Rеjа: Relelar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi Relelarning asosiy ko’rsatkichlari. Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari. Elektromagnitli relelar. Mexanik, issiqlik
Download 214.36 Kb.
|
rele
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektromagnit
- Elektrodinamik
- Ferromagnit
- Rezonans
- Kk=Хk.yu./ Хi.t.
Avtomatikaning elektrik relelari
Elektromagnit Magnitoelektrik Elektrodinamik Induksion Ferromagnit Elektron Ion Elektroissiklik Rezonans 6.2-rasm. Elektrik relelarning klassifikatsiyasi. Elektromagnit relelarida chulg’amdan o’tayotgan tok ta’sirida magnit maydon xosil bo’lib yakorning va kontaktlarning xolati o’zgartiriladi. Magnitoelektrik relelarda chulg’am ramka kurinishida bajarilib o’zgarmas magnit maydonida joylashtirilgan. Chulg’amdan tok utayotganda ramka prujinani kuchini yengib xarakatga keladi va kontaktlarning xolatini uzgartiradi. Elektrodinamik rele ish prinsipi buyicha magnitoelektrik relega o’xshash lekin undagi magnit maydoni maxsus uyg’otish cho’lg’ami bilan hosil etiladi. Induksion relening ish prinsipi relening cho’lg’ami hosil qiladigan o’zgaruvchan magnit oqimi va xarakatlanuvchan diskda hosil bo’ladigan tok o’zaro ta’siriga asoslangan. Ferromagnit relelar magnit kattaliklari (magnit oqimi, magnit maydoni kuchlanganligi) yoki ferrodinamik materiallarining magnit tavsifnomalari o’zgarilishi ta’sirida ishlaydi. Elektron va ion relelari bevosita kuchlanish yoki tok kuchi natijasida hosil bo’ladigan sakrashsimon o’zgarishlar ta’sirida ishlaydi. Elektroissiqlik relelari xarorat ta’sirida ishlaydi. Ularning ish prinsipi yuqorida ko’rib chiqilgan bimetalik va bilatomitrik datchiklarning ish prinsipiga o’xshash bo’ladi. Rezonans relelari ish prinsipi elektrik tebranish tizimlarda hosil bo’ladigan rezonasga asoslangan. Relelarning asosiy ko’rsatkichlari 1. Ishga tushish ko’rsatkichi - relelar ishga tushish paytidagi kirish kattaligining eng kichik qiymati - Хi.t. 2. Qo’yib yuborish ko’rsatkichi-relening oldingi holatiga qaytishi uchun zarur bo’lgan kirish kattaligining eng katta qiymati - Хk.yu. 3. Qaytish koeffitsiyenti-Kk=Хk.yu./ Хi.t. nisbati. 4. Ishchi parametri - rele uzoq vaqt ishlashi uchun zarur bo’lgan kirish kattaligining qiymati (nominal) rejimidagi - Хish. Zahira (zapas) koeffitsiyenti: ishga tushishi qo’yib yuborish 6. Kuchaytirish koeffitsiyenti - kontaktlardagi quvvatning kirish signalidagi quvvatga nisbati Relelarning yana bir muxim parametrlaridan (6.3- rasm) biri - ularning ishga tushish va qo’yib yuborish vaqtlari. Cho’lg’amga kuchlanish berilganda u shu vaqtning o’zida ishga tushmasdan, balki bir oz vaqtdan keyin ishga tushadi. Ushbu Т i.t vaqt ishga tushish vaqti deb ataladi. Kuchlanish cho’lg’amidan ajratilganda ham qo’yib yuborish ma’lum bir vaqt ichida amalga oshadi - Тk 10. Bu vaqt quyib yuborish vaqti deyiladi. Ushbu inersionlik chulg’amning katta induktivlik bilan tushuntiriladi. Grafikdagi 0 nuqtasi chulg’amni manbaga ulanishiga to’g’ri keladi. Т siljish vaqti mobaynida relening xarakatlanuvchi qismlari tinch xolatda bo’ladi. Тok esa I toki qiymatigacha o’sadi. Т=Т vaqt mobaynida relening xarakatlanuvchi qismlari bir turg’un holatdan ikkinchi turg’un holatga o’tishadi. Shundan keyin tok o’zining nominal ko’rsatkichi – I n gacha oshadi. Kuchlanish ajratilishi bilan relening toki Т gacha kamayadi. Bu vaqtda yakor o’zining eski holatiga qaytadi. Demak relening ajralishi Т vaqt mobaynida amalga oshadi. Ishga tushish vaqtiga qarab relelar tez xarakatlanuvchi (Т=50-150 ms), o’rta xarakatlanuvchi (Т=1-50 ms) va sekin xarakatlanuvchi (Т=0,15-1 s). Agar Т = 1 sek bo’lsa bunday rele vaqt relesi deyiladi. Download 214.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling