Reja: Reja: ot ni sinflarga ajratish


Download 24.08 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi24.08 Kb.
#1564791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-ma\'ruza

MULTICS da yondoshishning ustunligi shundan iboratki, u foydalanuvchi tizimi strukturasiga ham kengaytirilishi mumkin. M-n, professor- talabalar dasturlarini baholash va testlash uchun dastur yozishi mumkin, va bu dasturni n-chi qatlamda ishga tushirishi mumkin, bu vaqtda talaba dasturlari n+1 chi qatlamda ishlaydi, chunki ular o’z baholarini o’zgartira olmaydi.


Ko’p sathli tizimlar

Kliyent-server modeli – OT ni strukturalashtirishga yana bir yondashishdir. Keng ma’noda kliyent-server modeli, biror-bir servis (xizmat) iste’molchisi- mijoz (kliyent) – dastur komponentasi, va bu servisni ta’minlovchi – server-dastur komponentasi mavjudligini taqazo (nazarda tutadi) etadi.

Kliyent-server modeli – OT ni strukturalashtirishga yana bir yondashishdir. Keng ma’noda kliyent-server modeli, biror-bir servis (xizmat) iste’molchisi- mijoz (kliyent) – dastur komponentasi, va bu servisni ta’minlovchi – server-dastur komponentasi mavjudligini taqazo (nazarda tutadi) etadi.

Kliyent va server o’rtasidagi o’zaro aloqa shunday standartlashtiriladiki, server har xil usullar bilan amalga oshirilgan va, balki ishlab chiquvchi korxonalari turli bo’lgan kliyentlarga xizmat qilishi mumkin. Bunda asosiy shart, ular so’rovlarni serverga tushunarli usulda berishlari kerak.

Odatda ayirboshlash (obmen) sababchisi (inisiator) kliyent hisoblanadi, u kutish holatidagi serverga xizmat ko’rsatishni so’rab so’rovnoma yuboradi. Bitta dastur komponenti ba’zi xizmatga nisbatan server bo’lishi mumkin.

Bu model muvaffaqiyatli tarzda nafaqat OT larini qurishda, balki dasturiy ta’minotning barcha ko’rinishlarida (urovnyax) qo’llaniladi, faqat ba’zi hollarda tor-maxsus ma’noga egadir.


Kliyent-server va mikroyadro modeli
Kliyent-server va mikroyadro modeli
OT ni strukturalashtirish g’oyasiga nisbatan olganda g’oya shundan iboratki, bunda uni bir nechta jarayonlarga-serverlarga bo’linadi, ularning har biri alohida servis funksiyalar majmuasini bajaradi – m-n, xotirani boshqarish, jarayonlarni yaratish yoki rejalashtirish. Har bir server foydalanuvchi rejimida bajariladi. OT ni boshqa komponentasi yoki amaliy dastur, servisni so’rab serverga xabar jo’natadi. OT yadrosi (mikroyadro) imtiyozli rejimda ishlagan holda, kerakli serverga xabar yetkazadi, server operasiyani bajaradi, undan so’ng yadro, boshqa xabar bilan kliyentga natijani jo’natadi.

Download 24.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling