Qurilish jarayonlari texnologiyasi toshkent 2023
Toshkent 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA –QURILISH INSTITUTI
1-mavzu: Qurilish Jarayonlari texnologiyasi bo’yicha asosiy tushunchalar va qoidalari
1. Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari.
2. Qurilish texnologiyalarining strukturasi, tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.
4.Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari, mehnat resurslari va texnik vositalari.
5. Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorati. Qurilishda mehnatni muhofaza qilish.
R e j a :
1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari
Tizimlilik ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik tuzilishga ega, bir-biri bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta miqdordagi elementlardan iborat murakkab ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
Havfsizlik ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy – rejaviy, konstruktiv, tashkiliy – texnologik yechim(qaror)larning atrof tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi va ob’ektning mustahkamligini kafolatlovchi, shu jumladan favqulodda va ekstremal holatlar yuzaga kelganda ta’minlovchi printsipdan iborat.
Moslashuvchanlik ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining maydonchadagi ishlarni amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik va resursli parametrlarning o‘zgarishiga javob bermoq va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |