5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja


-rasm.Armatura konstruksiyalari


Download 1.06 Mb.
bet4/12
Sana19.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1361878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-ma\'ruza

16.2-rasm.Armatura konstruksiyalari
a – panjara; b – armaturali karkas; v – armaturadan yasalgan ferma.

Qurilish maydoniga keltirilgan armaturalar maxsus omborlarda o‘lchamlari bo‘yicha (diametr va uzunligi bo‘yicha) alohida qilib joylashtiriladi. Keyinchalik armatura sexlari yoki ustaxonalarida ular quyidagi jarayonlar bo‘yicha qayta ishlanadi: armatura sterjenlarini to‘g‘rilash, tozalash; o‘lchash, qirqish va bukish (qayirish); barcha elementlarni bir joyga keltirish va konstruksiyani yig‘ish.


Tayyorlangan armatura elementlaridan (to‘r, balkalar, kolonnalar) konstruksiyalar maxsus qurilmalar bilan jihozlangan devorlarda yig‘iladi. Elementlarni o‘zaro birlashtirish diametri 2 mm gacha bo‘lgan metall simlar bilan bog‘lash yoki payvandlash usuli bilan bajariladi.
Armatura ishlari hajmi va bajarilish muddatiga bog‘liq ravishda metall konstruksiyalarini tayyorlash korxonasi (ustaxonasi) quvvati belgilanadi. Agar, metall konstruksiyalari asosan beton ishlari uchun mo‘ljallanganligini inobatga olinsa, armatura konstruksiyalarini tayyorlash korxonasining bir ish smenasidagi ishlab–chiqarish unumdorligini, beton ishlari bir oylik jadalligiga bog‘liq ravishda quyidagicha aniqlash mumkin:
Par = (qap  Woy  Knot) / (tkun  S), t/sm; ( 3.23 )
bu erda: qar–1 m3 betonga sarflanadigan armatura po‘latning o‘rtacha
miqdori (0,04…0,1 t/m3);
Woy – beton ishlarining hisobiy bir oylik jadalligi, m3/oy;
Knot – beton ishlari borishi notekisligini hisobga oluvchi
koeffitsient (Knot = 1,2…1,4);
tkunbir oydagi ish kunlari, kun;
S – bir sutkadagi ish smenalari soni.
Armatura ishlari bajarilish jadalligiini inobatga olgan holda, quyidagi turli korxonalar qabul qilinishi mumkin: armatura ustaxonalari (saroy yoki maydonchalar), kichik hajmdagi armatura ishlari uchun; armatura sexlari, bir smenadagi ishlab chiqarish quvvati 30 t gacha bo‘lishi mumkin; bir ish smenasida 30, 100, 200 t va undan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan armatura zavodlari (asosan yirik gidrotexnika inshootlari qurilishida tashkil qilinadi).
Armatura konstruksiyalarni tayyorlash, tashish, montaj qilish jarayonlari, belgilangan texnologik talablarga to‘la ravishda rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak. Konstruksiyalar o‘lchamlari aniq bo‘lishi, ularning qurilish jarayonida o‘zgarishiga yo‘l quymaslik, payvandlash ishlari, yuqori darajada puxta bajarilishi va hokozolar inshoot yoki uning konstruksiyasini yakuniy loyihaviy mustahkamligi va ishonchligini ta’minlaydigan asosiy omillardan hisoblanadi




  1. Download 1.06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling