Reja: Shartnoma va uning turlari Shartnomani qanday “ishonchli” qilish mumkin? Shartnoma tuzishning asosiy bosqichlari Shartnoma va uning turlari
Shartnoma mavzusi. Tomonlarning xuquq va majburiyatlari
Download 48 Kb.
|
8 mavzu
2.Shartnoma mavzusi. Tomonlarning xuquq va majburiyatlari.
Shartnomaning bu qismi shartnomaning muayyan shartlarini o‘z ichiga oladi: Shartnoma bo‘yicha birinchi tomonning majburiyatlari va xuquqlari. Shartnoma bo‘yicha ikkinchi tomonning majburiyatlari va xuquqlari. Ikkala tomonning o‘z majburiyatlarini bajarish shartlari va muddatlari. Xar bir tomonning o‘z majburiyatlarini bajarish joyi. Xar bir tomonning o‘z majburiyatlarini bajarish usullari. Ushbu shartlarning aniq mazmuni shartnoma turi, tomonlarning o‘zaro kelishuvlari va shartnoma tuzilgan muayyan vaziyat bilan belgilanadi. Shartnomaning qo‘shimcha shartlari: Shartnomaning amal qilish muddati. Tomonlarning javobgarligi: mazkur bo‘lim tomonlarning javobgarligi va ularning shartnoma shartlarini buzganliklari uchun tegishli tarzda jazolashni belgilaydi. Odatda shartnomani tuzishda xar bir tomonning shartnoma shartlarini buzish uchun tegishli javobgarligini ko‘zda tutish tavsiya etiladi. Majburiyatlarni ta’minlash usullari: qonunchilikka muvofiq majburiyatlarni ta’minlashning to‘rtta asosiy usullari mavjud Burdsizlik to‘lovi, garov, kafolatnoma va bo‘nak. Bir tomonlama tartibda shartnomani muddatidan oldin bekor qilish asoslari va shartnomani bir tomonlama bekor qilishda tomonlarning xarakatlari tartibi. Shartnoma bo‘yicha ma’lumotning maxfiyligi: tomonlar shartnomaning qanday shartlari maxfiy hisoblanishi va tomonlar oshkor qilmasliklarini kelishib oladilar. Tomonlarning nizolarni hal qilishi tartibi: odatda barcha nizolar amaldagi qonunchilikka muvofiq ular shartnomada ko‘zda tutilganligidan qat’iy nazar Xo‘jalik sudida hal etiladi. Shartnomaning boshqa shartlari: Shartnomada tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tartibga solishga aloqador bo‘lgan barcha qonunchilik me’yorlarini qayd etishning ma’nosi bo‘lmaganligi. Tomonlar o‘rtasida aloqalar usulini kelishish shartlari - vakolatli shaxslar vositasida yoki telefon, faks, teleks va shuningdek barcha ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda boshqa aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Tomonlarning ma’lumotlari - tomonlarning to‘liq pochta va bank ma’lumotlari, zarur bo‘lgan holda - yuklash ma’lumotlari. 3. Shartnomani tuzish. Qonunchilikka muvofiq, shartnoma, shartnomaning barcha muayyan shartlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishilganidan so‘ng tuzilgan hisoblanadi. Shartnomani tuzish vaqti bitimga tomonlar tasdiqlagan shartnoma shakli berilgan vaqt bilan belgilanadi. 4. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, shuningdek qonunchilik yoki shartnomada ko‘zda tutilgan asoslarga ko‘ra shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish. Tomonlardan birining talabiga ko‘ra shartnoma faqat boshqa tomon shartnomani qat’iy ravishda buzgan holdagina, shuningdek qonunda yoki shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa hollarda sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma tuzilgan vaziyatlar muayyan ravishda o‘zgargan hollarda xam shartnoma o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Agarda qonunda yoki shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi bitim shartnoma tuzilgan shaklda tuziladi. Adabiyotlar 1.С.Н.Усмонов, Ю.Т.Додобоев, А.Худойбердиев. “Тадбиркорлик асослари”. “Фарғона”, 2000 2.С.С.Ғуломов.“Тадбиркорлик ва кичик бизнес”. Т.:”Шарқ”, 2002. 3.Э.Эгамбердиев, Ж.Хўжақулов.”Кичик бизнес ва тадбиркорлик”. Т.:”Маънавият”, 2003. 4.В.В.Волгин. “Торговые операции”. Москва, 2004 5.Н.В.Ласкина. “Международное торговое дело”. М.:”Экзамен”, 2004 6.www.cer.ru 7.www.uz.bussines.unitech.uz 8.www.torg.uz 9.www.edu.ru Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling