Reja: Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari


Download 0.61 Mb.
bet1/10
Sana19.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1362219
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sezgi, Idrok


4-Mavzu: Bilish jarayonlari. Sezgi ,idrok, psixologik jarayon sifatida.
Reja:
1.Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari.
1.Intuition as a mental process. Psychophysiological basis of intuition.
2.Idrokning fiziologik asoslari.Idrok turlari.Idrokning asosiy sifatlari.
2.Physiological bases of perception. Types of perception. Basic qualities of perception.

Tayanch iboralar:sezgi, sensor adaptatsiya (moslashuv) adaptatsiya, sezgining klassifikatsiyasi, proprioretseptiv sezgilar, ekstrotseptiv, introretseptiv sezgilar, idrok, Rubin figurasi, diqqat, xotira, xayol.
Basic expressions: intuition, sensory adaptation, classification of perception, proprioceptive perception, extroceptive, introreceptive perception, perception, Ruby figure, attention, memory, imagination.
Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari.
Psixologlar fikricha, sezish jarayoniga kirish psixik faoliyatni tushunishdagi eng birinchi qadam hisoblanadi.Bizning miya faoliyatimiz sezgan narsalarimizni aniqlab beradi.Shu bilan birga, bizning sezish qobiliyatlarimiz turli chiziqlarni, burchaklarni va ranglarni anglashga yordam beradi.Tabiat sezish qobiliyatini har narsaga in’om etadi. Sensor tizimi organizmga eng kerakli ma’lumotlarni topa olish imkoniyatini beradi. Qurbaqa uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi.Bunga sabab, qurbaqaning ko‘zida faqat mayda va harakatlanayotgan qora va oq ranglar signalini sezuvchi retseptor hujayralarining joylashganligidir.Agar,shunday bo‘lmaganida, ko‘plab hasharotlar orasida bo‘lishiga qaramasdan, qurbaqa ochlikdan nobud bo‘lishi mumkin edi, biroq, qurbaqaning “detektor” hujayralari qisqa lahzalarda harakatlanayotgan obyektni payqaydi. Atrof-muhitda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalarni biz sezgi organlarimiz orqali qabul qilamiz.Bizning quloqlarimiz eng sezgir organ bo‘lib, atrofimizdagi olamdan biz uchun eng muhim tovushlarni qabul qilamiz.Tovush chastotalari orqali inson ovozini, chaqaloq yig‘isidan farqlaymiz. Insoniyat tajribasi natijasida hayvonlarda ham sezish qobiliyati aniqlangan. Ko‘chib yuruvchi qushlar ichki sezgisi orqali qayer qolish uchun munosib joy ekanligini biladi.Ko‘rshapalak va delfinlar esa o‘ljasini qayerdan osonroq tuta olishiga qarab joy tanlashadi.Bulutli kunlarda asalarilar o‘zlari uchun ma'lum quyosh nurini hosil qila oladilar.O‘ylab ko‘ringchi, nega biz har doim atrofimizdagi narsalarni diqqat bilan kuzatamiz. Chunki bizning ko‘zlarimiz shunga moslashgan.Marining ko‘zi harakatlanishi bilan proyektordagi rasm ham harakatlana boshlaydi.Mari qayerga qaramasin tasvir ham shu tomonga harakatlanadi.Agar biz bunday qurilmani yon tomondan yuz orqali joylashtirsak,Mari nimani ko‘rar ekan? Birinchidan, u to‘liq manzarani ko‘radi. Lekin bir necha soniyadan so‘ng uning ko‘rish tizimida charchoq kuzatiladi va narsalar boshqacha ko‘rina boshlaydi.Oz-ozdan tasvir yuqola boshlaydi, birozdan so‘ng tasvir to‘liq yoki tanish bo‘lak shaklida tiklanadi va keyin g‘oyib bo‘ladi.Sezgi psixik jarayonlarning boshlang‘ich darajasi hisoblanadi.Faqat sezgi jarayoni orqali ma’lumotlar bizning ongimizga kirib keladi.Sezgi faqat “signallar” tizimi deb e’tirof etilsa xato bo’ladi.Ular narsalarning subyektiv xususiyatlarini ham aks ettiradilar. Sezgi tufayli bizda obyektiv dunyoning subyektiv obrazi paydo bo‘ladi.Bu obyektiv dunyoning subyektiv obrazi insonga tashqi muhitga moslashish imkoniyatini beradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling