Schyotlar rejasi. Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda schyotlar rejasiga o'zgartirish va qo'shimchalarni kiritish.
Reja:
Schyotlar rejasi
Schyotning tuzilishi
Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda schyotlar rejasiga o'zgartirish
Barcha avtomatlashtirilgan tizimlarda buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi kiritilgan. Ushbu schyotlar rejasi 21-BHMSga mos keladi.
Schyotlar rejasi barcha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi, axborotlar bazasida ularning hisobi yuritiladi va tashkilotning hisob siyosatining bir qismi hisoblanadi. Schyotlar rejasiga menyuda Korxona – Schyotlar rejasi – Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi (Predpriyatie – Plan schetov – Plan schetov buxgalterskogo ucheta) orqali o’tish
Tizimda oldindan bo’lgan schyotlarni foydalanuvchi tomonidan o’chirib tashlashi mumkin emas (oldindan bo’lgan schyotlar belgi bilan belgilangan), biroq yangi schyotlar va subschyotlar kiritshi mumkin. Yangi kiritilgan schyotlar bo’yicha quyidagi xususiyatlarini belgilashi shart:
Analitik hisobning sozlash – bu subkonto turlari bo’lib, schyotning xususiyati sifatida beriladi. Har bir schyot bo’yicha analitik hisob bir vaqtda uchtagacha subkontoda olib borilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining o’tkazmalarida schyotlardan foydalanishiga cheklovlar o’rnatilgan bo’lishi mumkin. Buxgalteriya o’tkazmalarida foydalanish mumkin bo’lmagan schyotlar, schyotlar rejasida sariq rangda ajratib ko’rsatilgan.
Buxgalteriya hisobi schyotining tuzilishi bilan tanishish maqsadida Schyotning tuzilishi (Opisanie scheta) tugmachasini bosib ko’rish mumkin.
Tanlab olingan schyot bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni olish uchun Hisobotlar (Otcheti) tugmachasini bosiladi va standart buxgalteriya hisobotining biri, masalan, Schyot bo’yicha oborot-saldo qaydnomasi (Oborotno-saldovaya vedomost po schetu) shakllantiriladi.
Schyotning subkonto ro’yxatiga o’tish uchun, Subkonto tugmachasi bosiladi.
Pechat tugmachasi bilan buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini ekranga chiqarish va qog’ozda pechat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |