Reja: Shisha klassifikatsiyasi
Download 0.56 Mb.
|
Shisha tuzilishi haqida gipotezalar
Shisha tuzilishi haqida gipotezalar Reja:
1. Shisha klassifikatsiyasi 2. Qurilish shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi. 3. Mayishiy-xo‘jalik shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi. 4. Tarali shisha ishlab chiqarish texnologiyasi. Inson shisha ishlab chiqarish bilan qadim-qadimdan shug‘ullangan. Ma’lumki, eramizdan 3,5 ming yil ilgari Misr ustalari shisha tayyorlashni bilishganlar. Soda, ohaktosh va qum aralashmasini yuqori (1400 0С) temperaturaga qizdirish yo‘li bilan kalsiy va natriy silikatlaridan iborat shisha hosil qilinadi: Na2CO3QCaCO3Q6SiO2=Na2O∙CaO∙6SiO2Q2CO2 Na2CO3 o‘rniga Na2SO4 ishlatish mumkin. U holda unga ko‘mir qo‘shib qizdiriladi. Na2SO4 QСQСаСО3Q6SiO2=Na2O∙CaO∙6SiO2QCO2QSO2 Hosil bo‘lgan shisha massasida gaz mahsulotlarini batamom chiqarib yuborish kerak. Sodaning bir qismi o‘rniga potash К2СО3 qo‘shish bilan laboratoriya idishlari tayyorlash uchun ishlatiladigan shisha olinadi. В2О3 va ZnO qo‘shib tayyorlangan shisha yuqori sifatli bo‘ladi. U ancha barqaror bo‘lib, ximiyaviy ta’sirlar va temperaturaning keskin o‘zgarishiga chidamlidir. Qum, potash va qo‘rg‘oshin oksididan xrustal shisha olinadi. Xrustal shisha nurni kuchli sindiradi. Shuning uchun ham u optik buyumlar va xrustal idishlar yasashda ishlatiladi. Shisha tolasining tarkibi 54-55% SiO2, 15-16% CaO, 14-15% Al2O3-Fe2O3, 9-10% B2O3, 4-5% MgO, 0-1% ZnO bo‘ladi. Shisha tola g‘oyat puxta bo‘lib, o‘tga va ximiyaviy ta’sirlarga chidamlidir, u elektrni, issiqlikni va tovushni o‘tkazmaydi, shuning uchun elektrotexnikada va o‘t o‘chiruvchilar kiyimi hamda teatr pardalari uchun lozim bo‘lgan materiallar olishda ishlatiladi. Toza qumning o‘zidan tayyorlanadigan shisha kvars shishasi deb ataladi. Bu shisha yuqori temperaturaga chidamli bo‘lib, uning issiqlikdan kengayish koeffitsenti nihoyatda kichik. U qattiq qizdirilib sovuq suvga botirilganda ham yorilmaydi. Kvars shishasining yana bir fazilati shundaki, u ultrabinafsha nurlarni yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun ham kvars shisha meditsinada va kinoga olishda ishlatiladigan ultrabinavsha nur beruvchi lampalarni tayyorlashda ishlatiladi. Rangdor shishalar tayyorlashda shishaga ba’zi moddalar qo‘shiladi. Masalan shishaga SiO qo‘shilsa ko‘k rangli, Cr2O3 yashil rangli, Сu2O qo‘shilsa qizil rangli va nihoyat , MnO2 qo‘shilsa binafsha rangli shishalar hosil bo‘ladi. Kumushning mayda zarrachalari shishani sariqqa bo‘yaydi, oltin zarralari esa shishaga qizil tus beradi. Tarkibida oltin zarrachalari bo‘lgan qizil tusli bunday shisha yoqut shisha deb ataladi. Bu shishalar tarkibidagi kumush va oltin mayda kolloid zarrachalar holida bo‘ladi.
Qurilish shishasining ko‘p xususiyatlari bor, shu tufayli ham u nodir metallar, minerallar va boshqa jinslardan ajralib turadi. Bu xususiyatlardan biri uning nixoyatda shaffofligi hamda pishiqligidir. Bunda, albatta, kimyoviy jixatdan pishiqligi nazarda tutilmoqda, boshqacha aytganda, shisha buyumlariga na yomg‘ir, na sovuq, na shamol, na quyosh nurlari ta’sir qiladi. Bunday omillar esa yillar davomida hatto tog‘larni ham yemirib yuboradi, biroq shishadek nozik narsaga kuchi yetmaydi. Shishaning pishiqlik siri ham anna shunda. «Shisha» deb kimyoviy tarkib va qotish temperaturasiga bog‘liqsiz ravishda yuqori temperaturada hosil qilingan eritmani o‘ta sovitish orqali olinadigan va yopishqoqlikning asta-sekin oshishi natijasitda qattiq jismlarning xossalarini qabul qiladigan barcha amorf jismga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, kvars yoki qumtuproq, oxaktosh yoki dolomit, natriy karbonat yoki natriy sulfat va boshqa komponentlarni qizdirish yo‘li bilan suyuqlantirib, so‘ngra maxsus rejimda qoliplash va sovitish yo‘li bilan hosil qilinadigan qovushqoqligi o‘ta yuqori bo‘lgan shaffof izotrop qattiq jismlar qurilish shishasi deyiladi. Qurilish shishasi quyidagi 4 gruppaga bo‘linadi. List shisha deraza oynasi, vitrina (ko‘rgazma) shishasi, foto shishasi, naqshli shisha, yopishtirilgan rangli list shishasi va x.zo. qurilish arxitiktura shishasi, shishadan yasalgan konstruktiv qurilish elementlari, shisha beton va shishatemirbeton uchun shisha qismlar, metallashtirilgan shisha, shishadan yasalgan ichki pardozlash plitkalari va h.zo. ko‘pirgan shisha issilik izolyatsiyasini taminlovchi shisha paxta, tovush yutuvchi izolyatsion material, filtirlovchi g‘ovak shisha, texnika maqsadlarda ishlatiluvchi ko‘pirgan shisha va boshqalar. Shisha quvirlar-devorning qalinligi 1-2 mm va diometri 0,1-40 mm bo‘lgan yupqa tanali quvurlar, devorning qalinligi 2,5-4 mm va diometri 12-40 mm bo‘lgan qflin tanali quvurlar. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling