5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja


Suv ostida betonlashtirish ishlari


Download 1.06 Mb.
bet6/12
Sana19.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1361878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-ma\'ruza

Suv ostida betonlashtirish ishlari
Suv ostida betonlashtirish deganda, qo‘shimcha ravishda suv chiqarish ishlarini bajarmasdan turib, suv ostida beton qorishmasini yotqizish jarayoni kuzda tutiladi. Betonlashtirishning bunday usuli asosan ko‘priklar tayanchlarining suv osti qismini, fundamentlarini, elektr tarmoklari tayanchlarini qurishda, shuningdek gidrotexnika inshootlarining suv ostidagi qismlarini ta’mirlashda va avariya holatlarini bartaraf qilishda qo‘llaniladi.
YUqori markali sementlarning nam sharoitlarda ham faol ravishda gidrotatsiya jarayoniga moyilliklari, suv ostida beton qorishmasini yotqizish va uni qotirish imkoniyatini yaratadi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, suv ostida betonlashtirish ishlari o‘ta murakkab, qimmat va yakuniy yuqori sifatga kafolat bermaydigan texnologik jarayonlardan hisoblanadi. SHu sababli, bunday usul juda ham kam holatlarda, ya’ni betonlashtirishning boshqa usullari amalda qo‘llanilish imkoniyatlari yo‘q bo‘lgan sharoitlarda qo‘llaniladi.
Suv osti beton qorishmasini yotqizishdagi yuzaga keladigan asosiy qiyinchiliklar – bu qorishmaning tarkibidagi sementning yuvilishi, zichlash sharoitining yomonligi va suv ta’sirida qorishmaning yoyilib ketishi kabi salbiy okibatlardir.
Bunday usulda beton ishlarini bajarishda muhim texnologik talablardan biri yangi yotqizilgan beton qorishmasining dastlabki daqiqalarida suv bilan muloqada bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir. Buning uchun, beton qorishmasini suv ostiga yotqizilish joyiga uzatishning turli xil usullari ishlab chiqilgan. (17.1 - rasm).
Nisbatan ko‘prok qo‘llaniladigan usul – bu quvurni vertikal ko‘chirish usulidir. Ushbu usulda qorishma diametri 20…40 sm quvurlar orqali 50 m chuqurlikkacha uzatiladi. ( 17.1, a – rasm )
Qorishma o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida yoki betonnasoslar yordamida haydaladi. Betonlashtiriladigan blok pastki qismi beton qorishmasiga to‘lib borishi bilan quvur ham shunga mos ravishda yuqoriga ko‘tarilib boriladi. Quvurlarni ko‘tarib-tushirish uchun kranlar yoki lebedkalardan foydalaniladi. Quvurning yuqori qismiga voronkalar o‘rnatiladi, tubi esa suv kirishi oldini olish uchun temir qopkoq bilan jihozlangan bo‘ladi. Bosim ostida uzatilgan beton qorishmasi ta’sirida kopkok ochilib quvurdan qorishma chiqadi va quvurda qorishma uzatilishi tuxtatilgandan so‘ng gidrostatik bosim ostida kopkok yopiladi.
Bitta quvurning ta’sir doirasi radiusi 6 m gacha bo‘lishi mumkin. SHuning uchun suv ostida betonlashtiriladigan zonaning o‘lchamiga bog‘liq ravishda quvurlar soni kabo‘l qilinadi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling