Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari:
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo'yicha akkreditlagan idoralar quyidagi vazifalarni amalga oshirishadilar:
Akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlari) O'z SMTda quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishadi:
- mahsulotni sertifikatlashtirish bo'yicha sinovlarni o'tkazish va sinov dalolatnomalari berish;
- sertifikatlashtirilgan mahsulot namunalarini, agar bu sertifikatlashtirish tartibida nazarda tutilgan bo'lsa, inspeksion (tekshirish) sinovlarini o'tkazish;
- sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirishda (sinovlarni o'tkazishning to'g'riligi borasida) ishtirok etish.
Akkreditlangan sinov laboratoriyalari
Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo'yicha akkreditlangan idoralar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishadi:
- sifat tizimlarini dastlabki baholashni o'tkazadi va sertifikatlashtirishni o'tkazish uchun kontraktlar tuzadilar;
- ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish usuliyatlarini va sifat tizimlarini tekshirish dasturlarini ishlab chiqadilar;
- sifat tizimi yoki ishlab chiqarishning auditini o'tkazadi;
- sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlarini rasmiylashtiradi, sertifikatni beradi va tan oladi;
- sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar ustidan inspeksion nazoratni amalga oshiradilar;
- sertifikatlashtirish natijalari haqida ma‘lumot beradilar.
4. Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari .
- Mahsulot yoki buyum ma‘lum tekshiruvdan o'tganligini, tekshiruvning xaqqoniyligini yoki sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tekshirilganligini isbotlaydigan dalil - tamg'a, etiketka, sertifikat, ilova qilib yuboriladigan ro'yxat, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ro'yxati yoki korxona tayyorlovchilarning ro'yxati hisoblanadi.
- Muvofiqlik sertifikatini sertifikatlashtirish idorasi yoki uning nomidan akkreditlangan idora tomonidan berilishi mumkin. ISO ta‘rifiga binoan:
Muvofiqlik sertifikati - "Tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning ma‘lum standartga yoki boshqa me‘yoriy hujjatga mos kelishiga ishontiradigan va sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida etilgan hujjat" dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |