Reja: Rul mexanizmi Rul yuritmasi «Neksiya» avtomobilining rul boshkarmasi


Download 209 Kb.
bet4/12
Sana22.12.2022
Hajmi209 Kb.
#1042985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja I. Kirish II. Asosiy qism

2.3. Rul boshqarmasi mexanizmi




Rul mexanizmi rul chambaragi, rul vali, rul uzatmasi va soshkaning validan iborat. Rul uzatmasining turi vint-gayka sektordir. Bu uzatma gidravlik rul kuchaytirgichi bilan yaxlit qilib yasalgan.
Rul yuritmasiga esa soshka, bo’ylama tortqi, burilish stapfasining yuqorigi richagi, burilish stapfasi, shkvoren, burilish stapfasining past-ki chap va o’ng richagi, ko’ndalang tortqilar kiradi. Ko’ndalang tortqi, bu-rilish stapfasining chap va o’ng pastki richaglari va oldingi balka birga-likda rul trapestiyasini tashkil etadi
Avtomobil xarakatlanayotganda uning yo’nalishi oldingi g’ildiraklarni burib o’zgartiriladi. Bu vazifasini rul boshqarmasi bajaradi.
Avtomobil burilayotganda uning barcha g’ildiraklari yonga sirpanmasdan g’ildirashi uchun bir nuqtada chizilgan aylanalar bo’yicha xarakatlishi lozim ( 1 rasm). Bu nuqtani (o) burilish markazi deb ataladi. G’ildiraklarning bitta burilish markazi atrofida xarakatlanishi boshqariluvchi g’ildiraklarni xar xil burchakka burib ta’minlanadi. Bunda ichki boshqariluvchi g’ildirakning burilish burchagi (I) tashki g’ildirakniki (T) dan katta bo’ladi. Bu burchaklar orasidagi munosabat quyidagicha:
Bu erda V – burish stapkalarining o’ki orasidagi masofa: - avtomobil bazasi.
Boshqariluvchi g’ildiraklarni bir vaqtda xar xil burchaklarga rul trapetsiyasi buradi. Rul trapetsiyasi kundalang rul tortkisi 3, burish stapfalarining richaglari 2 va 4 xamda oldingi uk 1 dan iborat. Avtomobilning minimal burilish radiusi quyidagicha aniqlanadi:
Avtomobilning burilish radiusi qancha kichik bo’lsa, uning burila olish qobiliyati shuncha yaxshi buladi. Rul boshqarmasi rul mexanizmi bilan rul yuritmasidan tashkil topib, uning umumiy sxemasi 2-rasmda kursatilgan.
Boshqariluvchi g’ildiraklar burish stapfasiga o’rnatilgan bulib, stapfalar o’z navbatida oldingi o’k 11 ga sharnirli ravishda shkvoren 8 bilan biriktirilgan. Burish stapfalari o’zaro yana richaglar 9 va 12 xamda kundalang tortki 10 bilan xam ulangan. Rul chambaragi 1 burilsa, undan xarakat sektor 4 ga val 2 va chervyak 3 orkali uzatiladi. Sektordan kuch val orkali soshka 5 ga, sung bo’ylama rul tortqisi 6 va burish richagi 7 orkali burish stapfasi 13 ga utib, boshkariluvchi gildraklar buriladi.

Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling