Texnik normalash - birlik qurilish maxsulotiga ishchi yoki mashina vaqti xarajatlarining va materiallar sarfining texnik jihatdan asoslangan normalarini ishlab chiqish. Bunday normalar qurilish jarayonlarini sinchiklab o‘rganish yo‘li bilan o‘rnatiladi va ishchilar mehnatiga haq to‘lashning asosi hisoblanadi. Bu normalarga ko‘ra qurilish, montaj, ta’mirlash – qurish ishlari uchun umumiy me’yorlar va baholar (UMB) tuziladi.
Qurilish texnologiyalarining texnik vositalari
Asosiy texnik vositalar - qurilish jarayonida – konstruktsiyalarni montaj qilishda, gruntqa ishlov berishda, qoziqlar qoqishda, pardozlash ishlarini amalga oshirishda va h. k.larda bevosita ishtirok etadi Ularga qurilish mashinalari, mexanizmlar, dastaki, mexanizatsiyalashgan va elektrlashtirilgan asboblar kiradi.
Yordamchi texnik vositalar - konstruktsiyalarni bevosita barpo etishda ishlatilmaydi, ammo bunga yordam beradi (balandlikda ishlash uchun supalar, narvon – stremyankalar, montaj qilish maydonlari, traverslar va stropalar va boshq). Yordamchi texnik vositalar tarkibiga tashishda, omborda saqlashda va bevosita ish o‘rnida butunligini ta’minlashga mo‘ljallangan konteynerlar, kassetalar, bunkerlar, strubtsinalar, gazli ballonlar, suyuq moddali idishlar va boshqa turli xil kerakli yaroqlar kiradi.
Qurilish texnologiyalarining texnik vositalari
Qurilish texnologiyalarining texnik vositalari
Transport vositalari - moddiy resurslar va texnik vositalarni faqat bunyod etilayotgan binolar yoniga emas, balki ishlar amalga oshiriladigan hudud (zona)ga ham yetkazib berilishini ta’minlaydi.
5. Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorati. Qurilishda mehnatni muhofaza qilish.
Qurilish mahsuloti sifati – qurilishi tugallangan ob’ektning tejamkorligi va rentabelligiga ta’sir qiluvchi, uning ishonchliligi va chidamliligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Umumlashtirilgan ko‘rinishda ob’ektning sifati loyihaning, qurilish meteriallari va buyumlarining sifati, shuningdek qurilish – montaj ishlarini amalga oshirish sifati bilan belgilanadi.
Qurilish – montaj ishlari sifatining nazoratini amalga oshirish tarkibi va tartibini, yashirin ishlarni rasmiylashtirish, tayyor ob’ektni yakuniy qabul qilish qoidalarini va h. k. larni belgilab beruvchi QMQ (3-qism) bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |