eritmadagi oltin miqdori 1,0…4,8mg/l. Tanlab eritish jarayoni davomiyligi 13…48soat. Oltinni uyumda tanlab eritish sexi (UTES) ilgarigi «Zarafshan - Nyumont» korxonasi NKMK 25 yillik faoliyati natijasida Muruntovning balansdan tashqari yig‘ilib qolgan rudasini qayta ishlash uchun 1992 yildan buyon ishga krishilgan. 1,4g/t oltin biriktirgan. 220 mln.t ruda 68 qayta ishlashga mo‘ljallangan (Oltinning ajralishi50%). Loyiha uchun 225 million AQSH dollari sarflangan. 1995yil dastlab oltin eritib olina boshlagan. Bunda 2 200 000 m3 hajmdagi tuproq ishlari; 15 300 m3 beton; 88 000 m quvur ; 121 000 m elektr kabel liniyalari o‘tkazildi. Sexning loyihaviy ruda bo‘yicha ish unumdorligi 13,8 mln. t/y i/ch yillarga muvofiq oltin 7-12 t. yetadi. Oltinni uyumda tanlab eritish sexining soddalashtirilgan sxemasi 11 rasmda keltirilgan. Sanoat operatsiyalari quyidagicha amalga oshiriladi: Ruda D10L markali uchta buldozerda D992 markali frontal yuklaydigan mashinalarda yuklanib «Nordberg 1560» markali jag‘li maydalagichning qabul qilish bunkeriga uzatiladi va - 150 mm kattalikkacha maydalanadi. Jag‘li maydalagich tebranuvchi kolosnik elaklari bilan uyg‘un ravishda ishlab konveyer orqali keyingi jarayonga uzatiladi.


Birinchi bosqich maydalashdan so‘ng ruda massasi konveyerlar majmui orqali ruda omboriga ( uzluksiz ishlashni ta’minlash uchun) jo‘natiladi. U yerdan 2- bosqich maydalashga (standart konusli maydalagich «Nordberg MR-1000»), undan keyin 3- bosqich maydalash uchun (ikkita qisqa konusli maydalagich «Nordberg MR-1000»), uzatiladi va ruda ketma - ketlikda 13 mm.gacha maydalanadi. Maydalagichlar ochiq siklda ishlaydi va ularga oldidan mayda fraksiyani ajratish uchun «banan» tipidagi «Nordberg»firmasida ishlab chiqarilgan yuqori samarali elaklar o‘rnatilgan. 4- bosqich maydalash 16 ta vertikal valli rotor tipidagi maydalagichda, ochiq siklda 14 ta «banan» tipidagi «Nordberg» elakda bajariladi. Bu yerda ruda -3,25 mm (94 %) kattalikkacha yanchiladi. To‘rt bosqichli maydalashdan keyin ruda 30 ta o‘ziyurar konveyerlar va bitta uyum hosil qilgich - shtabellar (staker) sistemasi orqali eni 80 m va balandligi 10 m qilib tanlab eritish maydoniga shakllantiriladi. Uyumning loyihaviy balandligi 80 m. ( har biri 10 m. 8 ta qatlam) Konveyer orqali yanchilgan rudaga sement, ohak va suv qo‘shiladi. Sement mayda bo‘lakchalarni bog‘lab, yiriklashtirib erituvchini filtrlanish tezligini oshiradi, chang hosil bo‘lishini kamaytiradi. Uyumning mustahkamligini oshiradi. Ohak eritmaning pH ni rostlashga ishlatiladi chunki, natriy sianid kislotali muhitda parchalanadi. Erituvchi, quvurlar sistemasi orqali ruda materiali qatlamining yuqori maydonidan tomchilatib sepkichda soatiga 7 lm2 miqdorida sarflanadi. Tomchilatib sug‘orish, suvning bug‘lanib yo‘qotilishini, uyumning butun yuzasi bo‘ylab teng tarqalishining oldini oladi. Erituvchi uyumdan sizib o‘tib, rudadagi oltinni eritadi, uyum tagidagi ikkita kanal orqali yig‘uvchi hovuzga to‘planadi va unda oltinning konsentratsiyasi uni samarali ajratish darajasiga yetmagunicha eritma qayta-qayta tanlab eritish uchun uyum tepasiga qaytariladi. To‘yingan eritma undagi cho‘kindilarni ajratish uchun filtrlovchi elementlardan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng kislorodni yo‘qotish uchun ikkita vakuumli deaeratsiyalanadi. Shundan so‘ng eritmaga rux kukuni va qo‘rg‘oshin nitrat qo‘shiladi, natijada oltin va boshqa metallar rux bilan birikib cho‘kadi. Hosil bo‘lgan cho‘kma to‘rtta filtr-pressda yig‘iladi, eritma esa uyumda tanlab eritish jarayoniga 70 qaytariladi va sikl qaytarila veradi. Cho‘kma asosiy metallarni oksidlash uchun ikkita pechda 650 °C kuydiriladi. Qizdirilgan cho‘kma flyus bilan aralashtiriladi (bura aralashmasi, selitra va kremnezem) undan keyin yoyli suyuqlantiruvchi pechda suyuqlantiriladi. Suyuqlanish vaqtida oksidlangan metallar shlakka o‘tadi, oltin zarrachalari bir-biri bilan birikib, og‘irlik kuchi ta'sirida cho‘kadi, suyuqlantiruvchi tig tubiga yig‘iladi. Suyuqlantirish tugaganidan so‘ng tigldan (kovush) dastlab shlak , so‘ngra oltin quyib olinadi. Suyuqlantirib olingan oltin quymasida 10 % gacha kumush, 5 % gacha mis, 3-4 % qo‘rg‘oshin, 2-3 % boshqa aralashmalar bo‘ladi. Qotishmani affinaj qilish va tayyor mahsulotda oltinni 99,99 % ga yetkazish 2-GMZ da amalga oshiriladi. Affinaj jarayonida yig‘ilgan kumush qo‘shimcha mahsulot sifatida ajratilib sotiladi.
metallarni tanlab eritish jarayonining tezligi oshadi. Tion bakteriyalarni 
mishyak saqlovchi minerallarni oksidlashida ham juda katta o‘rni bor. 
Masalan, tarkibida mishyakning miqdori 4–16% bo‘lgan mis-qalayli 
boyitmasida, bakterial tanlab eritishdan so‘ng mishyakning miqdori
0,1–0,5% gacha pasaydi.
Mikrojonzotlarni minerallar bilan ta’sirlashuv jarayonining nazariy 
tadqiqotlari va chanlarda tanlab eritish sanoatining amaliyoti, chanlarda 
bakterial tanlab eritish texnologiyasining rivojlanish yo‘nalishini aniqlab 
berdi. Bularga birinchi navbatda, sulfidli minerallardagi (pirit, 
arsenopirit) mayin oltinni bakteriyalar yordamida ochish, mishyakni 
mishyak saqlovchi boyitmadan zarar qo‘shimcha sifatida ajratib olish 
jarayonlari kiradi, shunindek chanlarda bakteriyalar yordamida sanoat 
chiqindi suvlari ham tozalanishi mumkin. 
Chanlarda bakterial tanlab eritish uyumda va yer ostida tanlab 
eritish jarayonlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, bular 
quyidagilardir: 
– jarayonni boshqrish imkoniyati mavjudligi; 
– tanlab eritish tezligini oshirish maqsadida mayin yanchilgan 
xomashyoni qo‘llash imkoniyati mavjudligi; 
– yuqori selektivlik; 
– qo‘llaniladigan dastgohlarning soddaligi; 
– jarayonni past haroratda olib borilishi va ekologik tozaligi. 
Hozirgi kunda sanoat miqiyosida bakterial tanlab eritish jarayoni 
dunyoning 20 davlatida qo‘llanilmoqda. Masalan, AQSH, Kanada, 
Meksika, Peru, Ispaniya, Avstraliya davlatlarida ishlab chiqariladigan 
misning 20% bakterial-kimyoviy usullarini qo‘llab, ishlab chiqariladi. 
Chanlarda bakterial tanlab eritish usuli yangi jarayonlarga kiradi va 
uning rivojlanishiga qiyin boyitiluvchi rudalarni, sanoat mahsulotlarini, 
qaysar boyitmalarni qayta ishlash zarurligi sababchi bo‘lgan. 
Chanlarda bakterial tanlab eritish usuli, uyumda va yer ostida 
bakterial tanlab eritish usullaridan, jarayonlarni yuqori tezlikda borishi 
bilan ajralib turadi va shu sababdan bu usul hozirgi kunda ishlab 
chiqarish sanoatiga keng jalb qilinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.www.fayllar.org
2.www.wikipediya.com
3.www.kompy.info
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling