Ahamiyatga ko‘ra (bajarishning ustivorligiga ko‘ra):
Bino va inshootlarni barpo etishda shunday ishlar majmui bajariladiki, ularni uch guruhga birlashtirish mumkin:
Umumqurilish ishlari - ularni bajarish usuli yoki qo‘llanilayotgan va ishlov berilayotgan materiallariga ko‘ra yer ishlari, qoziqli ishlari, tosh ishlari, montaj, beton, tom yopmani yopish, pardozlash va boshqa ishlarga bo‘linadi.
Maxsus ishlarga - suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitgich, ventilyatsiya, elektromontaj, texnologik konstruktsiyalarni, liftlarni montaj qilish, rezervuarlarni, sanoat pechlarini va h. k. larni barpo qilish kiradi. Bu ishlar o‘ziga xosdir, shu jumladan har bir qurilish ob’ekti uchun shunga o‘xshash ishlarning o‘z nomenklaturasi mavjud, shuning uchun maxsus ishlarni asosan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bajarishadi, ular qurilishning asosiy ijrochisiga subpudratchi bo‘lib hisoblanadi.
Yordamchi ishlar–qurilishni materiallar, yarimfabrikatlar, detallar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan va transport hamda ortish – tushirish ishlariga ajratiladi.
4. Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari, mehnat resurslari va texnik vositalari.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan yoki karerlardan qazib olinadigan qurilish materiallari;
Qurilish ko‘p miqdordagi moddiy (material) elementlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ular o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari
Zavod sharoitida yoki bevosita qurilish maydonida tayyorlanadigan yarim fabrikatlar - chala tayyor maxsulotlar (beton aralashmasi, qorishmalar);
Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari
Qurilish sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan qurilish konstruktsiyalari, detallar va buyumlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |