5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja
Armatura ishlarining texnologik tizimlari va jarayonlarining tarkibi
Download 1.06 Mb.
|
5-ma\'ruza
Armatura ishlarining texnologik tizimlari va jarayonlarining tarkibi
Temir beton konstruksiyalarida armatura quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: – ishchi armaturalar – konstruksiyalarga ta’sir qiluvchi barcha kuchlarni (egiluvchi, chuziluvchi kuchlar) o‘ziga oluvchi; – tarqatuvchi armaturalar – konstruksiyaga ta’sir qiluvchi kuchlarni ishchi armaturalarga teng tarqatuvchi; – montaj armaturalari – alohida armatura konstruksiyalari va setkalarini yig‘ish va ularni tayyorlash, tashish va yig‘ish jarayonlarida konstruksiyalarining o‘zgarmasligini ta’minlovchi; – xomutlar – ko‘ndalang ta’sir qiluvchi kuchlarga mo‘ljallangan bo‘lib, betonning qiyshiq yo‘nalishlar oqibatida buzilishi oldini oladi. Temir beton konstruksiyalarining ishchi armaturalar bilan tuyinish darajasi – armaturalanish koeffitsienti () bilan xarakterlanib, u ishchi armaturalar ko‘ndalang kesimi yuzasining butun konstruksiya kesimi yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi: ; (3.22) Suv xo‘jaligi ob’ektlari konstruksiyalarida armaturalash koeffitsienti () 0,1 % dan 0,5 % gacha bo‘lishi ko‘p holatlarda qayd qilinadi. Ba’zi sharoitlarda katta kuchlar ta’sirida uzoq muddatlarda ekspluatatsiya qilinadigan konstruksiyalarda = 1% gacha ham etishi mumkin. Beton konstruksiyasini armaturalashda asosan ko‘ndalang qirqimi aylana shaklidagi po‘lat armaturalar yoki simlar keng qo‘llaniladi. Ba’zi sharoitlarda metall konstruksiyalari sifatida po‘lat burchaklar, shvellerlar, qo‘shtavrlar ham qo‘llanilishi mumkin. Suv xo‘jaligi qurilishida «A» sinfiga kiruvchi maxsus ishlov berilgan po‘latlar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ular tashqi ko‘rinish shakli bo‘yicha silliq, diametrlari 6…40 mm va davriy profilli, diametrlari 6…90 mm bo‘lib, ularning kuch ta’sirida uzilishga bo‘lgan qarshiligi 380…600 Mpa tashkil etadi. Og‘irligi bo‘yicha olib qaralganda, meliorativ inshootlarda 1 m3 beton tarkibiga 40 kg dan 100 kg gacha armatura sarflanadi. Faqat betonni armaturalash uchun qo‘llaniladigan konstruksiyalar – erkin armatura konstruksiyalari deyiladi. Agar armatura konstruksiyalari qo‘shimcha ravishda qoliplarni, ulama konstruksiyalarni va boshqa turdagi ta’sir kuchlarni ushlashga ham mo‘ljallangan bo‘lsa, ular tayanch armatura konstruksiyalari deyiladi. Erkin armatura konstruksiyalariga montaj jarayonida 10-20% qo‘shimcha ravishda metall sarflanishi mumkin, (konstruksiya og‘irligiga nisbatan) tayanch armatura konstruksiyalari uchun esa bu ko‘rsatkich 80% gacha etishi mumkin. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling