Raqobat strategiyasi
Raqobat strategiyasi — bu ma’lum bir firmaning bozorda olib boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan asosiy rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib foydani eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda o‘z bozorini
kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi. Strategik rejaga qarab, firma o‘zining kurash taktikasi va usullarini qo‘llagan holda bozorda raqobat olib boradi. Bozordagi holat va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda firma o‘z usullarini o‘zgartirib turishi ham mumkin. Misol uchun, ayrim firmalar narxlar orqali raqobat qilsa, ayrimlari mahsulot sifati orqali raqobat qiladilar. Jumladan, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari firmalari o‘zlari uchun narxi yuqori bo‘lgan sifatli tovarlarni
taklif etishadi, chunki bu mamlakatlarda aholining daromadlari yuqori bo‘lganligi sababli, xarid qobiliyatlari ham ancha yuqori. Endigina rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda esa aholining daromadlari past bo‘lganligi uchun ularga sifati pastroq bo‘lsada, narxlari arzonroq mahsulotlar taklif etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |