Reja: Shpaklevka aralashmalari va shpaklevka qavatini o‘rnatish ishlari


-rasm. Dispers qo‘shimchalarning (ohak, giltuproq) qorishma mustahkamligiga ta’sirini ifodalovchi umumiy bog‘lanish


Download 172.5 Kb.
bet5/11
Sana24.12.2022
Hajmi172.5 Kb.
#1052555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-QQT

6.3-rasm. Dispers qo‘shimchalarning (ohak, giltuproq) qorishma mustahkamligiga ta’sirini ifodalovchi umumiy bog‘lanish
Sement : qum (hajm bo‘yicha): 1-1:3; 2-1:4; 3-1:5; 5-1:9.
Normal sharoitda sementli qorishmalar mustahkamligi beton kabi uzoq muddat davomida oshib borishi mumkin.
Sementli qorishmalarning mustahkamligi 7 sut 40-50%, 14sut 60-70%, 28 sut 100%, 90 sut 130% markadagi mustahkamlikka nisbatan oshib borishi mumkin.
Binolarning tashqi devorlariga g‘isht, tosh terishda sement-ohakli va sement-giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. Bino karnizlari, ustunlari, deraza va eshik ustidagi g‘isht va toshlar terishda 100 markadagi qorishma ishlatiladi.
Vibrog‘isht panellari tayyorlashda 75, 100, 150 markadagi sementli va shlakli sement asosidagi qorishmalar qo‘llaniladi.
Engil betondan tayyorlangan panellar choklarini berkitishda 50 markadan kam bo‘lmagan, og‘ir beton panellar uchun esa 100 markadan kam bo‘lmagan sementli montaj qorishmalari ishlatiladi.
Er osti konstruksiyalarini g‘isht va toshdan barpo etishda, beton poydevor bloklarini terishda sement sarfi qumning miqdoriga nisbatan kamida 75-125 kgm3 bo‘lishi kerak.
YUqori namlikdagi gruntlarda va er osti suvlaridan pastda joylashgan bino qismlarida terish ishlarini olib borishda aktiv mineral qo‘shimchali portlandsement yoki shlakli portlandsement (kamida 125 kgm3 qumga nisbatan) asosidagi qurilish qorishmalari ishlatilishi kerak.
Muxit harorati pasaysa qorishmalar mustahkamligining o‘sish sur’ati ham kamayadi. Past haroratda qorishmaning mustahkamligi 28 sutkada markadagiga nisbatan 55-75%ni tashkil etadi. SHlakli va putssolanli sementlar asosida tayyorlangan qorishmalar 100Sdan past haroratda ishlatilsa, mustahkamlikning o‘sishi keskin pasayadi va harorat 00S dan pasaygan qorishmada qotish jarayoni amalda to‘xtaydi.
Qish mavsumida ishlatiladigan qorishmalarning markasi yozdagiga nisbatan bir daraja yuqori olinadi (masalan, 75 o‘rniga 100 marka).

Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling