Reja: Reja: Ko’prik haqida qisqacha tushuncha


Download 8.34 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi8.34 Kb.
#1722308
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Reja Ko’prik haqida qisqacha tushuncha-hozir.org (1)

Xitoyning ko‘prik qurilish bo‘yicha olib borayotgan ishlari butun dunyoni hayratga solyapti. U ko‘priklarning uzunligi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlardan joy egallamoqda. O‘ntalikni uzunligi 35,7 ming metr bo‘lgan Ran Young ko‘prigi ochib beradi. U 2007 yilda Yantszi daryosi qirg‘oqlarini bir-biri bilan bog‘lash maqsadida qurilgan bo‘lib, daryoda qurilgan eng uzun ko‘prik sanaladi.

Hangjou ko‘rfazi va Tsyangtang daryosi orqali chiroyli ko‘prik barpo etilgan. U murakkab suv oqimi bo‘ylab o‘tadi. Uni qurish uchun eng aniq hisob-kitob va ilg‘or muhandislik texnologiyalaridan foydalanilgan. Ko‘prikning uzunligi — 35 ming 670 m.


Ro‘yxatimizga AQShda qurilgan ko‘priklar qo‘shilmoqda. Mana yarim asrki, Luizianada Manchac Swamp ko‘prigi faoliyat yuritmoqda. Qurilmaning uzunligi 36 ming metrdan biroz oshadi.
Ponchartreyn ko‘li qirg‘oqlarini birlashtiruvchi Ponchartreyn ko‘prigi 900 tadan ortiq ustunlar ustiga o‘rnatilgan. U Mandevil shahridan Metayrigacha cho‘zilgan uzunligi 38,4 km bo‘lgan ikkita yo‘lakdan iborat.
Yana Osmon ostiga qaytamiz. Tszyaochjou dengiz ko‘rfazi yuzasida uzunligi 42,5 ming metr bo‘lgan oltita chiziqdan iborat Tszyaochjou ko‘prigi qad ko‘targan. U to‘fon va zilzilalarni hisobga olgan holda qurilgan. 2011 yilda bu qurilma eng uzun ko‘priklar reytingida yetakchilik qilgan.
Ro‘yxatimizning birinchi qatorini Danyang-Kunshan ko‘prigi egallaydi. U ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tgan: tepaliklar, adirlar, qirlar, ko‘llar, kanal va daryolar. Uzunligi 164,8 ming metrdan iborat ulkan inshoot qurilishiga bor-yo‘g‘i 4 yil sarf etilgan.
Tauer ko‘prigi, London
Agarda barcha davrning eng taniqli va chiroyli ko‘prigi ro‘yxatga kiritilmasa, noto‘g‘ri bo‘lar edi. U 1894 yil Temza orqali transport xizmatini ta'minlash uchun chqurilgan. Baland ustunli kemalar uning tagidan o‘ta olishi uchun ko‘prik bir vaqtning o‘zida ajraladigan va osma qilib qurilgan. Shu tariqa, Tauer ko‘prigi o‘zining chiroyi va funksionalligi bilan ajralib turadi.
Puente-Nuevo, Ispaniya
Andaluziyaning Ronda shahri — fotosuratchilar orzusidir. Puente-Nuevo «yangi ko‘prik» ma'nosini anglatadi. Bu chuqurligi qariyb 100 metr bo‘lgan daradan tirab chiqarilgan uch ko‘prikdan biri sanaladi. Bu ko‘priklar tarixi XV asrga borib taqaladi.



Download 8.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling