Reja: Shisha klassifikatsiyasi
Deraza oynasi ishlab chiqarish
Download 0.56 Mb.
|
Shisha tuzilishi haqida gipotezalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnika shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi.
Deraza oynasi ishlab chiqarish.
«Xo‘sh shisha hozir qanday usullar bilan ishlab chiqariladi?»-degan savol tug‘ilishi muqarrar. Bu savolga quyida keltirilgan oyna taxta sxemasi qisman bo‘lsa ham javob beradi.
Kvar va oxaktosh singari qattiq xom ashyolar jag‘li maydalagichlarda bo‘lakchalarga ajratilib, temir oksidi kabi rang beruvchi birikmalardan tozalanadi. So‘ngra ular aylanma pech yoki kamerali quritgichlarda quritiladi, konusli bolg‘achali tegirmonda un holatiga keltiriladi. Elangan qumtuproq, ohaktosh va soda tortilib maxsus mashinalarda aralashtiriladi. Manzarali rangli shisha ishlab chiqarishda esa bo‘yoq sifatida mis, xrom, temir, kobalt va boshqa metallarning oksidlaridan foydalaniladi. Shisha zavodidagi maxsus pechlarda 1500oS temperaturagacha pishiriladi. Pishirish jarayonini protokli vanna pechlarda amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda deraza oynalari vertikal yo‘nalishda cho‘ziladigan mashinalarda tayyorlanadi. Bu mashinalarda uzliksiz shisha lentasi qoliplovchi moslamaning tirqishi orqali cho‘ziladi. Shishaning bunday usulda olingan shisha sifatliroq, shaffof, chiziqchasiz bo‘ladi. Mashinalarda oliplangan shisha eritmasi lentasi maxsus rejimda sovitiladi. Bu vaqtda shishaning ichki kuchlanishi sekinlik bilan yuqola boradi. Lenta sovib mashinadan chiqa borishi bilan tegishli o‘lchamlarda list qilib qirqiladi. Qirqim qalinligi 2-6 mm atrofida bo‘lib, o‘lchami 250x250 dan 1600x2200 mm gacha bo‘ladi. Polirovkalangan vitrina shishasi va ko‘zgu olishda kuchlanishdan holi qilingan shisha sayqallash va yaltiratish stanoklariga yo‘naltiriladi. Dekorativ buyumlarga esa mexanik ishlovdan tashqarii, kimyoviy va badiiy ishlov ham beriladi. Natijada mahsulot yarqirab, jilva berib turadigan bo‘ladi. Texnika shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnik shisha turlari juda ko‘p. Uning asosiy mahsulotlari quydagilar. kvars shishasi. optika shishasi nur texnikasi toblangan list shishasi tripleks list shishasi pollirovkalangan (egilgan) shisha kimyoviy laboratoriya shishasi termometrik shisha tibbiy shishalar elektrod shishalar elektr tokini o‘ta o‘tkazuvchan shishalar lyuminissent texnikasida qo‘llanadigan shishalar lazer texnikasi shishalari yo‘l belgilari yasashda ishlatiladigan shishalar-shisha mikrobo‘laklari atom texnikasi shishalari va boshqalar Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling