Reja: Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi
To`rtinchi avlod mashinalari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Akramovna Feruza
To`rtinchi avlod mashinalari katta integral sxemalarda qurilgan, ko`p
prosessorli mashinalardir. Bu turdagi EHMlarning tezligi 10 million amal / sekunddan ortiqdir. Ma`lumki, katta imkoniyatlarga ega bo`lgan EHMlar juda qimmatdir. Barcha korxona va tashkilotlar bunday EHMlarni sotib olish imkoniyatiga ega emas. Mana shu qiyinchilikdan qutilishning birdan bir yo`li korxona va tashkilotlarning birgalashib yagona EHM parklarini tashkil qilishlari va undan birgalikda foydalanishlaridan iboratdir. Buning uchun telefon va telegraf yo`llari orqali EHM tarmoqlari tashkil qilinishi lozimdir. Har bir korxona va tashkilot tarmoq orqali EHM parkiga ulangan va undan go`yoki mustaqil foydalanayotgandek bo`ladi. Korxona va tashkilotning hisoblash markazlarida faqatgina bitta yoki bir necha kiritish va chiqarish qurilmalarining bo`lishi yetarli. Yuqorida ta`kidlangan EHMdan foydalanish usulini amalga oshirish to`rtinchi avlod mashinalarini yaratishdan qo`yilgan asosiy maqsad edi. 6 Bu usulning yana bir qulayligi shundaki, barcha korxona va tashkilotlar bitta bir necha EHMdan tashkil topgan yagona xotiraga ega bo`lgan ma`lumotlar xazinasiga ega bo`ladilar. Bu ma`lumotlardan kerakli paytda foydalanadilar va uni qayta ishlaydilar. Yuqoridagi barcha qulayliklarni amalga oshirish EHMdan tashqari, o`ta mustahkam (ishonchli) telefon va telegraf yo`llarini mavjud bo`lishini taqozo etadi. To`rtinchi avlodga tegishli bo`lgan EHMlardan biri Ko`p Prosessorli Hisoblash kompleksi - “ELBURS”dir. KHK “ELBURS” zamonaviy aloqa yo`llari orqali juda ko`p EHMlarni yagona markazga birlashtirish va ularga uzoqda joylashgan terminallarni ulash imkoniyatiga ega. Bu holda barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy EHM dan foydalanish va undagi axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. EHMlardan foydalanishning bu usuli (ko`pchilikning bir paytda foydalanishi) hisoblash tarmog`I bo`lib, u o`zaro bir-biriga ulangan va ma`lumotlarni bir-biriga tezda uzata oladigan EHMlar guruhidan iboratdir. Hisoblash tarmog`i alohida - alohida ishlayotgan EHMlar guruhiga nisbatan ma`lum qulayliklarga ega. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling