Kasblar ko’pdir dunyoda,bir-biridan ziyoda kasb. Kasb odobi haqida tushuncha
Download 215.21 Kb.
|
2 5242286564368713357
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbga doir reja tuzish.
- Dunyodagi eng zavqli kasblar…
- "Baxtli kasb egalari” royxati quyidagicha korinish oldi
- Qaysi kasbni tanlashni bilmayapsizmi
- Demak Kasb tanlashning 1- yo’li: O’zingizga savol bering, qaysi ishdan zavq olaman .
- Demak, Kasb tanlashning 2- yo’li: Agar ko’p miqdorda boyligingiz bo’lib ishlash ehtiyoji bo’lmasa, nima bilan shug’ullanar edingiz.
- Farzand tarbiyasida kasbni to‘g‘ri tanlash ahamiyati.
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
KASBLAR KO’PDIR DUNYODA,BIR-BIRIDAN ZIYODAKasb. Kasb odobi haqida tushuncha.Kasbga doir reja tuzish.Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar.Kasb - (lot. professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi.Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik kasblarida xirurg , oftalmolog , dermatolog va b.). Kasb odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.Kasb odobi – jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan odob-axloq bahosi ikki asosiy omil bilan: birinchidan, mazkur kasb-hunar vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun nimalar berishi bilan; ikkinchidan, jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish ma’nosida ularga nimalar berishi bilan belgilanadi. Ana shu odob-axloq baho omillariga ko‘ra, kasb odobini har bir kasb-hunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin: o‘qituvchilik ixtisosiga qarab:
Kasb odobi talablari umumiy bo‘lishiga qaramay ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor me’yorlarini ham e’tiborga olish kerak. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramay, insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa bunda o‘zini ham ayamasligi lozim, ya’ni shifokorning qasamyod burchi unga har qanday vaziyatda ham qiyinchiliklarga qaramasdan, ba’zi hollarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham bemorga yordam berishga undaydi. Huquq vakillaridan kasb odobida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilishlari talab etiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi vakillaridagi odob-axloq me’yorlari, avvalambor, muomala madaniyati va mijozlarning ehtiyojini qondirishga, diqqat-e’tiborning kuchli bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi.Maktabni bitirgan bolalarning ko'pchilik qismi o'rtoqlik yoki do'stlik prinsipi bo'yicha kasb tanlaydilar, faqat birga bo'lishni maqsad qilib o'qishga, ishga kiradilar. Xo'sh, bu yaxshimi yoki yomonmi?Agar do'stlarning qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari bir xil kasb sohasidagi faoliyatga mos kelib qolgan hollarda bu yaxshi, albatta. Lekin ularning birortasi "sheriklari shu kasbni tanlagani uchun" bunday qilgan bo'lsa, u holda yomon, albatta. Bunday hollarda odatda kishi afsuslanib qoladi va oradan uzoq vaqt o'tgach, ba'zan esa mashaqqatli sarsongarchilikdan keyin dastlabki tanlagan kasbini o'zgartirishga majbur bo'ladi. Albatta, biror joyda o'rtog'ing bilan yonma-yon ishlashga nima yetsin. Lekin har bir kishi o'z mehnat yo'lini tanlar ekan, eng avvalo, shu kasb men ishlay oladigan sohamikan, bu ishni eplay olarmikinman, shu kasbga mos kelarmikanman, shu sohada ishlasam qanday natijalarni qo'lga kiritarkinman? - degan savollar to'g'risida o'ylab ko'rmog'i kerak.Agar do'stlarning qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari bir xil kasb sohasidagi faoliyatga mos kelib qolgan hollarda bu yaxshi, albatta. Lekin ularning birortasi "sheriklari shu kasbni tanlagani uchun" bunday qilgan bo'lsa, u holda yomon, albatta. Bunday hollarda odatda kishi afsuslanib qoladi va oradan uzoq vaqt o'tgach, ba'zan esa mashaqqatli sarsongarchilikdan keyin dastlabki tanlagan kasbini o'zgartirishga majbur bo'ladi. Albatta, biror joyda o'rtog'ing bilan yonma-yon ishlashga nima yetsin. Lekin har bir kishi o'z mehnat yo'lini tanlar ekan, eng avvalo, shu kasb men ishlay oladigan sohamikan, bu ishni eplay olarmikinman, shu kasbga mos kelarmikanman, shu sohada ishlasam qanday natijalarni qo'lga kiritarkinman? - degan savollar to'g'risida o'ylab ko'rmog'i kerak.Kasbga doir reja tuzish.
Dunyodagi eng zavqli kasblar…Britaniyaning City & Guilds kompaniyasi o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, kosmetolog va sartaroshlar ushbu kasbni tanlaganliklaridan baxtiyor ekanlar. 20 xil kasb egalari bo'lgan 1000 nafar kishi orasida o'tkazilgan so'rovda o'z ishidan qoniqmaydiganlar quruvchilar ekanligi ma'lum bo'ldi. Shunisi borki, ushbu so'rovda maosh o'z kasbidan qoniqishda asosiy omil deb olinmagan.
"Baxtli kasb egalari” ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Qaysi kasbni tanlashni bilmayapsizmi?Qiziqishlaringiz ko’pligidan kelajakda qaysi sohani tanlash haqida o’ylaysiz. Ko’pchilikni muammosi quyidagicha: Qaysidir ishga joylashasiz lekin ko’nglingiz baribir rozi emas. Ishxonada vaqt o’tishini uyga borishni o’ylaysiz… O’zingizni majburlab ishlaysiz. Qachon oy oxir bo’larkin va maosh olaman deb vaqt o’tkazasiz…Shuni bilingki, boy odam bilan kambag’al odam o’rtasidagi asosiy farqlardan biri shundaki: boy odamlar o’zi uchun zavqli ishni tanlaydi. mehnatidan zavq olib ishlaydi. Boy odamning kasbi uning uchun dam olishdek bo’ladi. Kambag’al toifadagi ko’p odamlar esa ko’p pul keltiradigan ishda ishlashni orzu qiladi. Kambag’al odamlar mehnatdan zavq olishni emas, ko’p pul olishni o’ylaydi. Kasbi qiyin va o’ziga yoqmasa ham pul uchun ishlayveradi.
Demak Kasb tanlashning 1- yo’li: O’zingizga savol bering, qaysi ishdan zavq olaman.
Demak, Kasb tanlashning 2- yo’li: Agar ko’p miqdorda boyligingiz bo’lib ishlash ehtiyoji bo’lmasa, nima bilan shug’ullanar edingiz. Shu savolga javob toping.Davom etamiz, Sizda qaysidur ishga qiziqish bor, ammo bu sohani o’rganish qiyin bo’lmoqda. Ya’ni aqlingiz yetmayapti. Sizga maslahatim, Aqlingiz uchun qiyin bo’lgan ishni tanlamang, Masalan, Men o’zim dastlab komputer dasturchisi bo’lishni orzu qilar edim. Hatto kichik dasturlar tuzishni ham o’rgandim. O’rganish chuqurlashgan sari ba’zi kodlarni yozishda aqlim yetmay qolar edi. Hatto ba’zi muammoni yechimini bir necha kunlar o’ylab vaqtimni o’tkazdim. Ammo men o’jarlik qilib davom etaverdim. Aqliy mehnat menga qiyindek ko’rinar-di. Men atrofimdagi ba’zi dasturchilarga havas qilib o’raganayotgan edim. Oxiri shuni bildimki, men havas qilgan ishga aqlim yetmas ekan. Shunday qilib bu sohada voz kechdim.Demak Kasb tanlashning 3- yo’li: Siz havas qilgan soha yoki ish osonmi, unga aqlingiz bemalol yetadimi. Xudo har kimga bir vazifani berar ekan, Uning aqlini shunga mos qilgan… ya’ni aqliy toqatimiz yetmagan ishga hech buyurilmaganmiz.Farzand tarbiyasida kasbni to‘g‘ri tanlash ahamiyati.
Farzandingiz yoshligidan qaysi sohaga qiziqishi, aqliy va jismoniy imkoniyatlariga e'tibor qarating. Maktabdagi o‘qituvchilar, sinf rahbarlari bilan bu haqida maslahatlashib turing. Albatta o‘zingiz yashayotgan hududdagi iqtisodiyot tarmoqlarida rivojlanayotgan va yangidan qo‘shilayotgan sohalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar haqida ma'lumot to‘plab boring. Bu jarayon har yili maktablarda o‘tkaziladi. Umumta'lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari o‘rtasida qaysi kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qishni davom ettirishini bilish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkaziladi. So‘rovnomaga kelgan ota-ona va o‘quvchi ayni shu vaqtda o‘zlariga “Qaysi kollejni va yo‘nalishni tanlasam ekan?” degan savolni bermasligi kerak. Ota-ona farzandi 14-15 yoshga to‘lganida o‘g‘li yoki qizining qaysi kasb egasi bo‘lishi haqida yakuniy qarorga kelgan bo‘lishi kerak.Farzandingiz yoshligidan qaysi sohaga qiziqishi, aqliy va jismoniy imkoniyatlariga e'tibor qarating. Maktabdagi o‘qituvchilar, sinf rahbarlari bilan bu haqida maslahatlashib turing. Albatta o‘zingiz yashayotgan hududdagi iqtisodiyot tarmoqlarida rivojlanayotgan va yangidan qo‘shilayotgan sohalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar haqida ma'lumot to‘plab boring. Bu jarayon har yili maktablarda o‘tkaziladi. Umumta'lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari o‘rtasida qaysi kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qishni davom ettirishini bilish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkaziladi. So‘rovnomaga kelgan ota-ona va o‘quvchi ayni shu vaqtda o‘zlariga “Qaysi kollejni va yo‘nalishni tanlasam ekan?” degan savolni bermasligi kerak. Ota-ona farzandi 14-15 yoshga to‘lganida o‘g‘li yoki qizining qaysi kasb egasi bo‘lishi haqida yakuniy qarorga kelgan bo‘lishi kerak.Farzand tarbiyasi yo‘lida tashlangan har bir to‘g‘ri qadam uning kelajakdagi o‘z o‘rnini topib ketishi uchun mustahkam asos bo‘ladi. Shunday ekan muhtaram ota-onalar, farzandingiz kelajagiga alohida e'tibor qarating.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!Download 215.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling