Ta’lim mazmuni hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash


Ikkinchi darajali konstruksiyalashtirishda


Download 1.04 Mb.
bet5/15
Sana20.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1636757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-MAVZU SLAYD

Ikkinchi darajali konstruksiyalashtirishda o‘quv predmetining har bir o‘quv modullari tuzilishi va funksiyalari modellashtiriladi, o‘quv dasturlari, fanlarni o‘qitishning ilmiy asoslangan texnologiyalari ishlab chiqiladi.

Uchinchi darajali konstruksiyalashtirishda o‘quv predmeti fundamental bilimlarni, tayanch va maxsus kompetensiyalarni, bilish faoliyati yo‘llarini, umumiy ko‘nikma va kompetensiyalarni ifodalaydi. Ushbu darajada ta’lim mazmuni o‘quv dasturi, o‘quv qo‘llanma, talabalar va o‘qituvchilar uchun o‘quv- uslubiy materiallar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

To‘rtinchi darajali konstruksiyalashda ta’lim mazmuni ta’lim jarayonini modellashtirish bilan aloqadorlikda yaratiladi. Kompetentli yondashuv ta’lim amaliyotida loyihali, o‘yin, dialog, o‘qitishda kompyuter texnologiyalarni qo‘llanishini ifodalaydi.

Beshinchi darajali konstruksiyalashda ta’lim mazmuni ta’limni uzluksizligi prinsipiga amal qilinishiga yo‘naltiriladi. Shunday qilib darajali va kompetensiyali yondashuv asosida o‘quv predmeti mazmunini loyihalashtirishda fanni rivojlanish darajasini, yoshlarni bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati xarakterini, ta’lim masalalarining nazariy darajasini inobatga olinishini taqozo etadi.

Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi prinsiplarga asoslaniladi:


maqsadga yo‘naltirilganlik, ta’lim mazmunini yosh avlodni kasbiy tayyorgarligi va vazifasiga bog‘liqligi;
ilmiylik, ta’lim mazmunini zamonaviy fan yutuqlariga mosligi;
fundamentallilik, ta’lim mazmunida fanni metodologik holatlarini kiritilishi;
birbutunlilik, o‘rganilayotgan predmetni nazariy va amaliy tomonlarini birligiga amal qilish;
integratsiya (o‘zaro aloqadorlilik), hodisa va jarayonlarni birbutunligini ta’minlovchi predmetlararo va predmet ichidagi aloqadorlikni o‘rnatish;
modullilik, ta’lim mazmunini modullar ko‘rinishida tasvirlash;
faoliyatlilik, kasbiy normalar o‘zlashtiriladigan faoliyat fragmentlarini modellashtirish;
individuallashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini o‘zlash- tirilishini mazmun va metodini o‘quvchilar tayyorgarlik darajasiga bog‘liqligini ta’minlash;
me’yoriylilik, ta’lim mazmunini davr talablariga mosligi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling