Ma’ruzachi: Nazarova Nigora Ravshanovna
UMUMIY PEDAGOGIKA
Ta’lim mazmuni hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash
REJA
1 Ta’lim mazmuni .Ta’lim metodlari va vositalari.
2 STEAM ta’lim. Iqtidorli o’quvchilarni o’qitish.
3. TRIZ va ARIZ. Prizident maktablari.ijod maktablari
4 Bilim ,ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari
Ta’lim mazmuni .Ta’lim metodlari va vositalari - Ilmiy-texnik jarayon va ta'lim mazmuni.
- Hozirgi vaqtda ta'lim mazmunini belgilashga doir asosiy g'oyalar.
- Ta'lim mazmunini belgilab beruvchi meyoriy hujjatlar.
- Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta'lim standarti.
- Yangi avlod darsliklarini yaratishga qo'yiladigan talablar.
- Darslikdagi o'quv materiallarini tizimlashtirish tamoyillari.
Ta’lim mazmuni—yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir degan qarashlarni O.Roziqov,Adizovlar ilgari suradilar.
Birinchi komponent - bilim, ya’ni insoniyat tomonidan dunyo to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlarni to‘planishi.
Bilimlarni bir necha turlari mavjud:
asosiy tushuncha va atamalar, bularsiz biror bir matnni yoki fikrni tushunib bo‘ lmaydi;
borliqdagi ilmiy tushuncha va faktlar, bularsiz fan qonuniyatlarini tushunish mumkin emas;
nazariyalar;
faoliyat turlari, bilish metodlari va bilimlarni olish tarixi to‘g‘risidagi bilimlar;
baholovchi bilimlar, hayotdagi turli hodisalarga munosabat me’yorlari.
Ikkinchi komponent - berilgan algoritm asosida mahsuldor darajada faoliyatning aniq turi bo‘yicha bajariladigan ko‘nikma va malakalar tajribasi.
Navbatdagi komponent - ijodiy faoliyat tajribasi. Ijodiy faoliyat inson faoliyatining mahsuldor darajasida amalga oshiriladi.
Keyingi komponent - borliqqa bo‘lgan emotsional munosabat.
Do'stlaringiz bilan baham: |