Reja: Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari


Sezgining retseptor va reflektor nazariyasi


Download 0.61 Mb.
bet2/10
Sana19.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1362219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sezgi, Idrok

Sezgining retseptor va reflektor nazariyasi.

Adaptatsiya hodisasi uch turda bo‘ladi: 1.Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yolib qolishiga o'xshaydi, masalan, hid bilish sezgilari atrof-muhitga yoqimsiz hid yoyilgandan keyin ko‘p o‘tmay batamom yolib qolishi ham oddiy hodisadir. Agar tegishli modda og‘izda biroz vaqt saqlab turiladigan bo‘lsa, ta’m bilish sezgisining jadalligi susayadi va sezgi umuman yolib ketishi mumkin.
2.Adaptatsiya deb, shuningdek, yuqorida bayon etilgan hodisalarga yaqin bo‘lgan, kuchli kuzatuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi bilan ifodalanadigan hodisaga ham aytiladi. Kishi yarim qorong‘u xonadan yaqqol, yorug‘ xonaga chiqqanda, ko‘zi qamashadi, tevarakatrofdagi narsalaming farqini ajratish qiyin bo‘lib qoladi, biroz fursatdan keyin esa ko‘rish analizatorining sezuvchanligi keskin susayib, odatdagidek ko‘ra boshlaydi va adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi. Adaptatsiyaning bu ikki turi negativ adaptatsiya deyiladi, negaki, bunda analizatorning sezuvchanligi susayadi.
3.Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning oshishi ham adaptatsiya deyiladi, bu pozitiv adaptatsiya deb ham ataladi. Masalan, qorong‘ulik ko‘p bo‘lishi natijasida ko‘z sezuvchanligi ortadi (Graf Monte Kristo misolida tushuntirish mumkin)
Ko‘p yillar davomida bizning sezgilarimiz passiv jarayon hisoblangan. Organizmga qandaydir qo‘zg‘atuvchi yetib keladi, u periferik organ orqali qabul qilinib sezuvchan nervga uzatiladi va po‘stloq ostida to‘xtaydi, bu bosh miya po‘stlog‘iga yetib keladi.Sezgi jarayoni shu konsepsiya nuqtayi nazaridan passiv hisoblanadi, bu retseptor nazariyasi deb nomlanadi.Biroq hozirgi kunga kelib bu nazariya yetarli emas, sezgi jarayoniga faol jarayon sifatida yondashish kerak. Inson psixikasida passiv jarayonlar bilan bir qatorda faol jarayonlar ham mavjud.Hamma psixik jarayonlar reflector jihatdan qurilgan. I.M.Sechenov teri tuyish jarayoni faol paypaslash jarayonida vujudga keladi degan fikrga kelgan. Xuddi shu holatni ko‘rish sezgisida ham kuzatishimiz mumkin. Ko‘rish sezgilari retseptor passiv jarayon hisoblanadi, nurlar ko‘z pardasiga tushadi, to‘r pardada qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi,shundan so‘ng qo‘zg‘alish miya po‘stlog‘iga yuboriladi va passiv ravishda qabul qilinadi. Kishidagi sezgilar haqida gapirganimizda adaptatsiya tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.Adaptatsiya-molashuv bo‘lib,sezgi organlari sezgirli-gining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. Adaptatsiyaning quyidagi turlari farqlanadi:
Sensor adaptatsiya nima? Siz qo‘shni xonaga kirganingizda noxush hidni sezdingiz.Bu yerdagilar bu hidga qanday chidayotganliklariga hayron qoldingiz. Biroz vaqt o‘tgach, bu hidni payqamay qo‘ydingiz. Sensor adaptatsiya moslashuv,bu sizning oldingi holatingiz o‘zgarmagan holda keyingi holatga kirishish jarayonidir. Bu holat siz qo‘l soatingizga qarab olgan vaqt davomida sodir bo‘ladiyu, siz buni bir necha soniyalargina his qilasiz. Holatga moslashganimizdan so‘ng nerv hujayralarimizda o‘sha holatga moslashish hissi uyg‘onadi. Sezgi a’zolarining sezuvchanligini oshishiga olib boradigan ikki soha mavjuddiligi.
1) sensor nuqsonlar (ko‘rlik, karlik)ning o‘rnini to‘ldirish zaruratidan kelib chiqadigan sezuvchanlikning ortishi.
2) subyekt faoliyati tufayli kasbiga xos talablardan kelib chiqadigan sensibilizatsiya (sezuvchanlikning ortishi). Ko‘rish yoki eshitish sezgisining yuqolganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to‘ldiriladi, masalan, ko‘ra olmay qolgan kishilar haykaltaroshlik bilan shug‘ullanganlar, chunki ularda tuyish sezgisi yuksak rivojlangan bo‘ladi. Ba’zan maxsus kasb bilan uzoq vaqt mobaynida shug'ullanish ham sezgi a’zolarining sezuvchanligi kuchayishiga olib kelganligini ko‘rish mumkin, masalan, choy, pishloq, vino, tamaki sifatini aniqlovchilarda hid va ta’m bilish sezgilari yuksak darajada mukammallashgan bo‘ladi. Mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida sezgilar rivojlanishi misolini biz rassomlar, po‘lat quyuvchilar, uchuvchilar, skripkachilar kabi kasb vakillarining bilish sezgilarida kuzatishimiz mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling