Qurilish jarayonlari texnologiyasi toshkent 2023


Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari


Download 20.22 Kb.
bet7/9
Sana04.04.2023
Hajmi20.22 Kb.
#1328551
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi toshkent 2023-fayllar.org

Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari


  • Sanoatning turli tarmoqlari korxonalari yetkazib beradigan bino va inshootlar konstruktsiyalarining turli xil mahsulotlari, materiallari, elementlari.

Qurilishdagi ishchilarning kasblari va malakalari


  • Ishchilarning kasblari – bu ularning doimiy faoliyati bo‘lib, ular bajaradigan ishlarning (montajchi, betonchi, bo‘yoqchi) turi va xususiyati bilan belgilanadi.

  • Mutaxassislik (ixtisos) – mazkur ish turi bo‘yicha yanada tor ixtisoslik (montajchi – yuqorida ishlovchi, temir beton yoki metall konstruktsiyalar montajchisi). Turli xil qurilish ishlari va jarayonlarini bajarish uchun tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni turli malakaga ega ishchilar kerak.

  • Malaka - ma’lum bir murakkablikdagi ishni bajarish uchun bilim va malakalarning mavjudligi. Malakaning ko‘rsatkichi razryad hisoblanib, u har bir kasbning va razryadning malaka tavsiflariga muvofiq o‘rnatiladi.

Texnik va tarifli normalash


  • Qurilishdagi ishchilarning mehnat unumdoriligi bajarilayotgan ishlarning unumi va mehnat sarfi bilan belgilanadi. Qurilish ishchilarining mehnat unumdorligi birlik vaqt (soat, smena) davomida tayyorlangan mahsulot miqdori (m, m2, m3, dona, tonna) bilan yoki birlik mahsulotni tayyorlash uchun sarflangan ish vaqti mehnat sarfi (odam-soat, odam-smena) bilan aniqlanishi mumkin. Unumdorlik – vaqt birligi (soat, smena va h. k.) ichida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori; Mehnat sarfi unumdoriligni baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Birlik maxsulotga mehnat sarfi qanchalik kam bo‘lsa, mehnat unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Har bir qurilish jarayonining mehnat sarfi miqdori texnik normalash bilan tartibga solinadi.

Texnik normalash - birlik qurilish maxsulotiga ishchi yoki mashina vaqti xarajatlarining va materiallar sarfining texnik jihatdan asoslangan normalarini ishlab chiqish. Bunday normalar qurilish jarayonlarini sinchiklab o‘rganish yo‘li bilan o‘rnatiladi va ishchilar mehnatiga haq to‘lashning asosi hisoblanadi. Bu normalarga ko‘ra qurilish, montaj, ta’mirlash – qurish ishlari uchun umumiy me’yorlar va baholar (UMB) tuziladi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling