Ta’lim mazmunini shakllanishi nafaqat ta’lim tizimini rivojlanish yo‘nalishlariga, balki ta’lim mazmunini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarga ham bog‘liq.
maqsad, jamiyatning ta’lim tizimiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi;
jamiyat ehtiyoji;
ta’limga bo‘lgan shaxs ehtiyojlari.
Ta’lim mazmunini tuzilishiga qo‘yilgan talablar sifatida:
tizimlilik - ta’lim mazmuni o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan borliq to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimining qismi hisoblanadi;
butunligicha qabul qilish -idrok qilish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar o‘zaro aloqador elementlarni ifodalaydi;
uzluksizlik - ma’lumotlarni bir butunlikda va tizimliligini ta’minlovchi ma’lumotlarni ketma-ket bayon qilish;
o‘quv materialini asosiy, tayanch va qo‘shimcha ma’lumotlarga ajratib tanlash;
yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirilganlari bilan mantiqiy bog‘lanishini ta’minlash;
mazmunni dolzarbligi - yosh avlodni kelgusi faoliyati uchun o‘quv axborotini amaliy ahamiyati;
mazmunni texnologiyalashtirish -ta’lim mazmunini samarali o‘zlashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan jarayon;
Yuqoridagi ta’lim mazmuniga ta’sir etuvchi omillar, determinantlar va talablar asosida ta’lim mazmunini tanlash mezonlariga quyidagilar kiradi:
ta’lim mazmunida jamiyat ehtiyoji va maqsadini ifodalanishi;
ta’lim mazmunini ilmiy va amaliy ahamiyati;
ta’lim mazmunini kasbiy talablarga mosligi;
uzluksiz ta’limda maqsadni yaratish;
ta’lim mazmunini ishlab chiqishda xalqaro tajribalarni hisobga olish;
ta’lim mazmunini ta’lim muassasasini uslubiy, moddiy-texnik imko- niyatlariga mosligi.
Oliy ta’limda o‘quv predmeti mazmunini qurishda darajali va kompetentli yondashuvlar mavjud. Birinchi darajali konstruksiyalashda bilimlar to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlar me’yoriy xarakter asosida quriladi. Uning asosida ta’lim mazmunining nazariy konsepsiyalari ishlab chiqiladi, uning tarkibi, funksiyalari, tuzilishi aniqlanadi, fanlarni rivojlanish mantig‘i va zamonaviy holati ifodalanadi, o‘quv predmeti sifatida uning mantig‘i aniqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |