5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja


Muzlashga karshi qo‘shimchalar va manfiy haroratlarda beton erishadigan muljaliy mustahkamlilik


Download 1.06 Mb.
bet9/12
Sana19.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1361878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-ma\'ruza

Muzlashga karshi qo‘shimchalar va manfiy haroratlarda beton erishadigan muljaliy mustahkamlilik

K u r s a t k i ch l a r

X a r o r a t, t 0 , c


0…-5

-6…-10

-11…-15

16…-20

-21…-25

Sement massasiga nisbatan qo‘shimchalar mikdori %
erishiladigan mustax-kamlik, %:
7 sut.
14 sut.
28 sut.
90 sut.

3…6
30…40
50…65
70…80
90…100

6…9,5
25…30
35…50
45…70
70…90

7…14
15…25
25…40
35…65
50…80

8…13
10…25
15…35
20…55
40…70

10…15
20 gacha
30 gacha
50 gacha 60 gacha

 ttr – beton qorishmasini tashish jarayonida yo‘qoladigan issiklik mikdori (tashish masofasi, transport turi, tashki havo harorati kabi omillarga bog‘liq)
Tashki muhit havo haroratiga (tt.x) bog‘liq ravishda  ttr miqdori taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: tt.x = +5…-50S -  ttr = 30S;
tt.x = -5…-150S -  ttr = +7…+80S; tt.x = -15…-200S -  ttr = +10…+120S;
tt.x = -20…-250S -  ttr = +150S.
17.3 - jadval
Portlandsementning 100S haroratda kotish jarayonida nisbiy issiklik ajralishining o‘rtacha mikdori

Sement markasi

Kotish davomiyligi, sutka

3

7

28

300

126

188

272

400

146

209

293

500

167

251

314

600

167

372

377

800

174

397

419

YUqorida qayd qilinganidek, yuqori sifatli beton olish uchun, uni tayyorlash jarayonidagi qorishmaning maksimal harorati 35…450S oshmasligi shart. SHu sababli, qorishma tayyorlash jarayonida yirik va mayda to‘ldiruvchilar kizdirilishi +60…+900S dan, suv 900S gacha va sement markasiga bog‘liq ravishda  40…500S dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Yirik va mayda to‘ldiruvchilar omborlardagi bunkerlarda, shtabellarda ochiq yoki yopiq sharoitlarda, issiq bug‘lar yordamida qizdiriladi.
Ochiq uslubda materiallar qizdirilganda bunkerlar va shtabellar pastki qismiga maxsus bug yuboruvchi kovurlar ulanadi va ular orkali bosim ostida bug xaydaladi. Bu uslub ancha tez bajarilishi mumkin, ammo kamchilik tomoni shundagi, juda ko‘p mikdorda bug sarflanadi va qo‘shimcha ravishda bug kondensatini chiqarish uchun tadbirlar o‘tkazilishi talab qilinadi. SHuningdek, bu uslubda materiallar notekis ravishda namlanishi yuzaga keladi va kodoxlash jarayonida ushbu holat inobatga olinishi kerak.
Ikkinchi uslubda, ya’ni yopiq bug‘ o‘tkazish tizimi bilan materiallar qizdirilsa, bu jarayon nisbatan uzoq davom etishi mumkin va bunda yuqorida qayd qilingan kamchiliklar kuzatilmaydi. Ammo, bu uslub xam ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan va qimmat tadbirlardan hisoblanadi.
Agar, beton qorishmasini tashish masofasi uzoq bo‘lsa, bu davr ichida xam beton harorati keskin pasayib ketishi mumkin va uni yotqizish jarayonida yana qo‘shimcha ravishda qizdirish zaruriyati tug‘uladi. Betonni tashish jarayonida ma’lum darajada uning haroratini ushlash uchun qorishma usti yopilib, sovuk shamol va yog‘ingarchiliklardan himoyalanishi ham mumkin. Ba’zi holatlarda, texnika xavfsizligi to‘la ta’minlangan sharoitlarda, transport vositasining o‘zida, maxsus maydonchalarda beton qorishmasini elektr energiyasi yordamida qizdiriladi. Bunda 1 m3 qorishmani. +10S kizdirish uchun taxminan 0,9 kVt. soat energiya sarflanadi.
Agar beton qorishmasining boshlangich issiqlik zahirasi (tb), betonning kerakli «chegaraviy» mustahkamlikka erishishi uchun etarli bo‘lmasligi aniqlansa, qo‘shimcha ravishda qorishma qurilish bloklarida qizdirilishi elektr energiyasi, bug yoki issik havo yordamida amalga oshirilishi kuzda tutiladi. Bunday maqsadda elektr energiyasi qo‘llanilsa, beton tanasida turli xildagi elektrodlar o‘rnatilishi va ular orkali tok o‘tkazish tashkil qilinadi. Metall konstruksiyasiz bloklarda diametri 6…8 mm, uzunligi 3 m gacha bo‘lgan elektrodlar, beton yuzasidan 3…5 sm beton tanasida joylashtiriladi va izolyasiya qilinadi.
Elektr energiyasi yordamida kizdirish asosan 60…90 V kuchlanishda amalga oshiriladi. Agar bloklarda armatura konstruksiyalari umuman bo‘lmasa elektr tarmogidagi 127 va 220 V kuchlanishdan foydalanishga ruhsat etiladi. O‘rnatiladigan elektrodlar orasidagi masofa, aynan foydalaniyotgan kuchlanish miqdoriga bog‘liq ravishda belgilanadi.
17.4 -jadval
Betonni elektr energiyasida kizdirilishi bo‘yicha kursatmalar

Ruxsat etiladigan masofalar, sm

Elektr tarmogidagi kuchlanish, V

51

65

87

106

127

220

Elektrodlar orasidagi masofa, sm

20

25

30

40

50

70

Armaturagacha bo‘lgan minimal masofa, sm

5

7

10

15

-

50

Beton tanasidan tok o‘tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:


Q = 3,6 P  t = 3,6 , kJ; ( 7.45 )
Bu erda: P – sarflanadigan quvvat, Vt;
T – tok o‘tkazish davomiyligi, soat;
V – elektr tarmogidagi kuchlanish, V;
R – solishtirma qarshilik, uning mikdori beton qorishmasi minerologik tarkibi, qovushqoqligi va qo‘llanilgan qo‘shimchalar turiga bog‘liq bo‘lib (4…250 m/m), beton qotishi ortib borishi bilan u kamayadi.
Beton sifatining yomonlashishiga yo‘l quymaslik uchun elektr energiyasi bilan kizdirish rejimiga kat’iy rioya qilish lozim, ya’ni harorat ko‘tarilish tezligi soatiga  6…+80S dan, sovush tezligida soatiga +5…+100S dan oshmasligi, shuningdek tashqi elektrodlar bilan qizdirilganda harorat +400dan va ichki elektrodlar bilan qizdirilganda +50…+700Sdan yuqori bo‘lmasligi kerak. Betonni ushbu uslubda qizdirish uchun katta miqdorda elektr energiyasi talab qilinadi. SHuning uchun, bunday tadbirlarni qurilish maydoniga statsionar elektrostansiyalar eki elektr uzatish tarmoklari yaqin bo‘lgan sharoitlarda qo‘llash maqsadga muvofik hisoblanadi. Masalan, tashqi havo harorati –200S bo‘lsa va betonni  500S gacha qizdirish talab qilinsa, beton sirti moduliga bog‘liq ravishda elektr energiyasi sarfi quyidagicha bo‘ladi: M = 6–80 kVt.soat;
M = 10–118 kVt. soat; M = 15–163 kVt.soat.
YUqorida keltirilgan tadbirlardan tashqari betonni kotish jarayonida muzlashdan ximoyalash uchun, maxsus qizdiriladigan qoliplar xam qo‘llanilishi mumkin. Bunday qoliplarda xam kizdirish elektr energiyasi yodamida bajarilib, uni amalga oshirish koidalari yuqorida aytilganlarga mos keladi.
Maxalliy sharoitlarda (oddiy holatlarda), beton ishlari hajmi katta bo‘lmaganda, beton sirtini (yuzasini) yog‘och kipiklari eki issiklikni ushlovchi materiallar bilan koplash xam kul kelishi mumkin.
Umuman olganda, kish davrida beton ishlarini bajarishda, betonlashtirilgan qurilish bloklarining harorati 00S da tushib ketmasligiga va shu bilan birga uning me’yoridan ortik kizidirilib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bloklardagi beton harorati maxsus texnik harorat o‘lchagichlarda (termometrlarda), beton tanasida qilingan va doimo kopkok bilan berkitilib qo‘yiladigan maxsus quduqchalarda o‘lchanib turiladi. O‘lchashlar va nazorat qilib turish tartibi konkret sharoitga karab belgilanadi.
Kish davrida beton ishlarini bajrishdagi barcha jarayonlar, uzining murakkabligi, ko‘p mehnat sarfi talab qilishi va yuqori narxliligi bilan harakterlanadi. SHu sababli, qurilish jarayonida kuzda tutilgan beton ishlarining asosiy qismini ilik iklim mavsumlarida bajarish rejalashtirilsa maqsadga muvofik bo‘ladi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling