Reja: Sifat menejmenti tizimini va uni sertifikatlashtirishni takomilllashtirish


Download 41.99 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi41.99 Kb.
#1827900
  1   2   3   4
Bog'liq
Mahmudov ser-sh asoslari


Mavzu: Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish asoslari

Reja:



  1. Sifat menejmenti tizimini va uni sertifikatlashtirishni takomilllashtirish

  2. Sifat menejmenti tizimini sertifikatlash: asosi va maqsadi

  3. ISO 9001 standarti talabi asosida sifat menejmenti tizimi va tamoyillari.


Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirishning ayrim o’ziga xos xususiyatlari mavjud, chunki u o’ziga ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishini ham qamrab oladi. Bu esa ko’pchilik mahhaliy korxonalarning o’ziga xos shart-sharoitlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi, ya’ni ularda menejment tizimlari mavjud emas, ammo ular ishlab chiqarishni baholash jarayoni bilan tanishlar, chunki bir vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarining attestatsiyalash ham mumkin. Bu esa menejment tizimlari orqali ishlab chiqarish hamda korxonaning boshqaruv tizimini muqobillashtiradi. Shuning uchun menejment tizimi o’zining afzalliklari bilan ham ahamiyatlidir.
Korxonalarda ISO xalqaro standartlari talablari asosida sifat menejment tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish va ularni sertifikatlashtirish hamda kelgusida sifat menejmenti tizimlarini natijaviyligi va samaradorlinigi tahlil qilish orqali korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholash qulay afzalliklarni yuzaga keltiradi. Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish fani korxona va tashkilotlarda sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etilgan sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish, audit o‘tkazish, audit turlari, o‘tkaziladigan va o‘tkazilgan ichki audit natijalarini tahlil qilish natijalari asosida sifat menejementi tizimi muvofiqligini baholash va tasdiqlash tartiblari, ishlab chiqarish rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlar natijalari va sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro, hududiy muammolaming mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligiga ta’siri masalalarini qamrab oladi. Xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish sharoitini boshqarish fanining maqsadi - talabalarda sifat menejmenti tizimini rivojlanish istiqbollari, sertifikatlashtirish tarixi va uning hozirgi davrdagi ahamiyati, respublikamizda sifat menejmenti tizimini korxonalarda joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korxonalarda ishlab chiqilib va joriy qilinadigan menejment tizimlari, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish asoslari va ulami muayyan sharoitlarga mos holda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari xususiyatiga xos sertifikatlashtirish tartiblarini tanlash bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Belgilangan maqsaddan kelib chiqib, fanning vazifasi - talabalarga sifat menejmenti tizimlarini korxonalarda ishlab chiqish va joriy etishi hamda sertifkatlashtirish, tartib-qoidalari, sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishning huquqiy, me’yoriy va tashkiliy asoslari, sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish idoralari, ulaming faoliyati, sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirishda xalqaro standartlar, sertifikatlashtirilgan sifat menejmenti tizimlari faoliyati ustidan inspeksion nazorat o'tkazish va ma’lum shart-sharoitlar uchun sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish dasturlarini ishlab chiqishni o'rgatishdan iborat. Mahsulotlami ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash, mahsulot sifatini ta’minlashda sifat menejmenti tizimini joriy etib uni sertifikatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlami eksport salohiyatini oshirish va korxona raqobatbardoshligi ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarishda sifat tizimini joriy qilish va uni sertifikatlashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish, ishlab chiqarish texnologik jarayonlari uchun sarflanadigan xarajatlami kamaytirish sifatli boshqarishning dolzarb masalalari bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotlaming sifatiga e’tibor berish eramizdan awalgi 2150-yillardan beri boshlab qayd qilingan. Bu davrda savdo-sotiq aloqalari ma’lum hududlar chegarasidan chiqib, xalqaro miqyosda rivojlana boshlagan edi. O‘troqchilik paydo bo'lishi bilan hamma uchun majburiy qoidalar ishlab chiqila boshladi, misol uchun Hindistonda “Xammurapi” kodeksi amalga kiritilgan. Bobilning miloddan awalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlari majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan awalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari. Uning 229-moddasida qurilgan binolar buzilsa va bundan odamlar yarador bo‘lsa yoki buyumlarga zarar yetkazilsa, qumvchi jarimalarga tortilishi, biron odam o‘lganida esa qatl qilinishi belgilangan. Bunga o‘xshash qoidalar Finikiyaliklarda ham qo‘llanilgan: auditor (nazoratchi)ning sifat nazoratida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun qo‘li kesilgan. Qadimgi Turkiyada podshoh Boyazid II Ixtisabining «Bursa» qonunlarida sifatsiz tovarlar bo‘yicha jazolar belgilagan. Xitoy imperatorlari, ishlab chiqaruvchi shaxsi va tovarning keyingi harakati hamda qayerga ishlatilishi to‘g‘risida iz qoldirilishini ta’minlash maqsadida, ishlab chiqaruvchilardan o‘z mahsulotlariga muhr bosishlarini talab qilganlar. Agar tovar belgilangan talablarga javob bermasa, ishlab chiqaruvchi va sotuvchiga iqtisodiy jazo qo‘llanilgan. Bu o‘ziga xos standartlashtirishning ilk yorqin namunasidir. 1 Shu bilan birga ta’kidlash joizki, mahsulotlaming sifatiga bo‘lgan talablar faqat mahalliy aholi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarga emas, balki hamma uchun birdek amal qilardi. Yillar, asrlar o‘tib insoniyat taraqqiy etishi bilan uning ehtiyojlari ortishi talablar o‘zgarishiga olib kelgan. Sifat masalalariga haqiqiy e’tibor XIX asrdan shakllana boshladi. Bu davrdan boshlab ishlab chiqaruvehilar o‘z tovarlariga tovar belgisi qo'ya boshlashgan. Sifat tushunchasi biron bir hujjatga bitilganidan va qo‘llanila boshlanganidan so‘nggina standartlar kelib chiqa boshlagan. Mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qancha tashabbuslar tovar ishlab chiqarish va savdo-sotiq rivojlanishi bilan olg‘a surilgan va hayotga tadbiq etila boshlagan. Biz ulardan biri - "sifat to‘garaklari"ni ko‘rib chiqamiz. Sifat to‘garaklari ishchilar, muhandislar va xizmatchilardan tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yig‘ilmalaridir. Ulaming soni va tarkibi ishlab chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqqan. Sifat to‘garaklari korxona xodimlari tomonidan o‘zlarining maqsadlari va vazifalarini aniq bilishga sharoit yaratadi, xodimlami mahsulotning sifatini yuqori darajada ta’minlashga safarbar qiladi.1 Sifat to‘garaklarining asosiy maqsadi sifatni yaxshilashning tub mohiyatini har bir xodimga yetkazish, texnologik jarayonlami takomillashtirish, mehnatni va ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan takliflami joriy qilishdan iborat. To‘garaklarda sifat nazorati sohasida ishlaydigan xodimlaming malakasini oshirish, sifat nazorati usullarini targ'ibot qilish, har bir bo‘linma sex miqyosida sifat nazoratini takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishonchli va chidamliligini oshirish, yuqori sifatli buyumlami ishlab chiqarishni ko‘paytirish, kamchiliklami va reklamatsiyalami bartaraf etish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish sur’atini ko‘tarish, resurslami tejamkorlik bilan sarflash kabi masalalar asosiy maqsad qilib belgilandi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari o‘z mahsulotlarining sifatini oshirish uchun ma’lum tadbirlar, tajribalarga suyanib yutuqlarga erishgan. Yaponiyada 60-yillaming boshida sifat to‘garaklariga alohida e’tibor berila boshlangan. Aholisi zich, o‘zining yer osti boyliklariga ega emas, sanoati asosan tashqaridan keltiriladigan xom ashyoga ixtisoslashgan, hududining 70 foizi tog‘liklardan tashkil topgan bu davlat II-Jahon urushidan keyin o'zining ichki resurslami jalb qilishga majbur bo‘ldi.
Sifat menejmenti tizimi (SMT) – bu korxona mutlaq ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatida yakuniy maqsad bo‘lgan sifatni mo‘ljallab boshqarishdir. SMT – bu boshqaruv tizimi bo‘lib, u sifat sohasida siyosatni va maqsadlarni doimiy shakllantirish va bu maqsadlarga erishish uchun yaratiladi.
Samarali va natijaviy SMT asosiy elementlari:

•Sifat sohasida siyosat va maqsad;

•Resurslar mavjudligi (ishchilar, moddiy, moliyaviy va axborot ta’minoti)

•Maqsadga erishishning bayon etilgan algoritmi (jarayonlar, bosqichlar va hujjatlar)

•Tashkiliy tuzilma.

ISO 9001 Sifat menejmenti tizimi dunyodagi eng mashhur sifat menejmenti tizimi standarti bo‘lib, dunyo bo‘ylab 180 mamlakatlaridagi milliondan ortiq tashkilotlarni sertifikatlashtirgan. 9001 standarti Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan e’lon qilingan 9000 seriyali standartlardan muvofiqlikni baholash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona standartdir.


ISO 9001 Sifat menejmenti tizimi – bu dunyo miqyosida qabul qilingan sifat menejmenti tizimi bo‘lib, mijozlar talablari, ehtiyojlari va tartibga soluvchi talablarini qondirish orqali mijozlar ehtiyojini oshirishni nazarda tutadi.
ISO 9001 standarti asosan boshqarish mexanizmidir.
Ushbu standartning maqsadi – xatolar va nuqsonlarni kamaytirish, yo‘q qilish va oldini olishdan iboratdir. Standart mahsulot va xizmatlarning sifati bilan emas, balki boshqaruv tizimining sifatiga bevosita bog‘liqdir.
ISO 9001 standarti murakkab bo‘lmagan umumiy talablarni o‘z ichiga oladi. U katta yoki kichik miqyosidan qat’i nazar, har qanday sektorga qo‘llanilishi mumkin.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shundan iboratki, agar samarali sifat menejmenti tizimi yaratilsa va joriy etilsa, mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun sifatli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqariladi.
Xorijiy tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ISO 9001:2015 davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan eng mashhur standart hisoblanadi.
U 1984 yilda ishlab chiqilgan va to‘rt marta qayta ko‘rib chiqilgan (1994, 2000, 2008 va 2015 yy.), xalqaro standartning eng so‘nggi versiyasi sifatida tan olingan va davlat organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ish oqimini boshqarishning baholash mezoni hisoblanadi.
AQSHda sifat menejmenti tizimini joriy qilinishi davlat xizmatchilari sonining 250 mingtagacha optimallashtirishga imkon berdi. Ularda aksariyat munitsipalitetlarda sifat menejmenti tizimi qabul qilingan va sertifikatlangan.
Kanadada birinchilardan bo‘lib, sifat menejmenti tizimini joriy qilgan idora Kvebek okrugi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanadi.
Birlashgan Arab Amirligi ham o‘zining davlat boshqaruvida sifat menejmenti tizimini bir necha o‘n yillardan buyon samarali joriy qilib kelayotgan davlatlardan hisoblanadi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, sifat menejmenti tizimini joriy etish mamlakatimizda 2004 yildan hozirga qadar faqatgina tadbirkorlik sektorida amalga oshirila boshlangan va bir qator normativ-huquqiy ho‘jjatlar qabul qilingan.
O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatining sifatini xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlar darajasida yaxshilash jarayoni hozirgi vaqtda o‘rganish va tajriba-sinov amaliyotida amalga oshirilmoqda. Standartni joriy etish hozircha sanoqli tashkilotlarda ya’ni manzilli tarzda amalga oshirilgan va hozircha faqat ikkita davlat organida (Toshkent shahar turizmni rivojlantirish Departamenti va Yakkasaroy tumani hokimiyati) amalga oshirilmoqda, ulardan biri mahalliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Shu bilan birga, bugungi kunda ushbu sifat menejmenti tizimini davlat organlarida qo‘llashda ayrim muammolar mavjud. Bular bir tomondan dastlabki baholash xarajatlari, malakali va professional kadrlarni tayyorlash, sertifikatsiyalash, tajribali tashqi konsultant xizmatidan foydalanish kabi moliyaviy mablag‘lar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, ikkinchi tomondan tizimni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatni yaratish va qabul qilish bilan bog‘liq masalalarga bo‘linadi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida sifat menejmenti tizimini joriy qilish davlat organlari boshqaruvida ishni tashkil qilishning zamonaviy usullaridan biri sifatida ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, tizimni joriy etishga oid alohida normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan.
Davlat organlarida sifat menejmenti tizimini joriy etish va sertifikatlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
- davlat xizmatchilarining ish sifatini oshirish;
- aholi va tadbirkorlarning davlat va kommunal xizmatlar sifatidan qoniqish darajasini oshirish;
- ma’muriy islohot choralarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
Dunyoning turli mamlakatlarida biznes, munitsipal va davlat boshqaruv organlarida, birinchi navbatda, sifat menejmenti tizimlari, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy javobgarlik, atrof-muhitni boshqarish va axborot xavfsizligi talablarini belgilaydigan standartlarga ustunlik beriladi.
Sifat menejmenti tizimini amalga oshirish iqtisodiyot uchun ham foydali hisoblanadi. Buning sababi shundaki, hozirgi vaqtda iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini boshqarish davlat ulushi mavjud bo‘lgan ko‘rinishda, ya’ni xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holatda sifat menejmenti tizimini qo‘llash davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda sifat menejmenti tizimini milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqish va dastlabki bosqichda
o‘z faoliyatining sifatini yaxshilashga ko‘proq muhtoj bo‘lgan davlat organlarida uni joriy etish jarayonini boshlash bugungi kunning dolzarb mavzularidan hisoblanadi va bu o‘zining samarasini beradi.


Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling