Reja: Sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar


Download 15.88 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi15.88 Kb.
#1231014
Bog'liq
16 (1)


16-Ma'ruza: Sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
Reja:
1.Sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar
2.Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar


Sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar
Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to‘liq foydalanilgan emas.
Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt “keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni ham qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi. Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa, ikkilamchi tosh jinslarning hajmi 90% ni tashkil etadi. Shu sababli ikkilamchi materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda ko‘miladi.


Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini bosadi. Shu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin.
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham taaluqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi.
Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda olinadigan to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash qo‘shimcha mablag‘ni talab etsa, u holda bunday tabiiy konni qayta ishlash maysadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda qo‘llashda, ular asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi davlat standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza qilishda ham samaralidir.
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma vaqt alohida qayta ishlanmay, ba'zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. Shu bilan bir qatorda mayda qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyma zichligi 800-1000 kg/m3 ni tashkil etadi. Ulardan mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. Shu sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi.
Savollar:
1.Sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar qishlab chiqarish texnologiyasi
2.Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
Download 15.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling