Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorati.
Yashirin ishlar – boshqa keyingi ishlarni bajargandan so‘ng ko‘rib baholash uchun mumkin bo‘lmaydigan ishlardir (poydevor uchun asoslarni tayyorlash, devorlarni gidroizolyatsiya qilish, monolit konstruktsiyalar armaturasi, quyiladigan detallar va h. k.). Yashirin ishlar ishlarni boshqaruvchisi-prorab va texnik nazorat vakili imzosi bilan dalolatnomalar ko‘rinishida rassmiylashtiriladi. Murakkab va mas’uliyatli ishlarga dalolatnomalarni rasmiylashtirish uchun maxsus komissiyalar tashkil etiladi.
Qo‘yimlar (ruxsat etiladigan) – detallar, konstruktsiyalar, xonalar va h. k. larning o‘lchamlarida uchrashi mumkin bo‘lgan chetlashishlar. Ular QMQlarda va texnik shartlarda keltirilgan. Ulardan chetga chiqish – brak-yaroqsizlik. Ish boshqaruvchi (prorab)ning va texnik nazorat qiluvchining vazifasi qurilish – montaj ishlarining sifatini kuzatishdir. Texnik nazorat vakili sifatsiz bajarilgan ishlarni qayta bajarishga majbur qilish huquqiga ega.
Tashkiliy – texnik tadbirlar – havfsiz mehnat qilish metodlarini o‘rgatish, havfsiz mexanizmlarni, mehnat qilish vositalarini ishlab chiqish va ular asosida havfsiz qurilish jarayonlarni ishlab chiqish.
Sanitariya – gigienik tadbirlar – qurilish maydonchasida me’yordagi mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan.
Qonunchilik tadbirlari – ishlash va dam olish vaqti rejimini, ayollar va o‘smirlarning mehnat sharoitlarini tartibga soladi, ishchilarni ishga qabul qilish, boshqasiga o‘tkazish va bo‘shatish qoidalarini, ishchilarning o‘zaro va ma’muriyat bilan o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qurilishda mehnat muhofazasi o‘zaro bog‘liq tadbirlari quyidagilardan iborat:
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |