Reja: Shaxsiy kompyuterlarni yaratilishi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana25.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1295106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Akramovna Feruza

 
EHM avlodlari 
Ayrim mualliflarning fikricha hozirgi kunda EHMning oltita avlodi 
mavjud. Ammo hozirgi kunda EHMning to`rtta avlodini uchratish mumkin. 
Oxirgi ma`lumotlarga qaraganda bir guruh yapon olimlari 5-avlod mashinasini 
yaratishgan bo`lib, yozishlaricha u barcha matematik masalalarni yechish 
imkoniga ega ekan. 
Birinchi avlod mashinalari lampali mashinalar bo`lib, ularning tezligi 
sekundiga 10-20 ming amaldir. Bu guruhga tegishli mashinalarining xotira 
hajmi juda chegaralangan bo`lib, kiritish-chiqarish qurilmalarining imkoniyatlari 
chegaralangan. Birinchi EHMlarni yaratishda M.V. Keldish, M.A. Lavrentev, 
S.A. Lebedev kabi buyuk olimlarning hissasi juda kattadir. Birinchi avlod 
mashinalariga quyidagi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin: M-2, M-20, 
MINSK-1, MINSK-12, MINSK-14, BESM-1, BESM-2, URAL-1. 
Birinchi avlod EHMlaridan foydalanish “ochiq” holatda bo`lib, unga ko`ra 
har bir dasturchi EHMni o`zi boshqarar edi.
1 - avlod kopyuterlari 



Ikkinchi avlod mashinalari tranzistorli yoki yarim o`tkazgichli 
mashinalar bo`lib, ularda kiritish-chiqarish qurilmalarining imkoniyatlari, ichki 
xotiraning hajmi oshirilgan va dasturlash sistemalari rivojlangan. 
Bu avlod EHMlarida dasturlar asosan algoritmik tillarda tuzilib, ularni 
tushunish uchun tarjimachi dasturlar – translyatorlar yaratiladi. Bu dasturlash 
jarayonini avtomatlashtirishdagi muhim qadamlardan biri bo`ldi. Bu davrga 
kelib dasturchilar uchun “yopiq” holat joriy etildi va unga ko`ra endi 
dasturchilar EHM joylashgan xonalarga kiritilmasdan, ular o`zlarining 
dasturlarini “operatorlarga” topshirar va natijani kutib turar edilar. Bu o`z 
navbatida mashinaning foydalanish vaqtini oshirishga imkon berdi. Birinchi 
avlod EHMlarida bir soatda bitta dasturchi ishlagan bo`lsa, ikkinchi avlodda bir 
soatda bir necha dastur mashinaga qo`yiladi, ya`ni EHMning bekor turib qolish 
vaqti kamaytiriladi. 
Birinchi va ikkinchi avlod EHMlarining xotira o`lchovi sifatida mashina 
so`zlari (yacheykalar) olingan bo`lib, ularnig uzunligi (ikkilik razryadlar soni) 
doim bir xil bo`ladi. 
Ikkinchi avlodga MIR-1, MIR-2, Nairi oilasiga kiruvchi MINSK-2, 
MINSK-22, M-220, M-222, BESM-3, BESM-4, BESM-4M, Rozdan, Ural-11, 
Ural-14, Ural-16, BESM-6 kabi EHMlar misol bo`la oladi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling