5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja
Qish davrida betonlarga belgilanadigan «chegaraviy (kritik)» mustahkamlik
Download 1.06 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHegaraviy mustahkamlik
Qish davrida betonlarga belgilanadigan «chegaraviy (kritik)» mustahkamlik
Qish davrida betonlashtirish jarayonlaridagi usul va amallarni bir necha guruxga bo‘lish mumkin: beton mustahkamlikka erishishini tezlashtirish bo‘yicha amallar; muzlashga karshi qo‘shimchalar qo‘llash; qorishma tayyorlash jarayonida materiallarni isitish (kizdirish); qurilish blokida yotqizilgan betonni isitish. Betonlashtirishning maxsus usuli asosan beton ishlari hajmi, davomiyligi, shuningdek, beton qorishmasi yotqiziladigan qurilish bloklari, konstruksiyalari o‘lchamlari va shakllariga bog‘liq ravishda tanlanadi. Yirik, qalin qurilish bloklaridagi betonga nisbatan, yopka konstruksiyalardagi betonlar tanasi ancha tez soviydi. Umuman olganda bunday xollarda beton sirti moduli ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiqdir va bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi: M = Fbl / Wbl. ; (m -1) ; Bu erda: Fbl. – betonlashtiriladigan qurilish blokining umumiy yuzasi, m2; Wbl. – betonlashtiriladigan blok hajmi, m3; Agar, M < 3 bo‘lsa, betonlashtiriladigan blok qalin, M = 3…5 bo‘lsa o‘rtacha va M > 5 bo‘lsa yopka konstruksiyalar deb kabo‘l qilinadi. Qalin bloklarni betonlashtirishda beton qorishmasini tayyorlash jarayonida boshlang‘ich materiallarni belgilangan darajada qizdirishning o‘zi etarli bo‘lishi mumkin. O‘rtacha va yupqa konstruksiyalarni betonlashtirishda esa keyingi jarayonlarda ham bir qator tadbirlar o‘tkazilishi zarur bo‘ladi. Suv xo‘jaligida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan, portlansement, shlakoportlandsement, putssolin va tezqotuvchan portlandsementlardan tayyorlanadigan gidrotexnik betonlarni tayyorlashda betonqorgichlardan chiqadigan tayyor qorishmaning harorati 30…+350S dan oshmasligi kerak. Buning uchun qorishmani tayyorlashda qo‘llaniladigan suv harorati +60…+800S atrofida bo‘lishi lozim va betonqorgichga materiallarni yuklash, ularni aralashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab bir vakning uzida belgilangan suv mikdorining yarmi betonqorgichga quyilib, yirik to‘ldiruchilar bilan baraban bir necha marta aylantirilib (bunda suv harorati ancha pasayadi), mayda to‘ldiruvchilar va sement qo‘shiladi. Tayyorlangan qorishmaning harorati yuqorida keltirilgan mikdorda (+30…+350S) chegaralanishi bir qator zaruriyatlar bilan bog‘liqdir. YA’ni, yuqori harorat sement kotish jarayonini keskin tezlashtirishi, qorishmaning quyuqlashishi, uning tanasidan issiqlik chiqishining tezlashishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qish davrida beton qorishmasini tayyorlash jarayonida muzlashga qarshi maxsus kimyoviy qo‘shimchalar qo‘llanilsa, keyingi jarayonlarda betonni isitish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha tadbirlarni o‘tkazmaslik imkoniyatlari tug‘ilishi mumkin. Bunday qo‘shimchalar sifatida turli xil tuzlar ishlatilishi mumkin va asosiy talab – ular beton va metall konstruksiyalari sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasliklari kerak. Qurilish amaliyotida asosan quyidagi qo‘shimchalar qo‘llaniladi: nitrat–kalsiy–Ca (NO3)2; nitrat–nitrat kalsiy–Ca (NO2)2 + Ca (NO3)2; natriy xlor–NaCl; kalsiy xlor–CaCl; portash–K2SO3; nitrit natriy–NaNO2 va boshqalar. Qo‘llaniladigan qo‘shimcha turi va miqdori, tashqi muhit sharoiti, quriladigan konstruksiya turi va boshqa bir qator omillarni inobatga olgan holda maxsus qurilish laboratoriyasida aniqlanadi. Xlor tuzli qo‘shimchalar metall konstruksiyalarining karroziyaga uchrashini kuchaytiradi va shuning uchun ularni armaturasiz bloklarni betonlashtirishda qo‘llanilishi tavsiya qilinadi. Qolgan turdagi qo‘shimchalar metall konstruksiyali bloklarni betonlashtirishda qo‘llanilishi mumkin, faqat ularning mikdori maxsus me’yoriy xujjatlarda (KMvaK) belgilangan darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak. Beton qorishmasiga qo‘shiladigan kimyoviy qo‘shimchalar mikdori sement massasiga nisbatan quyidagicha chegaralanadi: xlorli tuzlar 7,5%, nitrit natriy–10% va portash–15% gacha. Kimyoviy qo‘shimchalar dastlab +60…+800S haroratdagi suvda eritiladi va beton qorishmasi tarkibiga qo‘shiladi. YUza moduli M 3 bo‘lganda, ya’ni nisbatan qalin qurilish bloklarida yotqizilgan betonning ichki issiqlik zahirasi ancha vaqtgacha saqlanishi mumkin va shu issiqlik holatini beton «chegaraviy» mustahkamlikka erishguncha saqlashga karatilgan talbirlar «termos» uslibi deb ataladi. Bunday uslubda beton qorishmasining dastlabki harorati (tb.d.) muxim rol uynaydi va u quyidagi empirik formula yordamida aniqlanishi mumkin: tb.d = 100 + tt.x / (3…4) ; 0S; ( 7,43 ) Bu erda: tt.x. – tashki muxitning manfiy harorati (formulaga «minus» ishorasiz qo‘yiladi). Beton qorishmasi o‘rtacha harorati (tb) bir qator issiqlik yo‘qolishlarini inobatga olgan xolda quyidagicha belgilanishi mumkin: tb = tb.d + tar + ttr; 0S ; ( 7.40 ) Bu erda: tar – beton qorgichda qorishmani aralashtirish jarayonida yo‘qoladigan issiklik mikdori (3…40). 17.2 - jadval Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling