Mexanik, issiqlik va pnevmatik relelar
Mexanik relelarda kirish x kattaligi sifatida: tezlik, tezlanish, fazodagi siljish yoki deformasiya ishlatiladi. Markazdan qochirma rele (6.5,a-rasm) valni aylanish chastotasiga javob qaytaradi. Aylanish chastotasi ortganda markazdan qochirma kuchlar ta'siridan yukchalar Yu uzoqlashadi va harakatchi mufta HM o'ngga siljiydi, bu esa K kontaktni tutashishiga olib keladi.
6.5-rasm. Mexanik, issiqlik, pnevmatik rele.
Issiqlik yoki termorele, atrof muhitni harorati ta'siridan yoki cho'lg'amdan oqadigan tokning qizdirishidan ishlaydi. Bimetalli (ikki xil metalli) termoreleni (6.5,b-rasm) vaqt relesi sifatida yoki elektr zanjir iste'molchilarni tok bo'yicha o'ta yuklanishdan himoya qilishlikka ishlatiladi. Rele, ikkita yassi bimetalli plastinadan (taxtacha) iborat bo'lib, bir uchini harakatsiz qilib mustahkamlashadi, ikkinchi uchini kontakt bilan bog'lashadi.
Bimetalli plastina, issiqlikdan turli chiziqli kengayishi koeffisentiga ega, o'zaro yopishtirilgan ikkita qatlam metallardan yaratilgan. Cho'lg'amdan o'tayotgan tok bilan qizdirilganda, ikki qatlam turlicha kengayishadi va natijada plastina issiqlikdan kichikroq kengayish koeffisentiga ega metall tomonga egiladi. Egilish natijasida kontakt tutashadi (yoki ajraladi).
Pnevmatik (6.5,c-rasm) va gidravlik rele siqilgan havo yoki suyuqlik ta'siridan ishlaydi. Ularni kompressorli qurilma bor joyda ishlatishlik qulay. Pnevmatik relega, havo magistrali 5 dan siqilgan havo silindr 4 ga kelganida kontakt tizimi bilan bog'langan shtok 1, porshen 3 ni siljitadi va kontaktlar tutashadi. Havo magistralida bosim kamayganida, prujina 2 ta'siridan porshen o'ngga siljiydi va kontaktlar ajraladi.
Adabiyotlar:
Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.
Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.
Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.
Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |