Reja: Rudalarni dastlabki boyitish usullari


Download 58.14 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi58.14 Kb.
#1748993
Bog'liq
xomashyo


Mavzu:Rudalarni dastlabki boyitish
Reja:

  1. Rudalarni dastlabki boyitish usullari

  2. Rudalarni gravitatsiya usulida boyitish

  3. Rudalarni flotatsiya usulida boyitish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Rudalarni dastlabki boyitish usullari


Qimmatbaho hisoblangan oltin va kumush ko’pchilik sulfid mineralari mavjud rangli metallar tarkibida uchraydi (misli, qo’rg’oshin-ruxli, surmali, qalayli). Ularni to’liq ajratib olish, ishlab chiqarish unumdorligi oshishini va kompleks qayta ishlashning muhimligini anglatadi. Metallurgiya zavodlaridan farqli o’laroq boyitish fabrikalarida nodir metallarni chiqindi bilan, suvlar bilan, piritli konsentratlar bilan yo’qotilishi kuzatiladi.
Boyitish fabrikalarida oltin va kumush ajratib olishning miqdorini oshirish fan va texnikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Erkin holda uchrovchi oltin rudalari ko’p miqdorda bo’lib ular zahiralarda saqlanmoqda.
Gravitatsion boyitish - konchilikda foydali qazilmalarni boyitish usullaridan biri mineralar zichligi orasidagi farq hisobiga amalga oshiriladi.
Gravitatsion usulda boyitishga quyidagilar kiradi:
1. Cho‘ktirish mashinalarida boyitish.
2.Kontsentratsion stolda boyitish.
3.Vintli va konusli separatorlarda boyitish.
4.Shlyuzlarda boyitish.
5.Og‘ir muhitli apparatlarda boyitish.
Gravitatsion boyitishning cho‘ktirib ajratish boyitish stollarida ajratish suv quyunlarida (gidrosiklon) boyitish va boshqa turlari mavjud. Gravitatsion boyitish har xil muhitlarda borishi mumkin. Suvli boyitishda suv, og‘ir suspenziyalarda, pnevmatik boyitishda havo bilan bu jarayon davom etadi.
Erkin oltin tarkibli rudalarni ajratib olishning takomillashgan dastgohlari sifatida rudalarni yanchib so’ngra cho’ktirish mashinalarida boyitish hisoblanadi. Cho’ktirish mashinalari yuqori qismidan teshiglari o’lchami 9-10mm bo’lgan metall panjara bilan yopiladi, bunga sabab tegirmondan tushayotgan yirik bo’laklar to’shakni to’sib qo’yishi mumkin. Bu dastgohlarda oltinni ajratib olish ko’rsatkichi yanchilgan ruda mayinligiga, erkin oltin shakli va o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Mayin oltinni chiqindiga chiqib ketmasligi uchun panjara osti suvini barqarorligini ushlab turish muhimdir. Qora konsentratda oltin miqdirini 100-200 g/t ni tashkil etadi.
Cho‘ktirish deb mineral zarrachalarning vertikal suv oqimi yuordamida goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi xarakatlanadi. Bunday suv oqimlarining muntazam xarakati tufayli mahsulot turli zichlikdagi qatlamlarga ajraladi. Pastki qatlamda katta zichlikka ega, yuqori qatlamlarda esa kichik zichlikka ega mahsulot yiailadi. Cho‘ktirish mashinalarining porshenli, diafragmali, porshensiz, va xarakatlanuvchi panjarali turlari mavjud.
Cho‘ktirib saralash gravitatsion boyitishning eng ko‘p tarqalgan turidir. Yanchilgan ruda bo’tana shaklida cho’ktirish mashinasining setkasiga beriladi. Mayda mahsulotni boyitish vaqtida setka ustiga boshlang’ich sun’iy to’shag to’shaladi. Suniy to’shagnining zichligi og’ir fraksiya zichligidan past, yengil fraksiya zichligidan yuqori bo’lishi shart.
Oltinli rudalarni boyitish vaqtida sun’iy to’shak sifatida metall o’qlardan yoki gematit rudalaridan foydalaniladi. To’shak bo’laklarining yirikligi boyitiluvchi mahsulot yirikligidan 3-6 marta katta bo’lishi kerak. Pulpa materiallari to’shag ustida setgaga tomon harakatlanadi. Qattiq zarralar cho’kish kuchi ta’sirida tez to’shakka cho’kadi, ammo ularning cho’kish tezligi har xil. Bu og’ir zarralarda yengil zarrachalarga qaraganda tezroq.

Cho’ktirish mashinasi

Suvning yuqoriga ko’tarilishida bo’sh tog’ jinslari yuqoriga harakatlanadi og’ir oltinli zarralar esa ko’tarilmay cho’kib qoladi. Pasayib boruvchi oqimda oltin setga tomonga harakatlanishga ulguradi va yengil fraksiyani orqada qoldiradi. Diafragmalar yordamida doimiy suv pulsatsiyasi ta’minlanadi, natijada mahsulotlar zichligiga ko’ra qatlamlarga ajraladi: oltin va boshqa o’gir fraksiyalar to’shag orasidan o’tadi va setga ostiga bo’shatiladi, yengil zarra va bo’sh tog’ jinslari to’shag ustki qatlamida qoladi va slivnoy parog deb ataluvchi og’izdan bo’shatiladi. Cho’ktirish mashinasiga suv mahsulot bilan birga beriladi, shuningdek ma’lum miqdorda suv setka(g’alvir) ostidan qo’shimcha berilishi mumkin.


Boyitishning uzluksiz siklida ishlaydigan сho‘ktirish mashinasining to’shagida mineralar uch qavat qilinib joylashtiriladi: ustki qavatida zichligi kichik zarrachalar, o‘rta zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar o‘rta qavatda, zichligi katta bo‘lgan zarrachalar quyi qavatda joylashgan.
OMR-1A havo kameralariga ega. Mashina korpusi alohida joylashgan uchta kameradan iborat. Cho‘ktirish rejimiga pulsatsiya chastotasi va havo bosimning ta'siri katta havo bosimi ortganda oqim tezligi va tebranish amplitudasi ortadi. Qiya tekislikda suv oqimida boyitish - suv oqimining dinamik ta'siri ostida ruda zarrachalarining harakatlanish xarakteriga qarab farqlanishiga asoslanadi. Mineral zarralarining ajralishi qiya tekislikda chuqurligi kichik bo‘lgan suspenziya oqimi harakatlanishi asosida amalga oshiriladi.
Cho’tirish mashinalarining asosiy yutuglari quyidagilar: tasniflanmagan mahsulotlarni ham qayta ishlash imkonining mavjudliligi; yuqori ishlab chiqarish unumdorligi; pulpaning suyuq: quyuq fazasi past holida ham ishlay olish imkoning mavjudligi.
Boyitish fabrikalaridan oltinni sulfidli chiqindilar bilan yo’qotilishini kamaytirishning turli xildagi uslublarini ishlab chiqish mumkin. Ural konlaridan topilgan mis va mis-ruxli rudalar tarkibida erkin oltin uchrab, uni ajratib olish ancha murakkabdir.

Rudalarni flotatsiya usulida boyitish



Bir marotaba ishlangan ruda chiqindilaridan oltinni boshlang’ich tasniflash va flotasiyalash usuli bilan ajratib olish mumkin. Agar gravitatsiya, flotatsiya va sianlash usullarini bir vaqtning o’zida birlashtirib olib borilsa yuqori ko’rsatkichga erishish mumkin. Kombinatsiyalangan usullardan biri yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Flotatsiya jarayonida turli xil reagentlar ishlatiladi. Reagentlarni ishlatishdan maqsad, flotatsiya jarayoni ko‘rsatkichlarini mineralarning xossalarini o‘zgartirish bilan yaxshilash hisoblanadi. Flotatsiya jarayoni reagentlari organik va noorganik birikmalar, shuniingdek, ularning eritmalari va aralashmalari bo‘lishi mumkin. Flotatsiya reagentlari ularning flotatsiya jarayonidagi o‘rniga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. To‘plovchi - suv yoki havo bilan biroz muddat ta'sirlashgan to‘plovchi oltin yuzasiga o‘rnashib oladi. To‘plovchining qatlam zichligi suvda kislorod konsenratsiyasining oshishi bilan tez o‘sadi. To‘plovchi sifatida ksantogenat ishlatiladi.
2. Ko‘pik hosil qiluvchi - ko‘pik hosil qiluvchi sifatida T-66 moyi ishlatiladi. Ko‘pik hosil qiluvchining asosiy vazifasi havoni mayda pufakchalarga bo‘lib, ko‘pikni zichligini oshirish hisoblanadi.
3. Tazyiqlanovchi (depressor) - bunday reagentlarga suyuq shisha va boshqa reagentlar kiradi. Bu reagentlarning asosiy vazifasi ko‘pikli mahsulot tarkibiga keraksiz mineralarni o‘tishini to‘xtatish va bu mineralarni flotatsiyalanishini kamaytirish hisoblanadi. Flotatsiya bo’tanasi tarkibida sianid, ishqor, natriy sulfid, mis kuporosi kabi birikmalar uchraydi. Bular oltinni flotatsiyalanish qobiliyatini kamaytiradi. Bunday birikmalarni oltinga ta'sirini kamaytirish uchun tazyiqlovchi reagentlar ishlatiladi.
4. Faollashtiruvchi ( aktivator ) - faollashtiruvchi reagent sifatida mis kuporosi, nigroin, opolyar yog‘i ishlatiladi. Bu reagent oltintarkibli sulfidlarni faollashtirish qobiliyatini oshiradi va to‘plovchi flotatsiyalanayotgan oltin yuzasiga o‘rnashib olishga yordam beradi.
5. Muhit sozlovchi - bunday reagent sifatida to‘plovchi, taziqlovchi, faollashtiruvchi reagentlarni mineralar bilan o‘zaro ta'sirlashish jarayoniga ta'sir qiladigan reagentlar kiradi. Kislotali muhitda betaraf muhitga qaraganda sof oltinning flotatsiyalanishi kam bo‘ladi. Oltin va oltin tarkibli sulfidlarni flotatsiyalash pH 7,5 ÷ 8,5 atrofida bo‘ladi. Muhit sozlovchi sifatida soda ishlatiladi.
Reagentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- tanlab olish qobiliyati yuqori;
- sifatning standarti, arzonligi ishlatishda qulayligi;
Flotatsiya jarayonini sxemasi va borishi rudalarni mineral tarkibiga bog’liq bo’ladi. Deyarli barcha rudalarni boyitishda bosqichli flotatsiya ishlatiladi. Bosqichli flotatsiyani ishlashi boyitma tarkibiga oltin o’tishini ko’paytiradi. Flotatsiya shuningdek, sianlash jarayoniga xalaqit beradigan komponentlarni ( uglerodli birikmalar, mis, surma, mishyak mineralari ) ruda tarkibidan ajratish uchun ishlatiladi.
3. Flotatsiya mashinasida flotatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun qo’llaniladigan dastgoh. Bo’tanani aralashtirish uni havo pufakchalari bilan to’yintirish usuliga qarab mexanik havoli va uyg’unlashtiruvchi turlari bo’ladi. Mexanik flotatsiya mashinasida aeratsiya va butanani aralashtirish kamerada impellerli aerator yordamida amalga oshiriladi. Aerator flotatsiya uchun zarur bo’lgan havoni atmosferadan oladi. Flotatsiya jarayonlari uchun ko’proq ishlatiladi. Bunday mashinalar kamerasining hajmi 0,14-0,25 m3 gacha bo’ladi. Flotatsiya mashinasi kvadrat shaklidagi ikkita bo’lib birlashgan kameradan iborat.
1. Shimuvchi.
2. To’g’ri oqimi.
Har xil kameraga aerator bo’linmasi o‘rnatiladi. Aerator bo’linmasi vertikal valga o‘rnatilgan impellerdan iborat. Impeller esa oltita kurakli egrilikdan iborat val vertikal quvur ichida aylanadi. Yuqorigi uchi germetik ravishda korpus bilan biriktiriladi. Pastki uchi esa impeller ustki stakani ko‘rinishda kengaytiraladi. Unga 600 burchak bilan o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi kuraklardan iborat bo’lgan impeller ustki diskdan o’rnatilgan bo’ladi. Impeller usti stakanining yon tomonlaridan uchta tuynuk bo’lib, biri qisqa quvur bilan birlashish uchun ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan tuynuklar oraliq mahsulotni chiqarish uchun ishlatiladi. Oraliq mahsulotni chiqarish kerak bo’lmasa bitta tuynuk tiqin bilan ikkinchisi esa shiber bilan berkitiladi. Bu tuynuk tiqin yordamida ochib yopiladi. Flotomashinaga dastlabki bo’tana qabul qilish Cho’ntagi orqali tushadi. U yerda quvur orqali kamera markazi joylashgan aeratorga yuboriladi. Bo’tanani kamera ichiga qayta aylanish uchun impeller diski ustida bir necha aylana teshiklar mavjud. Impeller aylanganda bo’tana ko’raklar yordamida markazdan atrofga tarqaladi. Natijada impellerning markaziy qismidan biroz siyraklashish yuz beradi.
Hozirgi vaqtda sanoatda bir necha yuzlab har xil konstruksiyaga ega bo'lgan flotomashinalar ishlatilmoqda. Flotomashinalarni asosan bo'tanani aeratsiyalash usuliga qarab tasniflash qabul qilingan. Flotomashinalarning turlari 9-jadvalda keltirilgan.
Bundan tashhari, flotamashinalarni bo'tananing mashinalarda harakat yo'nalishiga qarab tasniflash mumkin. Ular uch turga bo'linadi: kareta shaklidagi mashinalar, umumiy sathli va kamerali flotamashinalar.
Kareta shaklidagi mashinalar yaxlit bo'lib, uzunasiga cho'zilgan. Flotatsiyaga tayyorlangan bo'tana mashinani bir tomonidan beriladi va u qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, chiqindi ikkinchi tomonidan chiqib ketadi. Ko'pik esa karetaning uzunasi bo'yicha hamma yeridan, uning ikkala qirg’og’i (borti) ga o'rnatilgan novga tushiriladi. Bo'tanani sathi kameraning hamma yerida bir xil bo'ladi.
Umumiy sathli mashinalarni, karetali mashinalardan farqi - uzun kareta to'siq bilan bo'linma (otsek) larga bo'lingan, har bir bo'linmada aerotsiyalovchi qurilmalar o'rnatilgan.
Kamerali turdagi mashinalar, juftlangan yoki alohida kameralardan iborat bo'lib, maxsus qurilmali tuynuklar yordamida bo'tana birinchisidan ikkinchisiga o'tishi va har bir kameradagi bo'tana sathini ko'tarishi yoki pasaytirishi mumkin.
Karetali mashinalar - pnevmatik, kompressorli va elektroflotatsiya mashinalariga bo'linadi.
Kamerali mashinalarni - pnevmatik va mexaniq turlari mavjud.

Xulosa


Rudаlаrni bоyitishdа mеtаllаr yo’qоtilishining sinflаrgа bo’linishi.Bаrchа yo’qоtishlаrni shаrtli rаvishdа 3 tа guruхgа bo’lish mumkin.
Birinchi guruхgа bоyitish fаbrikаlаrigа yubоrilаdigаn rudа zахirаlаrining nо’tog’ri tаyyorlаnishi kirаdi. Bungа tаbiiy kоnlаrniеtаrlichа o’rgаnmаslik rudа tехnоlоgik хоssаlаrini to’liq tеkshirib ko’rmаslik, tоg’ kоn ish rеjаlаridаgi bo’zilishlаr, bоyitish fаbrikаlаrigа rudаlаrning nоritmik uzаtilishi kirаdi.
Ikkinchi guruх yo’qоtishlаrigа esа bоyitish fаbrikаlаridа yo’l qo’yilаdi. Mаsаlаn, mаydаlаsh-yanchish qurilmаlаrining оziqlаnish rеjimidаgi buzilishlаr, yanchishgа yo’nаltirilgаn mаydаlаngаn mахsulоt yirikligining оshib kеtishi, аsоsiy vа yordаmchi qurilmаlаr tехnоlоgik хоlаtining yomоnlаshuvi vа хаkоzоlаr.
Yuqоridаgi ikkаlа guruхgа tеgishli yo‗qоtishlаr pаydо bo’lishi bilаn ulаrni mа‘muriy yo’l bilаn хаl qilish lоzim vа shаrt.
Uchinchi guruхgа mаnsub yo’qоtishlаrni bаrtаrаf qilish uchun bir qаtоr ilmiy tехnоlоgik mаsаlаlаrni хаl qilish tа‘lаb qilinаdi.Bu yo’qоtishlаr turini 2 gа bo’lish mumkin: qаytаrib bоlmаydigаn vа qismаn qаytаrilаdigаn yo’qоtishlаr. Qаytаrib bo’lmаydigаn yo’qоtishlаrgа suv хаvzаlаrigа tаshlаnаdigаn tаshlаndiq chiqindilаr ishlаb chiqаrish eritmаlаri tаrkibidаgi mеtаll yo’qоtishlаri vа bоshqа sохаlаrdаgi qаytа ishlаsh mахsulоtlаrini bоyitishdа ulаrdаn rаngli mеtаllаrni аjrаtib оlmаsdаn yo’qоtishlаr kirаdi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Снурников А.П. «Комплексное использование минеральных ресурсов в цветной металлургии». М. Металлургия. 2001г. 425 c.
2. Митрофанов С.И. и др. Комбинированные процессы переработки руд цветных металлов. М.: Недра, 1994, 216 с.
3. Уткин Н.И.Металлургия цветных металлов.М.:Металлургия.2000 г.442с.
4. Ванюков А.В., Уткин Н.И. Комплексная переработка медного и никелевого сырья. М.: Металлургия, 1998, 432 с.
5. Санкулов К.С., Хасанов А.С. Переработка шлаков медного производства. Тошкент: Фан. 2007. 256 с.
6. Yusupkhodjayev A.A., Valiyev X.R., Xudoyarov S.R.,Aribjonova D.E. ―Qora va rangli metallar metallurgiyasi‖ Тошкент:Noshir. 2012. 252 с.
7. Aribjonova D.E. ―Metallurgiya asoslari‖ Toshkent:ExcellentPoligraphi, 2020, 240 b.
8. Aribjonova D.E., Yusupkhodjayev A.A., Beknazarova G.B.―Po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi‖. Toshkent: Shafoat Nur Fayz,2020, 240 b.
Download 58.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling