6.5-rasm. Stansionar qorishma qorgich
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalari quruq qorishmalar markazida suv qo‘shmasdan tayyorlanib, qurilish maydonlarida maxsus qorishma qorgichlar vositasida plastik qorishmaga aylantirilishi mumkin.
Qurilish qorishmalari istemolchiga maxsus uskunalangan avtotsisternalarda, avtosamosvallarda tashiladi.
Quruq qorishmalar maxsus avtopritsep qorishma qorgichlarda tashiladi va qurilish maydonlarida suv bilan aralashtirilib binolarga uzatiladi. Qorishma yuqori qavatlarga maxsus ko‘tarmalar, nasoslar yoki pnevmotransport vositasida etkazib beriladi.
Qurilishga keltirilgan qorishma partiyasi pasportida qorishma partiyasining nomi va nomeri, uning hajmi, tayyorlangan sanasi, markasi, tarkibi, harakatchanligi va suv ushlashlik xususiyati ko‘rsatilishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Qurilish qorishmalari qanday tasniflanadi?
2. An’anaviy va zamonaviy qorishmalarning asosiy xossalarini aytib bering.
3. Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering.
4. G‘isht-tosh terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan an’anaviy qorishmalar haqida nimalarni bilasiz?
5. Suv va namlikka chidamli “Qir” qorishmalari nima?
6. Oddiy va aralash qorishmalarni tushuntirib bering.
7. Maxsus qurilish qorishmalari haqida aytib bering.
8. Qurilish qorishmalarini an’anaviy va zamonaviy tayyorlash texnologiyasi qanday jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
9. Quruq qorishmalar to‘g‘risida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |