1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari. Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar. Mehnat psixologiyasi
Download 65.37 Kb.
|
1 2
Bog'liqKasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsad va vazifalari
Mavzu: “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI. Reja: 1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari. 2. Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar. 3. Mehnat psixologiyasi. 4. Shaxs nazariyalari. 1. Kasbiy faoliyatning asosiy psixologik muammolari. Respublikamiz axolisining aksariyati agrar xo‘jalik soxasi bilan shug`ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan bo`lg`usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo`lg`usi agronom-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonning issik iklim sharoitining biologik-tibbiy jixatlari birmuncha o‘rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya xodisasi, qishloq axolisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issik sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning okilona yo`llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o‘zgarishiga uxshash muammolar kariyb o‘rganilmagan. Quydagi mavzular yukoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi. Inson-tabiat munosabatini o‘zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb maxoratini takomillashtirish uchun negiz bo‘lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarini tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtlariga o`qishga intilmoklari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga o‘quvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy xayotda karor topgan bular edi. Fanning maqsad va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga fan soxasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zaxirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yunaltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma’lumotlar manbaini berish. Download 65.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling