5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja
Download 1.06 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalitli so‘zlar
- Qolip ishlarini tashkil qilish, qoliplar turlari, ularga qo‘yiladigan talablar.
5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja Аrmаturа vа qоliplаsh ishlаrini bаjаrish. Ekstrеmаl iqlim shаrоitidа bеtоn ishlаrini bаjаrishni хususiyatlаri. Gidrоmеliоrаsiya qurilishidа yig’mа tеmirbеtоnni qo’llаsh. Kalitli so‘zlar: beton qorgich, beton zavod, avtomatlashgan, davriy va uzluksiz ishlaydigan zavodlar, Ko‘chma beton-qorgich, kolip, armatura Qo‘llaniladigan ta’lim vositalari: matnli, tasvirli, audiovizuval, texnik. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ko‘rgazmali ma’ruza, aqliy hujum, insert jadvali. Adabiyotlar: A5-10, Q11-14, Q19, 20, 22, 24, 28, 29, 30, 31. Qolip ishlarini tashkil qilish, qoliplar turlari, ularga qo‘yiladigan talablar. Qoliplar betonga shakl berish uchun qo‘llaniladi. Qo‘llanilish maqsadiga mos ravishda qoliplarga bir qator talablar quyiladi: mustahkamlik, qattiqlik, o‘lchamlari aniqliligi; konstruksiyasi oddiyligi; engil bo‘lishi va tayyorlash uchun kam mehnat sarflanishi; tanasidan sement sutini o‘tkazmasligi; kulay yig‘ilishi va echilishi. Qoliplar konstruksiyasi murakkabligi, betonlashtiriladigan konstruksiyalar murakkabligi va qurilish bloklari o‘lchamlariga bevosita bog‘liqdir. Qolip ishlari ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan jarayonlardan hisoblanadi va uning narxi suv xo‘jaligi qurilishida beton ishlari umumiy narxining 40% gacha qismini tashkil qilishi mumkin. SHu sababli qolip turini tanlash, unga bog‘liq ishlarning qulay texnologik variantlarini tug‘ri tashkil qilish, katta hajmda beton ishlari bajariladigan inshootlar qurilishida texnik-iqtisodiy jihatdan juda katta ahamiyatga egadir. Tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan materiallarga bog‘liq ravishda qoliplar quyidagi turlarga bo‘linadi: - yog‘och qoliplar, ishchi yuzasi, tayanch karkaslari, chegaralovchi va boshqa elementlari yog‘och materiallaridan (doska, brus va hokozo) yasaladi; - metall qoliplar, ishchi yuzasi silliq, tekis metalldan (metall list), tayanch konstruksiyalari temir burchaklardan, shvelerlardan va balkalardan yasaladi; - yog‘och–metall qoliplar, ishchi yuzasi silliq, tekis yog‘och doskalardan (taxtalardan) yoki faneradan, tayanch qismlari metalldan yasaladi; - beton yoki temir-beton qoliplar, beton yoki temir-betondan yasalgan plitalar yoki bloklar. Qurilish blokining qolip konstruksiyasi bilan chegaralanadigan qismi qoliplanish yuzasi deyiladi. Qoliplanish yuzasining Skol (m2) betonlashtiriladigan blokining umumiy hajmiga Wbl (m3) nisbati qoliplanish yuzasi koeffitsienti deyiladi. Yog‘och materiallardan yasaladigan qoliplarning asosiy kamchiliklaridan biri – bu nam ta’sirida va qurish jarayonida tanasining deformatsiyalanishidir. Natijada mix bog‘lamalari buzilishi doskalar orasida yoriqlar paydo bo‘lishi, ishchi yuza geometrik shaklining o‘zgarishi kabi salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Qoliplar mahkamlanish harakteri va qayta o‘rnatilish usuliga ko‘ra–ko‘p marta ishlatiladigan yig‘ib–echiladigan shit, statsionar qayta ishlatilmaydigan va ko‘chma - harakatlanuvchan bo‘lishi mumkin. Statsionar qayta ishlatilmaydigan qoliplar inshootlarning murakkab konstruksiyalarini betonlashda har bir qurilish bloki uchun alohida tayyorlanadi (ayniksa beton to‘g‘onlar, GESlar qurilishida). Bunday qoliplar echilgandan so‘ng materiallarini boshqa shakl va o‘lchamdagi qoliplar yasash uchun ishlatilishi mumkin. Ko‘p marta ishlatiladigan yig‘ib-echiladigan shit qoliplar har bir davr ish jarayonidan so‘ng, echilib tozalanadi va maxsus ta’mirlashdan o‘tkazilgach navbatdagi betonlashtirish blokiga o‘rnatiladi. Bunday turdagi qoliplarning qurilish jarayonida qayta ishlatilish darajasi, ular tayyorlangan materiallar turi va mustahkamligiga bog‘liqdir. Masalan bu ko‘rsatkich yog‘och materiallaridan yasalgan qoliplarda 30…40 martagacha, metall qoliplarda esa 100…125 martagacha bo‘lishi mumkin. Ko‘chma-harakatlanuvchan (qo‘g‘aluvchan, sirg‘aluvchan) qoliplar ham ko‘p marta ishlatiladigan bo‘lib, ular asosan uzunligi va balandligi bo‘yicha bir xil shaklga ega bo‘lgan konstruksiyalarda qo‘llaniladi (gidrotexnik tunellarni, kanallarni, to‘g‘onlar suv tashlagichlarini betonlashtirishda va hokozo). Statsionar bir marta ishlatiladigan qoliplar boshqa turdagi qoliplarga qaraganda ancha ko‘p mehnat sarfi talab qiladi va narxi ham yuqori bo‘ladi. SHu sababli, ularni faqat geometrik shakli takrorlanmaydigan murakkab konstruksiyalarni betonlashtirishda qo‘llanilishi bilan Suv xo‘jaligi qurilishida beton ishlari jarayonida yig‘ib-echiladigan qoliplar (rasm) keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy Kkol = ; (3.19) Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling