Reja: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari
Download 67.95 Kb.
|
mustaqil ish 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Najmiddin Kubro
Xoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 yy.) tasavvuf falsafasining yirik namoyondalaridan hisoblanadi15. Yassaviya tariqatining birinchi va asosiy fazilati — uning xalqchilligidir. Unda ham Olloh, ham inson madh etiladi. Yassaviy o’zining «Hikmat»larida insonni qadrlaydi, uni adolatsizlikdan, zulmdan himoya etishga chaqiradi.
Buyuk mutafakkirning asosiy maqsadi odamlarni Ollohni tanishga, uning yaqini bo’lishga da’vat etish, insonni xudoning eng aziz bandasi sifatida e’zozlash, adolatsizlikni qoralash, bu dunyoning dog’larini insonga yuqtirmaslikdan iboratdir. Ahmad Yassaviy inson o’z azaliy pokligini saqlashi, gunoh orttirmasligi uchun nima ish qilishi kerak, degan savolga ham o’zicha javob beradi. Yassaviy inson o’zining azaliy pokligini saqlashi uchun bu dunyodan yuz o’girishi, umrini odamlardan uzoqda, yolg’izlikda, uzlatda toat-ibodat bilan o’tkazishi lozim, deb hisoblaydi. Buni u Ollohga yaqin bo’lishining, o’ziga foniy bo’lishi uchun shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat kabi u dunyoda saodat ta’minlashning shartlaridan biri deb biladi. Yassaviyning fikricha, insonning xudo vasliga yetishi, unda bosqinchilarni birma-bir bosib o’tishi, dunyodan, o’zligidan voz kechishi, o’zini xilvatga tortib, ham fikrini, ham zikrini xudoga berishi kerak. Agar odam jonini qiyin bo’lsada, ibodat qilish, nafsini o’ldirib qanoat qilishga odatlansa, ho’rlash va malomatlarga bardosh bersa, o’shanda xudoning diydoriga yetadi, deydi. Abdulholiq G’ijduvoniy Yassaviya tariqatining ko’zga ko’ringan vakillaridan biridir. U ustodi Xoja Yusuf Hamadoniy va birgalikda ta’lim olgan zamondoshi shayx Ahmad Yassaviyning ishini davom ettiribgina qolmay, ular yaratgan tariqatini mustaqil, yangi yuqori bosqichga ham ko’taradi. Buni uning farzandi uchun maxsus yozilgan «Vasiyatnoma»sida bayon etilgan falsafiy g’oyalardan ko’rish mumkin. «Vasiyatnoma»ning butun mazmuni, mohiyati odob-axloq masalalariga qaratilgandir. Tariqat ahdining bosh vazifasini Yassaviy Ollohga yaqinlashish uchun jamiyatdan uzoqlashishni, uning tashvishlaridan yuz o’girish, uzlatga ketish, tarki dunyo etish deb tayinlagan bo’lsa, Abdulholiq G’ijduvoniy «Vasiyatnoma»sida jamoatga mulozim bo’lish, jamiyatga xizmat etishni muqaddas vazifa - Ollohga yaqinlashishning muhim yo’li deb hisoblaydi. Shu bilan birga u odamlarni hadeb o’ldiravermasdan, Ollohga toat-ibodatni haddan tashqari oshirib yubora bermasdan mehnat qilish va halol yashashga da’vat etadi. Halol yegil va shubhadan parhez etgil, ya’ni halolligi shubhali ovqatdan qo’l tortgil, deydi. Bu dunyoda odamlar hayotida faol ishtirok etish, ularni himoya qilish, Abdulholiq G’ijduvoniy tomonidan ta’kidlanganidek, — Ollohga yaqinlashishning asosiy yo’lidir. Tasavvuf falsafasining yirik siymolaridan yana biri xorazmlik Najmiddin Kubrodir (1145-1221 yy.). U «Favoix al-jamol va favotix al-jalol» («Jamolining muattarlari va kamolotining egalari»), «Al-usul al-ashara» («O’nta qonun va qoidalar») nomli asar va risolalar yozgan. Najmiddin Kubroning vatanparvarlik, xalqparvarlik haqidagi falsafiy ta’limoti shunchaki quruq so’z, shior, g’oya bo’lib qolmasdan uning shaxsiy hayotida ham o’zining to’la tasdig’ini topgan. Yoshi yetmish oltiga chiqqan bo’lishiga qaramay Najmiddin Kubro Xorazm himoyasi uchun mug’ullarga qarshi jangga kiradi va shahid bo’ladi. Ular paytida u bir mo’g’ul askarining kokili (sochi)ni shunday mahkam ushlab oladiki, vafotidan keyin o’n kishi ham uning qo’lidan kokilni ayirib ololmaydilar. Oxiri o’sha kokilni kesishib, qo’ldan ajratadilar. Tasavvuf falsafasi XIV asrda naqshbandiya ta’limotida yanada rivojlanadi. Bahouddin Naqshband asos solgan suluk naqshbandiya deb ataladi. Naqshband so’zi u buyuk zotning laqablari bo’lib, matoga gul — naqsh solishni bildiradi. Download 67.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling