Reja: Shudring haqida tushuncha Qirov haqida tushuncha Bulduruq haqida tushuncha


Download 0.51 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1317442
Bog'liq
Fizika mustaqil ish 4


Shudring, qirov, bulduruq, yaxmalak, to`g`risida tushunchalar
Reja:
1.Shudring haqida tushuncha
2.Qirov haqida tushuncha
3.Bulduruq haqida tushuncha
4.Yaxmalak haqida tushuncha
Muz kristall qattiq holatdagi suvdir. Tarkibidagi havo miqdoriga qarab qarab shaffof yoki oqish-koʻkish boʻlishi mumkin. Normal atmosfera bosimida suyuq suv muz fazasiga 0 °C (273.15 °K, 32 °F) haroratda oʻtadi. Baʼzan suv gaz holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri muzga aylanishi mumkin (qirov).
Muz — qattiq holatdagi suv. Muz asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmdagisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida Muz dan iborat. Erish temperaturasi — 0°. Muzning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm³, yaʼni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda choʻkmaydi. Muzning molekulyar tuzilishi boʻshliqlarni vujudga keltiradi va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi Muzning erish issikligi 79,4 kal/g , sublimatsiya issikligi (qattiq holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri bugʻga aylanishi) 677 kal/g , issiklik sigʻimi 0,487 kal/g . Toza Muz elektr oʻtkazmaydi. Muz plastik massa, temperatura pasaygan sari pla-stikligi kamayadi. Yuqori bosim taʼsirida (2000 atm dan boshlab) Muzning yangi krisgalli xillari vujudga keladi. Tabiatdagi Muz suvga nisbatan ancha toza boʻladi, chunki Muzda moddalar (1MN4Gʻdan tashqari) juda yomon eriydi. Muz tarkibida mexanik aralashmalar — qattiq zarralar, konsentratsiyalashgan eritmalarning tomchilari, gaz pu-fakchalari boʻlishi mumkin.
Qirov — ayozli, havo ochiq va sokin (shamolsiz) tunlarda tuproq, oʻt va yerdagi narsalar ustida hosil boʻladigan muz kristallari. Qirov zarralari qor uchqunlariga oʻxshaydi, lekin ulardan farqli ravishda jimjimador boʻlmaydi. Qirov ham shudring singari, havoning sovishi, maʼlum yuza ustida suv bugʻining toʻyinishi va 0° dan past temperaturada qotishi oqibatida paydo boʻladi. Koʻpincha, kunduzi e rib ketadi.
Shudring, shabnam — kechqurun, kechasi va saharda yuz beradigan yerdagi nurlanish hisobiga havoning sovishi va suv bugʻining kondensatlanishi tufayli yer sirtida, turli narsalar va oʻsimlik yaproklari ustida hosil boʻladigan mayda suv tomchilari. Havo temperaturasi muayyan nuqta (shudring nuqtasi)ga tushganda hosil boʻladi. Havo ochiq va kuchsiz shamolli tunlarda Shudring koʻproq paydo boʻladi. Shudringlar bir kechada oʻrtacha 0,1—0,3 mm, moʻʼtadil kengliklarda esa 1—0,5 mm qalinlikda tushadi. shahrining yillik miqdori oʻrtacha 10–30 mm ni tashkil qiladi. Ertalab quyosh nurlari tushgach (yoki havo temperaturasi shudring nuqtasidan oshgach), Shudring bugʻlanib ketadi.



Bulduruqlar (Pteroclididae) — kaptarsimonlar turkumi oilasi. Bulduruq asl bulduruq va suv bulduruqlari urugʻlariga boʻlinadi. Asl bulduruqning 14 turi, suv bulduruqlarining esa oq bovur (Pterocles alchata) vaqora bovur (P. orientalis) degan 2 turi bor.
Bulduruq Afrikaning shimoliy qismida, Ispaniya va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda dasht va choʻllardagi suvga yaqin yerlarda yashaydi. Qishlash uchun sentabr va oktabrda Pokiston, Eron, Afgʻoniston hamda janubiy Turkmanistonga uchib ketib, erta bahor (mart)da yana uchib keladi. Oq bovur tanasining uz. 35—37 sm, qora bovurniki 33—35 sm. Ikkala turning hayot kechirish tarzi oʻxshaydi. Bulduruq urchish davrida (mart) juft hosil qiladi. Koʻpincha 3 ta, baʼzan 2 ta tuxum qoʻyadi. Uyasi shuvoq kabi oʻsimliklar ostida soya joylarda yasalgan kichikroq chuqurchadan iborat. Tuxumini bir oycha bosadi. Tuxum bosish va joʻja boqishda nari ham qatnashadi. Olabula pati jujalarining dushmanlardan saqlanishiga yordam beradi. Joʻjalari iyunda uchirma boʻladi. Avgust oxirlarida bulduruqning uchib ketayotgan galalarini uchratish mumkin.
Bulduruq oʻsimliklarning donlari, bahorda esa kurtak va yosh novdalari bilan oziqlanadi. Kuniga ikki mahal (choshgoh va peshinda) gala boʻlib, suv ichishga boradi. Jigʻildonida suv olib kelib joʻjalariga ichiradi.
Bulduruq azaldan ovlanadi. Goʻshti mazali. Koʻplab ovlanishi natijasida juda kamayib ketgan. Oq bovur Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Yaxmalak — konki va chanada uchish uchun moʻljallangan usti tekis muz maydon. Sport yaxmalagi va ommaviy uchish yaxmalagi mavjud. Sport yaxmalagida konkida yugurish va chana sporti, konkida figurali uchish, xokkey boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari va musobaqalari oʻtkaziladi. Ommaviy Yaxmalak faol dam olish joyi hisoblanadi. Tayyorlash usuli boʻyicha tabiiy (qishda tabiiy xrvuzlarda tashkil qilinadi), suv quyilib tayyorlanadigan (sport maydonlari, stadion va shahrik.da) va sunʼiy (maxsus sovituvchi qurilma yordamida tashkil qilinadi) Yaxmalaklar mavjud.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling