Reja: Reja: ot ni sinflarga ajratish

Monolit tizimlar (monolit yadro)

Download 24.08 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi24.08 Kb.
#1564791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-ma\'ruza

Monolit tizimlar (monolit yadro)

Mohiyatiga ahamiyat beriladigan bo’lsa, OT-oddiy dasturdir, shuning uchun ham, uni deyarli barcha dasturlar kabi tashkil etish, ya’ni prosedura va funksiyalardan iborat ko’rinishda yaratish to’g’riroq bo’ladi. Bu holda OT komponentalari mustaqil modullardan iborat bo’lmay, balki bitta katta dastur tashkil etuvchilardan iborat bo’ladi. OT ning bunday tuzilishi monolit yadro (monolithic kernel) deyiladi.

Umumiy holda, monolit tizim “strukturasi” uning strukturasi yo’qligidir. OT, har biri zarur vaqtda bir-birini chaqirishi mumkin bo’lgan proseduralar to’plamidan iboratdir. Bu holda, tizimning har bir prosedurasi yaxshi yo’lga qo’yilgan interfeysga egadir. Bunday monolit tizimni ko’rish uchun, hamma alohida proseduralarni kompilyasiya qilib, keyin ularni yagona obyekt fayliga birlashtiriladi (komponovkachi yordamida). Bunday tizimlarga, UNIX ning ilk versiyalari va Nowell Net Ware misol bo’la olishi mumkin. Har bir prosedura bir-biri bilan bog’lana oladi. Modulli strukturadan farqli ravishda, modulli strukturada har bir prosedurani maxsus kirish nuqtalari orqali chaqirish mumkin.

Xatto bunday monolit tizimlar har baribir ozgina strukturalashtirilgan bo’ladi. OT qo’llaydigan tizimli chaqiriqlarga murojaatda parametrlar qat’iy belgilangan. M-n, registrlar yoki stek kabi joylarga joylashtiriladi, keyin esa, yadro chaqirig’i yoki supervizor chaqirig’i kabi mahsus uzilish komandalari bajariladi. Bu komanda mashinani foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga (supervizor rejimi ham deyish mumkin) o’tkazadi va boshqaruvni OT ga uzatadi. Keyin esa OT, qaysi tizimli chaqiriq bajarilishi kerakligini aniqlash uchun, chaqiriq parametrlarini tekshiradi. Bundan so’ng, OT proseduralarga ko’rsatkichni o’z ichiga olgan jadvalni belgilaydi va mos prosedurani chaqiradi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling