Reja: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari


Download 67.95 Kb.
bet10/12
Sana09.02.2023
Hajmi67.95 Kb.
#1182575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
mustaqil ish 2

Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919 yy.) asrimizning birinchi choragida Turkistonning eng mashhur kishilaridan edi.
Behbudiy Turkistondagi jadidlar harakatining yirik namoyondasi, uning nazariy asoschilaridan biri, taniqli yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobidir. Behbudiy o’z davrining buyuk donishmandidir. Ilm-fan va madaniyatning hamma sohalari, ayniqsa, Sharq falsafasi va Yevropa adabiyotidan chuqur bilim va ma’lumotga ega bo’lgan. «Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o’sha vaqtlardagi jadidlaridan unga teng kela oladigan kishi bo’lmasa kerak»18, — deb yozgan edi F.Xo’jaev.
Umuman olganda, Behbudiyning Turkistonda yangi usuldagi maktablarni tashkil etishdagi va jadidchilik g’oyalarini matbuot orqali targ’ib qilishdagi xizmatlari g’oyat katta.
Behbudiy 1903-1904 yillarda o’zbek va tojik tillarida «Qisqacha umumiy geografiya» asarini, yangi usuldagi maktablar uchun darslik va qo’lllanmalarni yozdi. «Behbudiy» nomli nashriyotni tashkil etib, unda o’zbek tilida darsliklar bosib chiqardi. Samarqandda mahalliy aholi uchun qiroatxona ochishga boshchilik qildi.
Behbudiy 1913 yilning aprelida «Samarqand» gazetasini, o’sha yilning avgust oyidan boshlab esa «Oyna» gazetasini chiqarishga kirishdi.
Mahalliy xalq vakillaridan birinchi bo’lib harita tuzgan, o’z uyida kutubxona ochgan, tarixga, islom huquqiga oid asarlar, o’quv kitoblari yozgan ham Behbudiydir. Behbudiy Turkistonni chor mustamlakachiligi zulmidan qutqarish g’oyasini o’z asarlarida ilgari surdi. Xalqni milliy istiqlol uchun kurashga chorladi. Millat taraqqiyoti va istiqboli, Turkistonning kelajagi haqida o’ylar ekan, xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog’idan qutqarib olishning birdan-bir yo’li ilm-ma’rifatli bo’lishdir, degan xulosaga keldi. Xalq hozirda hukm surib turgan bid’at, xurofotdan halos bo’lsa, kelajakka umid ko’zi bilan qarab, ilm-fan eshiklarini ochsa, yaxshilik tomon yuz tutsa, bolalarini Ovro’pa dorilfununlariga yuborsa, ulardan advokat va hunarmand, savdogar va muhandislar chiqsa — naqadar oliy va go’zal ish bo’lur edi, deb ko’nglidan o’tkazardi. Behbudiy fikricha, xalqdan mablag’ yig’ib o’qishga, ilmga rag’batli bo’lgan, ammo ota-onasining qurbi yetmaydigan Turkiston yoshlarini chet el dorilfununlariga yuborib o’qitib, millatning rivoji va istiqboli uchun zarur bo’lgan muhandis va muallimlarga, Ovro’pa bozorlarida savdo-sotiq qiladigan, xorijliklar tilini biladigan zamonaviy ilmiy xodimlarga ega bo’lish kerak. Allomaning yuqoridagi fikrlari o’z ahamiyatini hozirgi davrda to’laligicha saqlab turibdi.
Xalq ommasini ilm-ma’rifatli qilishning millatimiz va Turkiston istiqboli uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi Behbudiyning 1911 yilda yozilgan «Padarkush» drammasida har tomonlama ko’rsatilgan. Behbudiy tomonidan ta’kidlanganidek, o’qimoq-o’rganmoq, bilimli - ma’rifatli bo’lmoq barcha musulmonlarga, erkak yo xotin bo’lsin farzdir.
Mahmudxo’ja Behbudiy haloyiqni diniy va axloqiy jihatdai tarbiyalashda islomiy ilmlarning ahamiyati xususida o’zining fikr-mulohazalarini bayon etgandan so’ng dunyoviy ilmlarning muhim va zarurligini ham alohida uqtiradi. Behbudiy «Padarkush» asarida chor mustamlakachilik siyosati tufayli mahalliy aholi va ayniqsa, yoshlar o’rtasida ichkilikbozlik, maishiy buzuqlik, qimorbozlik, o’g’rilik, poraxo’rlik, tovlamachilik, bezorilik singari mutlaqo zararli rasm va odatlar tarqala boshlaganligini, natijada odamlar o’rtasida mehr-oqibat so’na boshlab, aka bilan uka, ota bilan bola bir-biriga yov-dushman bo’la boshlaganini, padarkushlar ko’payib borayotganligini qahr-g’azab va nafrat bilan tasvirlaydi.
Behbudiy o’zining 1914 yili yozgan «Ikki emas, to’rt til kerak» maqolasida Turkiston xalqlarining turkiy, forsiy, arabiy va rusiy tillarni o’rganishga targ’ib etish uchun tarixiy manbalarga murojaat etib, Muhammad payg’ambarimiz ham o’zlariga g’oyaviy dushman bo’lgan yahudiy tilini o’rganishga amr etganliklarini eslatib o’tgan.
Mahmudxo’ja Behbudiy milliy istiqlol yo’lida shahid ketgan buyuk siymodir. Uning muborak nomi, milliy istiqlolimiz yo’lida qilgan bebaho xizmatlari xalqlarimiz qalbida abadiy saqlanadi.
XX asr o’zbek adabiyoti, san’ati, madaniyati, ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotining yirik olimi va nazariyotchisi, taniqli jamoat arbobi Abdurauf Fitratning (1886-1938 yy.) serqirra ijodi va ijtimoiy-siyosiy faoliyatida hozirgi zamon va kelajagimiz haqidagi g’oyalar bayon qilingan. Fitrat o’zbek xalqi ilmfani va madaniyati tarixida samarali iz qoldirgan siymolardan, istiqlolimizni oldindan ko’ra olgan fidoiylardan bo’lib hisoblanadi.
Abdurauf Fitrat asarlarida chor Rossiyasi tomonidan Turkiston zo’rlab bosib olinib mustamlakaga aylantirilganligi, keskin qoralangan. U bu haqida o’zining
«Yurt qayg’usi» she’riy to’plamida «Ko’rdim, yozdim, eshitdim, o’qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo’qdir»19, — deb yozgan edi.
Xalqimiz o’zining donishmand farzandi, faylasuf olimi Abdurauf Fitratni mustaqillik poydevoriga tamal toshini qo’ygan, elim, yurtim deb yonib-kuyib yashagan fidoyi farzandi sifatida qalbida mangu saqlaydi. Mustaqillik tufayli uning mustabidlik zamonida ataylab o’chirilgan muborak nomi tiklandi, ilmiyfalsafiy merosi xalqimiz bisotiga aylandi. Abdurauf Fitrat — Vatanimiz, millatimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan o’nlab siymolardan biridir.
O’z jonini, aqlu zakovatini, iste’dodini Vatanimiz erkinligi va mustaqilligi, xalqimizning baxt-saodati yo’lida fido qilgan ulug’ zotlardan biri — o’zbek xalqning asl farzandi Abdulhamid Cho’lpon (1897-1937 yy.)dir. Abdulhamid Cho’lpon yoshligidanoq arab, fors, tojik, turk tillarini mukammal egallaydi, Sharq falsafasi, Sharq adabiyoti va tarixini sevib qoladi, Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Hofiz, Sa’diy, Umar Hayyom, Jaloliddin Rumiy, Bedil, Navoiy singari buyuk mutafakkirlar asarlari, ilmiy-falsafiy meroslarini katta qiziqish bilan o’rganadi. Yevropa ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga bo’lgan qiziqish unda ayniqsa kuchli bo’lgan. Ham sharqona, ham Yevropacha puxta va har tomonlama bilim va ma’lumot olgan Abdulhamid o’n olti - o’n yetti yoshlaridanoq ilg’or fikrli ziyoli bo’lib yetishadi20.
Abdulhamid Cho’lpon mashhur tarixchi, yetuk faylasuf, sharqshunos olim, adabiyot, san’at va madaniyat ilmining buyuk donishmandi sifatida roman va dramatik asarlar, qator risolalar, esdalik va xotiralar, adabiy va tanqidiy san’atga oid ilmiy-nazariy maqolalar, ko’plab hikoyalar, ikki yuzga yaqin she’rlar, bir qancha tarjimalarning muallifidir. Uning «Kecha va kunduz» nomli romani, «Yorqinoy» deb atalmish dramatik asari, «Adabiyot nadur?»,
«Mirzo Ulug’bek», «Tilimizning ishlanishi» nomli maqolalari, «Sharq nuri»,
«Sharq qizi», «O’zbegim», «Turkistonli qardoshlarimizga», «Odam va qush»,
«Xalq», «Buzilgan o’lkaga», «Qilich va qon», «Kishan», «Erkinlik istagi», «Yana o’t» nomli she’rlari ijtimoiy-falsafiy fanlarimiz taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatta egadir.
Milliy uyg’onish, milliy mustaqillik, erkinlik g’oyalari, tabiiyki, Cho’lpon ijodida katta o’rin egalladi. Cho’lpon o’z asarlarida millatni ravnaq toptirish, mustamlaka asoratidan halos etish uchun xalq o’z-o’zini tanigan, o’zaro birlashgan, milliy hamjihatlikka erishgan, milliy iftixor tuyg’usiga ega bo’lgan, o’z yurtining otashin vatanparvariga aylangan bo’lmog’i lozim va zarur, degan falsafiy g’oyani dadillik bilan ilgari suradi. Uning buyukligi, o’z xalqi va Vatanining fidoyi farzandi ekanligi ham ana shundandir.
Cho’lpon Turkistonning taqdiri, millatining istiqboli haqida chuqur qayg’urdi, elim deb yashadi, Vatanini Ka’ba sanab, unga toabad sajda qildi, erkinlik, hurriyat, mustaqillik yo’lida jonini fido etdi.
Cho’lpon — o’z xalqi kuch-qudrati va imkoniyatiga astoydil ishongan, xalqining buyuk aql-idroki va tafakkuriga ixlos bilan qaragan, mustamlakachilik kishanlarini yo’q qiladigan, Vatan mustaqilligini ta’minlab milliy istiqlol va istiqbol yo’lini ochadigan hal qiluvchi kuch xalq ommasi ekanligiga butun vujudi ila ishonch bilan qaragan ajoyib insondir. Uning buyuk xalqparvar adib, yetuk faylasuf-olimligi, eng avvalo, «Xalq» deb atalgan faylasufona she’rida yaqqol ko’rinadi. Cho’lpon xalqqa buyuk e’tiqod bilan sig’inadi, xalqqa astoydil ishonadi. «Xalq dengizdir, xalq olovdir, xalq kuchdir», deb ta’riflaydi. Agar xalq qo’zg’alsa, g’alaba oyoqqa tursa uni to’xtatib qoladigan, xalq istagini yo’q etadigan quvvat dunyoda topilmaydi, deb ko’rsatadi.
Erkinlik, hurriyat har bir insonning, ayniqsa, o’z erkidan mahrum etilgan, bo’yniga mustamlakachilik kishanlari kiydirilgan xalq uchun buyuk orzuarmondir. Cho’lpon she’riyatida odamlarning qo’l va oyoqlaridagi, yurak va tillaridagi kishan zanjirlarini parchalab tashlash, hur yashash, mustaqillikda hayot kechirish haqidagi falsafiy g’oyalar yetakchi o’rin tutadi.
Abdulhamid Cho’lpon tomonidan qayta-qayta ta’kidlanganidek, erkin bo’lib yashash inson uchun hamma narsadan aziz va mo’tabardir, lekin inson erkinlikka osonlik bilan erisha olmaydi, erkinlik qurbonsiz, katta va qonli kurashlarsiz bo’lmasligini ham o’z asarlarida bayon etadi.
Turkiston xalqlarining sevimli adibi, faylasufi, ozodlik va istiqlol kuychisi hisoblangan Abdulhamid Cho’lpon nazmiy va nasriy merosida jahon fotixlari changalida ezilib yotgan Sharq o’lkalari mavzusi yetakchi o’rin tutadi. Cho’lpon
Sharq va sharqliklar taqdirida o’zini va o’zligini ko’radi. «Sharq nuri» she’rida dunyo tarixini yozgan muarrixlar yo’qsul Sharq tarixini aqalli bir bet bo’lsada yozmadilar, uni nazar-pisand qilmadilar deb qattiq o’ksinadi. Sharq haqida gap ketganda faqatgina «yo’qlik, ko’lim, zulm, qarg’ish eslanadi», deb afsuslanadi.
Ta’kidlanganidek, bir zamonlar yer yuzida ulug’ madaniyat va ma’naviyatni yaratgan ul go’zal Sharq keyinchalik chet ellik bosqinchilar iskanjasiga tushib qoladi. Alloma adib faxr-iftixor bilan «kun ham Sharqdan, Oy ham Sharqdan chiqadir» deb yozadi.
Sharq taqdirini o’z taqdiri deb bilgan Abdulhamid Cho’lpon bir kunmas, bir kun Sharqning uyg’onishiga, milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi va alangalanishiga, mustamlakachilik zanjirlarining tilkapora qilinishiga astoydil ishonadi, bir umr ana shu orzu-umid bilan yashaydi.
Ming afsus bo’lsinkim, Abdulhamid Cho’lpon orzu-armonlari ro’yobga chiqqan, O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan tarixiy kunlarni ko’rolmadi.
O’zbek adabiyoti, madaniyati va san’atining ulkan arboblari — Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botular qatorida Abdulhamid Cho’lpon ham adolatsizlik qurboni bo’ldi.
Vatanimiz, millatimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida qurbon bo’lgan xalqimiz aziz farzandlarining bebaho asarlari, nazmiy va nasriy meroslari, ijtimoiy-falsafiy g’oyalari o’zbek xalqining ma’naviyat va ma’rifatini, milliy qadriyatlari va ongini yuksaltirish yo’lida xizmat qilib avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab kelmoqda.
Muborak nomlari faxr-iftixor ila eslatib o’tilgan fozilu fuzalolar faqat o’zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adiblari, ozodlik va istiqlol kuychilari hamdir. Mustaqillik tufayli ul mo’tabar insonlarning nomlari tiklanib, tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta chop etilayapti.
Yuqorida nomlari eslatib o’tilgan ma’rifatparvar, xalqparvar,
vatanparvarlarning asarlarida bayon etilgan falsafiy fikrlar xalqimizning madaniyma’naviy qadriyatlari sifatida hanuzgacha saqlanib kelmoqda.

Download 67.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling