Reja: Seyalkaning asosiy qismlari
Seyalkaning asosiy qismlari
Download 491.51 Kb.
|
Ekish va o’tqazish mashinalarining asosiy qismlari turlari va ishlashi
Seyalkaning asosiy qismlari
Har qanday seyalka kuyidagi qismlardan (67- rasm): urug’ kutisi 1 ning tubiga o’rnatiladigan miqdorlagich 2, urug’ o’tkaz gich 3, ekkich 4 va urug’ kumgich 5 lardan iborat bo’ladi. Aylanayotgan miqdorlagich 2, kuti 1 dan belgilangan me`yordagi urug’ miqdorini uzluksiz ajratib olib, urug’ o’tkaz gich 3 ga tashlab turadi va ular orqali utib ekkichiga yetib boradi. Ekkich 4 tuproqni yorib, arikcha tayyorlaydi, uning tubini zichlaydi va u yerga tushayotgan urug’ni kerakli chuqurlikda joylashtirib, tuproq bilan qisman kumib ketadi. Ekkich orqasiga o’rnatilgan kumgich (sudralma zanjir, kurakcha va boshka) lar urug’ni tuproq bilan to’liq kumib, qisman zichlab ketadi. Seyalkalarning tasnifi. Ekin turiga qarab, chigit, don, makkajuxori, lavlagi, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug’ini ekadigan turlardagi seyalkalar ishlatiladi. 67-rasm. Seyalkaning umumiy tuzilishi. Ular orasida faqat bir turdagi urug’ni ekadigan maxsus va bir-biriga uxshash bir necha turdagi urug’larni ekadigan universal turlari ham bo’ladi. Ayrim kombinatsiyalashgan seyalkalar urug’ ekish bilan bir vaqtda mineral o’g’itni ham tuproqqa kumib keta oladi. Urug’ ekish usuliga kura seyalkalar katorlab, tor katorlab, uyalab, kvadrat-uyalab, donalab, sepib va plyonka ostiga ekadigan turlarga bulinadi. Traktorga ulanish usuli buyicha tirkalma va osma turlarga ham bulinadi. Don seyalkalari, asosan, tirkalma bo’lib, maxsus moslama yordamida bir nechta seyalkalardan kamrov kengligi katta bo’lgan agregat tuzilib, uni quvvati ko’p bo’lgan traktorga ulanadi. Ulardan katta maydonli dalalarga urug’ ekishda foydalanish mumkin. O’lchamlari cheklangan maydonlarga ekiladigan ekinlar (paxta, lavlagi, sabzavotѕ) uchun osma seyalkalardan foydalangan ma`kul. Ishchi qismlarini joylashishiga kura seyalkalar monoblokli, modulli va sektsiyali turlarga bulinadi. Monoblokli seyalkada yaxlit rama bo’lib, unga hamma ishchi qismlar o’rnatiladi (68- a rasm). Yagona bunker 1 dagi urug’ yoki o’g’itni bir nechta miqdorlagich 2 lar ajratib olib, urug’ o’tkaz gich 3 orqali ekkich 4 larga yetkazib beradi. 68-rasm. Ishchi qimlarni joylashishi. Modulli seyalkalarning yagona katta hajmli bunkeri 1 maxsus telejkada joylashadi (68- rasm). Bunkerda ish unumi yuqori bo’lgan, aniq ishlaydigan yagona markaziy miqdorlagich 2, o’rnatiladi. Markaziy miqdorlagich 2 bunkerdan ajratgan urug’ni havo okimi yordamida markaziy kuvur 5 orqali taksimlagich 6 ga yetkaziladi. Taksimlagich 6 dan har bir katorga ekish uchun urug’lar ekkich 4 larga urug’ o’tkaz gich 3 lar orqali uzatiladi. Ekkich 4 lar boshqa ramaga ma`lum tartibda o’rnatilib, ekish bloki tuziladi. Sektsiyali seyalka esa umumiy rama 7 ga o’rnatiladigan ekish sektsiyalaridan tashkil topadi (68- v rasm). Uar bir sektsiyada aloxida bunker 1, miqdorlagich 2, ekkich 4 bo’ladi. Sektsiyalarni ramada siljitib, kator oraliKini o’zgartirish mumkin. Har bir sektsiyadagi miqdorlagichni ishlatish uchun tayanch g’ildiraklari harakat uzatish mexanizmiga ega bo’lishi kerak. Sektsiyali ko’rinishda donalab, keng katorlab urug’ ekadigan maxsus seyalkalar tayyorlanadi. Download 491.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling