Reja: Shayboniylar davlati siyosiy tarixi. Ma’muriy boshqaruv. Mansab va unvonlar. Harbiy qurilish va boshqaruv. Siyosiy tarix
Download 33.24 Kb.
|
Shayboniylar davri davlatchiligi
Harbiy qurilish va boshqaruv. Shayboniylar davlatida, siyosatida, boshqaruv ishlarida yirik sarkardalar, qo‘shin boshliqlari, qo‘mondonlar va amirlarning harbiy mahorati katta ahamiyatga ega edi. Barcha shayboniy hukmdorlari harbiy siyosatni Dashti Qipchoq o‘zbeklarining an’analariga asoslanib olib borganlar hamda bu jarayonda zarur hollarda zudlik bilan to‘planadigan ko‘p sonli qo‘shinlarga tayanganlar. Undan tashqari shayboniylar ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda, davlat sarhadlarini kengaytirish uchun qilinadigan yurishlarda qo‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, jang usullari, qurol-yarog‘lar, qo‘shin boshliqlarining harbiy mahorati kabilarga ham katta e’tibor qaratganlar.
Shayboniylar davlatida qo‘shni to‘plash, qo‘shinning ta’minoti, uning tarkibi, qo‘shinni jangga tayyorlash, qurol-aslahalar, harbiy va qorovullik xizmatini o‘tash, harbiy harakatlarni olib borish asosan Chingizxon va Amir Temur qo‘shinlarining harbiy tuzilishiga asoslangan bo‘lib, unga Shayboniyxon tomonidan dasht o‘zbeklariga xos bo‘lgan ayrim o‘zgarishlar kiritilgan. Qurol-aslahalarning o‘zgarishi esa Abdullaxon II davriga to‘g‘ri keladi. Harbiy qo‘shin asosan otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan. Harbiy harakatlar davrida qo‘shin o‘q-yoy, uzun nayza, qilich, gurzi, uzun dastali jang boltasi (tabarzin), changak kabi asosiy hujum qurollaridan foydalangan. Abdullaxon II davrida pilta miltiqlar paydo bo‘lgan. Qo‘shinda himoya vositasi sifatida qalqon (sipar), hamda temir simdan mayda qilib to‘qilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut (jovshan) yoki jiba (jeva)-temir yoki po‘latdan ishlangan maxsus kiyim kabilardan foydalanilgan. Shayboniylar qo‘shinining oliy bosh qo‘mondoni xonning o‘zi hisoblangan. Alohida bo‘linmalar-o‘ng qanot, so‘l qanot, qalb, qorovul va hirovullarga xonning o‘g‘illari, qarindoshlari yoki jangda sinalgan, tajribali va dovyurak nuyonlar (yoki sultonlar) boshliq qilib tayinlangan. Ilgarigi davrlarda bo‘lgani kabi Shayboniylar qo‘shini ham o‘n minglik (tuman), minglik, yuzlik, o‘nlik bo‘linmalarga bo‘lingan. Shayboniylar qo‘shini asosan qalb deb ataluvchi markaziy qism, barong‘or (o‘ng qanot) va javong‘or(so‘l qanot) qismlaridan va hirovul (qo‘shinning orqa qismi) dan tashkil topgan. Manbalarda qo‘shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda o‘g‘lon deb ham eslatiladi. Qo‘shin oldida manglay deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning olidida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor qism ilg‘or bo‘lgan. Shuningdek, umumiy qo‘shin oldida qorovul deb ataluvchi maxsus qism, qo‘shinning o‘ng va so‘l qanotlari oldida boruvchi kichik g‘o‘l deb nomlanuvchi bo‘linmalar hamda qo‘shin ortidan boruvchi maxsus yordamchi bo‘linma-chanox harakat qilgan. Qo‘shin tarkibida tug‘chi qism, ya’ni, bayroq ostida zahirada turuvchi (tug‘ni qo‘riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovar harbiy bo‘linma hamda zabongiri, ya’ni, dushman tomonidan “til” to‘tib keluvchi maxsus bo‘linma va xabargiri-dushman to‘g‘risida ma’lumot keltiruvchi (razvedka) maxsus bo‘linmalar ham bo‘lgan. Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari o‘tkaziladigan joy-bargoh deb atalgan. Qo‘shinda saralangan o‘zbek navkarlaridan tuzilgan xonning xos soqchilari ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Qo‘shinni yig‘ish va yurishga tayyorlash, ularning maoshini to‘lash hamda boshqa tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor-tavochi shug‘ullangan. Qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga ma’sul bo‘lgan amaldor jevachi bo‘lib, u xonning qurol-aslahalariga ham javobgar bo‘lgan. Xon va qo‘shin boshliqlarining alohida topshiriqlarini bajaruvchi shahslar yasovul (Abdullaxon II davrida-muboshir) deb atalgan. Xonning shahsi va saroyni qo‘riqlovchilar qurchi, xon bayrog‘ini ko‘tarib yuruvchilar yalov bardor deb nomlangan. Abdullaxon II davrida qo‘shinga zambaraklar joriy etilgan bo‘lib, qo‘shinda to‘pchiboshi mansabi paydo bo‘ladi. Harbiylar ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, ular sodir etgan jinoyat va jazo turlari maxsus harbiy sudyalar-qozi askar hamda mufti askar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Download 33.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling