Reja: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari
Download 67.95 Kb.
|
mustaqil ish 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tasavvuf falsafasi
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari - sharq falsafasi Reja:
1. Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari 2. Mintaqamizdagi dastlabki falsafiy fikrlar 3. O’rta Osiyoda O’rta asrlardagi falsafiy ta’limotlar. 4. Tasavvuf falsafasi5. XVII-XX asrlarda O’zbekiston hududidagi ijtimoiy - falsafiy fikrlar 6.Hozirgi davr O’zbekiston falsafasi1. Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari Jahon madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan falsafa fani turli davr va sharoitlarda yashagan, yashab kelayotgan barcha xalqlarning, butun insoniyatning ma’naviy boyligi, umumiy yutug’i, bashariyatning asrlar jarayonida shug’ullangan, rivojlanib, sayqal topib kelgan aql-idrok va tafakkurlari mahsulidir. Falsafa fani rivojlanishiga dunyodagi barcha xalqlar kabi Sharq xalqlari ham o’zlarining bebaho ulushlarini qo’shganlar. Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ilk siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarash va tasavvurlari, ularning mazmun va mohiyati haqida antik zamon mualliflarining asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og’zaki ijodiyoti, afsona, miflar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy tasavvurlar Sharqning Bobil (Vaviloniya)da eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillik boshlarida paydo bo’lgan. Bu davrda odamlarning dunyoda ro’y berib turadigan xilma-xil hodisa va jarayonlariga bo’lgan munosabatlari va qiziqishlarini garchi sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bo’lsada, o’zida aks ettirgan falsafiy qarashlari namoyon bo’la boshlagan. Qadimgi Bobil adabiyotining ko’zga ko’ringan mashhur asarlaridan biri “Gilgamesh haqidagi doston” bo’lib, unda tuproq, suv, havo, issiqlik inson hayoti va tiriklikning abadiy manbai ekanligi, Gilgameshning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-uqubatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashi zarurligi, hayot va o’simlik sirlarini bilishga azaldan intilib kelganligi hikoya qilingan. Gilgemesh haqidagi Bobil afsonasida qadimgi kishilarning’ baxtli hayot va farovonlik, salomatlik va bardamlik, o’limni yengib, mangu hayot kechirishga intilishi, abadiy umr ato qiluvchi «obihayot», o’simlik va turli xil meva va ma’danlarni izlab topishi haqidagi orzu-niyatlari o’z ifodasini topgan. “Adapa haqidagi doston” da esa, insoniyatning abadiy hayot to’g’risidagi fikrlari, abadiy yashashga bo’lgan intilishlari o’z ifodasini topgan. Unda «o’lgan va qayta tirilgan» xudolarga, jumladan, Bobil xudosi Marduqqa nisbat berilgan. Inson o’zini qurshab olgan tabiiy muhit bilan o’zaro aloqador. U shu muhit, koinot haqida o’ylaydi, fikr yuritadi, yer yuzidagi hodisa va jarayonlarni koinot bilan bog’lashga intiladi, samoviy “sir-asrorlar” haqida xayol suradi, faraz qiladi, har xil ertaklar, rivoyatlar, afsonalar to’qiydi. Bobilliklarning Etapa haqidagi afsonalari ana shu zaminda paydo bo’lgan. Etapa haqidagi afsona ham yuqorida aytib o’tilgan dostonlarda bo’lgani kabi odamlarning Quyosh bilan Oy va sayyoralar bilan qiziqqanligi, samoviy hodisalarning sir-asror sabablarini bilishga qiziqishlarini, Bobil xalqining tabiiy hodisalar mohiyatini, yilning fasllarga bo’linib, o’zgarib turishini, yil davomida tabiatda bo’ladigan o’zgarishlar boisi nimadan iborat ekanligini tushunib olishga bo’lgan intilishlarini, shuningdek, ularning din va axloqqa doir falsafiy qarashlarini ilgari surgan asardir. Qadimgi bobilliklarning yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik, boylik bilan qashshoqlik, hurlik bilan xo’rlikning bir-biriga tubdan zid, qaramaqarshi va murosasizligi haqidagi falsafiy g’oyalar “Jafokash avliy haqida doston” va “Xo’jayinning qul bilan suhbati” degan asarlarda o’z aksini topgan. Ishlab chiqarishning rivojlanishi o’rtaga qo’ygan talablar va inson amaliy faoliyati ehtiyojlari asosida Bobilda tabiat hodisalari mazmunini tushunib olish va ulardan turmushda foydalanish zaruriyati tobora kuchayib borgan. Mahsulot va mollarning miqdorini, og’irligini o’lchash, ishchi kuchlari sonini aniqlash, binolar hajmini belgilash, dalalarning yer sathini hisoblab chiqish zaruriyati eng qadimgi matematik hisoblarning paydo bo’lishiga va bu sohada tegishli bilimlar to’planishi hamda dastlabki arifmetika va geometriya fanining paydo bo’lishiga olib kelgan, vaqtni hisoblash zaruriyati taqvim paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Bu esa odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. Bobilliklar Quyosh soatini, Quyosh ko’rsatkichini va kunning 12 bo’lakka bo’linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko’ra, Bobilda matematika, arifmetika, geometriya, astronomiya bilan bir qatorda tibbiyot, tarix va filologiya, musiqa, tasviriy san’at, astrologiya ham sekin-asta kurtak ota boshlagan. Qadimgi Sharq xalqlarining madaniyatlari singari Bobil xalqi madaniyati, falsafasi, axloqi, urf-odatlari, dunyoqarashi ham asosan diniy g’oyalar bilan sug’orilgan. Odamlarda diniy e’tiqod kuchli bo’lgan. Quyosh, Oy, yulduzlar xudo hisoblangan, ibodatxonalarda ularga topinganlar. Xalqlarning, davlatlarning, hukmdorlar va odamlarning kelgusidagi taqdirini yulduz va sayyoralarning vaziyatiga qarab “oldindan aytib berish” qadimgi Mesopotamiya va Bobilda astrologiya nomini olgan. Bobilliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tiqodlari, falsafiy qarashlari, adabiy asarlari, afsona va rivoyatlari nasldan-naslga o’tib SHarqdagi ko’pgina xalqlarning madaniy ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan. Misr madaniyati jahon madaniyatining eng qadimgilaridan bo’lib hisoblanadi. Qadimgi Misrda ilk madaniy yodgorliklar eramizdan to’rt ming yil ilgari vujudga kelgan. Qadimgi Sharq madaniyatining boshqa namunalari singari Misr madaniy yodgorliklarining ertak, rivoyat, gimn, duo, didaktik asarlar, masal, epos, ishqiy lirika, xullas, xalq donishmandchiligining boshqa turlarida ham o’sha davrdagi ijtimoiy muhit, iqtisodiy hayot, tabobat, urf-odatlar, tabiat hodisalari, diniy, axloqiy, huquqiy, falsafiy qarashlar garchi yuzaki tarzda bo’lsada, o’z ifodasini topgan. Qadimgi Misr mifologiyasida hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va hamma narsada havo bor, deyiladi. Shuning uchun ham misrliklar suvni odamga oziq-ovqat beruvchi dastlabki ulug’ ne’mat, deb bilganlar. Suv ularga butun tabiatning asosi bo’lib ko’ringan. Misrliklar, hayot suvdan boshlanadi deb bilib, suvsiz hech qanday hayot bo’lmasligini ko’rib, suvni ulug’lovchi qanchadanqancha rivoyat va afsonalar to’qiganlar. Ular Nil daryosini ilohiylashtirganlar, uni “odamlarga hayot baxsh etish uchun toshib turadigan Nil”, deb ulug’laganlar. SHuning uchun misrliklar marhumlar ruhiga afsunlar o’qib, uning abadiy yashashini ta’minlamoqchi bo’lganlarida xudoga quyidagicha nola qilganlar: “Sen ulug’ xudoga — Ossiri sga marhamat aylaganingda unga Nil keladigan bo’ldi, uning uchun yaylovlar paydo bo’ldi va papirus o’sadigan bo’ladi. Xuddi shu singari unga — marhumga ham marhamat aylaginki, u sening suvingdan bahramand bo’lsin, u sening oqar suvlaringdan icha olsin”1. Misrliklar o’zlarining dunyoviy va diniy-falsafiy poeziyalarida odamlarni bu dunyoning butun noz-ne’matlaridan to’la bahramand bo’lib yashashga, quvonch, shodu-hurram hayot kechirishga, o’lim, oxirat haqida hadeb o’ylayvermaslikka chaqirgan. Misrliklarning ilk falsafiy tasavvurlari haqida birmuncha ma’lumot beradigan qadimiy manbalardan biri - “Nasihatnoma”da bilimning xosiyati haqida, bilimdon kishining qadr-qimmati to’g’risida aytib o’tilgan. “Agar sen bilimdon odam bo’lsang, aytganing-aytgan, deganing-degan bo’ladi. Yozish-o’qishni chuqur egallab, ko’nglingga mahkam jo qilib ol, ana shunda har bir aytgan gaping hammaga manzur bo’ladi. Mirzoni qanday lavozimga qo’ymasin, u hamma vaqt kitob bilan ish ko’radi” Qadimgi misrliklarning xalq og’zaki ijodiyotida, ayniqsa, diniy-mifologik asarlarida tabiat hodisalari va tabiat kuchlari ilohiylashtirilgan. O’simlik va daraxtlarga topinish Misrda eng qadimgi davrlardayoq mavjud bo’lgan. “Hayot osmoni daraxti” to’g’risidagi qadimgi afsonada o’simliklar ramzi bo’lgan daraxt insonning yer yuzidagi hayoti uchun zarurdir, degan fikr ilgari surilgan. Misrliklarning tabiatni, dunyoni uning o’ziga asoslanib turib tushuntirish uchun qilgan urinishlari, har holda sodda bo’lsada, o’z davri uchun katta ahamiyatga egadir. Qadimgi Misrda falsafiy fikr kurtaklarining shakllanishi va rivojida tabiatshunoslik fanlarining paydo bo’lishi ham sabab bo’lgan. Bundan bir necha ming yillar ilgari qadimgi misrliklar falakkiyot sohasida ba’zi bir bilimlarga ega bo’lganlar. Osmondagi yulduzlarni doim kuzatish natijasida sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar va hatto, ular yulduzlar haritasini ham tuzganlar. Misrliklar o’zlarining falakkiyotga oid bilimlari asosida alohida taqvim tuzganlar. Taqvim yili 12 oyga bo’lingan, har bir oy 30 kundan iborat bo’lgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kuni qo’shilgan. Shunday qilib bir yil jami 365 kun bo’lgan. Kasalliklarni keltirib chiqargan, avj oldirib, kuchaytirib yuborgan sabablarini aniqlash, ularning oldini olish, inson salomatligini tiklash va mustahkamlashga bo’lgan zaruriyat qadimgi Misrda tibbiyot fanini yuzaga keltirdi. Qadimgi misrliklar kasalliklarning juda ko’p turlaridan, masalan, bosh og’rig’i, dizenteriya, sariq kasali, yo’tal, ziqnafas, qon ketish, bod, moxov, suvli temiratki va boshqa har xil kasalliklardan xabardor bo’lganlar. Misr tabiblari miyaga, umurtqa pog’onasiga va ko’krak qafasiga alohida e’tibor berganlar va ularni kasalliklar uyasi deb bilib, tabib bu yerdagi kasalliklarni topib yo’qotishi kerak, deb hisoblaganlar. Misrliklar diagnostika - tashhis sohasida katta tajriba to’plaganlar. Misrda jarrohlik va ko’z kasalliklarini davolash ancha rivojlangan. Ular insondagi ko’pgina kasalliklar yurak qon aylanish tizimining qandayligiga bog’liq ekanligini alohida ta’kidlashgan. Misrda tabiblikning siri yurak harakatini bilishdan boshlanadi, tomirlar butun a’zoyi badanga shundan tarqaladi, deb hisoblashgan. Bashariyat tarixida sivilizatsiya beshigi hisoblangan Hindiston ham o’zining juda qadimiy va boy tarixiga ega. Eramizdan uch ming yil avval bu yerda yerni sun’iy sug’orish taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik yog’ochsozlik, to’qimachilik, zargarlik rivojlangan, yog’och va metalldan jang aravalari yasashgan, pishiq g’ishtdan ko’p qavatli binolar qurishgan, yung va zig’ir tolasidan matolar tayyorlashgan, mis va temirdan, qalay va qo’rg’oshindan qurol-aslahalar yasashgan. Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” nomli asarida aytilishicha, Hindistonda eramizning birinchi asrlaridayoq, tib, riyozat, ilmi nujum, din, kimyo, musiqa, poeziya, tarix, san’at, falsafa kabi ilmlar rivojlangan. Ayniqsa noyob tabiatga, saxiy zaminga, ajoyib hayvonot va tabobat olamiga boy bo’lgan qadimiy Hindistonda falsafa, badiiy adabiyot o’tmish davrlaridan boshlab vujudga kelgan va rivojlangan. “Ramayana”, “Mahobhorat”, “Kalila va Dimna” kabi mashhur asarlar shular jumlasidandir. Yuksak nafosat va mangu hikmat xazinasi bo’lgan ana shu asarlarda hind xalqining urf-odatlari va an’analari, odob-axloqi va madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, badiiy, falsafiy, diniy qarashlari o’zining yorqin ifodasini topgan. Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aqlidrok, insof-diyonat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to’g’riso’zlilik, va’daga vafo qilish to’g’risida, zulm va zo’ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka, nafsi buzuqlik va ochko’zlikka, fitnachilik va qalloblikka, xudbinlik va munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim va foydali falsafiy g’oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va naqllar bayon etilganki, ular shakshubhasiz, ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga molikdir. Hindistonning eramizdan oldingi birinchi ming yilliklaridagi dastlabki falsafasini o’rganishda qadimgi hindlarning “Veda” deb ataladigan diniy to’plamlari va ikkita katta epik dostoni — “Ramayana” va “Mahobhorat” hamda Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari muhim ahamiyatga egadir. Hindistonning “Veda” deb ataladigan muqaddas kitobining “ma’nosi bilmagan narsani bilishdir. Hindlar “Veda” kitobini, oliy tangrining Barohim og’zidan aytilgan so’zi, deydilar”2. “Veda” kitobi Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladigan to’rt katta bo’limdan iborat. To’rt bo’limdan har birining o’ziga xos o’qish yo’li bor. Mazkur bo’limlarning har birida muayyan bir falsafiy g’oya ilgari surilgan. “Veda”da borliq, fazo, vaqt, dunyoning paydo bo’lishi, inson hayotining tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar haqida fikr yuritiladi. “Veda” kitobi yaxshi ishlarga targ’ib qilish, yomon ishlardan qaytarish, amallarning chegarasini aniq ko’rsatib qiziqtirish, yaxshi mukofot va yomon jazolarni bayon qiladi. “Veda” ning ko’p qismi turli duolar va olov uchun qilinadigan turli qurbonliklar ustidagi so’zlardan iboratdir. U qurbonlik turlari sanab bo’lmaydigan darajada ko’p va (qoidalari) qiyindir”3. “Veda” kitobini tashkil etgan bo’limlarning eng qadimiysi Rigvedada hindlarning xudolari bo’lgan parilar to’g’risidagi afsonalar bilan bir qatorda dunyodagi har bir narsa va tabiiy ravishda paydo bo’lgan, degan g’oyalar bor. “Rigveda”dagi dunyo suvdan yaratilgan, degan fikr e’tiborga sazovordir. Qadimgi Hindiston dini va falsafasida suvning muqaddaslashtirilishi, uni dunyoni tashkil etgan unsurlardan biri ekanligi asoslangan. Bu haqda “Veda” va “Rigveda”da alohida e’tibor berilganligi bejiz emas, albatta. “Hindlar fikricha, - deyiladi Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida, - “yaratilgan narsalarning oldingisi suvdir: chunki ular “to’zonga aylangan hamma narsa suv bilan birikadi, hamma undagi narsa suv bilan unib chiqadi va hamma jon egasi suv bilan tirik turadi, suv san’at egasi, biron moddadan ma’lum bir narsa ishlatmoqchi bo’lganida unga suv vosita bo’ladi”4. “Veda”da borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb hisoblangan suv, olov, havo, yorug’lik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo, vaqt haqidagi, shuningdek, olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimlarining manbalari va turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Unda ta’kidlanishicha, tana jonning qobig’i bo’lib, jon esa — dunyoviy ruhning bir bo’lagidir. “Veda”lar shu tariqa butun qadimiy Hind falsafasining keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo’lib xizmat qilganligi va sharoit yaratib berganligi tufayli alohida ahamiyat va ilmiy qimmatga egadir. Milodgacha VIII-VII asrlarda Hindistonda Lokayati (faqat shu lokani tan oluvchi kishilarning qarashlari) falsafiy ta’limoti shakllana boshlaydi. Bu ta’limot asoschisi Brixaspati va uning izdoshlari yerdan boshqa tarzda kastning bo’lishi mumkin emas, degan fikrni olg’a suradilar. Download 67.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling