Mavzu: Olimning ijtimoiy masʼuliyati Ilmiy tadqiqotda erkinlik va ijtimoiy nazorat. Neytralizm va ijtimoiy masʼuliyat


Download 0.67 Mb.
Sana08.01.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1084325
Bog'liq
Olimning ijtimoiy mas.docx


Mavzu:Olimning ijtimoiy masʼuliyati
1. Ilmiy tadqiqotda erkinlik va ijtimoiy nazorat.
2. Neytralizm va ijtimoiy masʼuliyat.
3. Ilmiy va intellektual elita.
4. Hozirgi zamon olimining portreti.
“Masʼuliyat” tushunchasi arab tilidan tarjima qilinganda “javobgarlik”, “hisob bermoqlik” maʼnolarini anglatib, biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun javoblarlikni anglatadi. Oʼzbek tilida “masʼuliyat” tushunchasining muqobili sifatida “javobgarlik” tushunchasi bevosita qoʼllaniladi. Masalan, davlat javobgarligi, huquqiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik va hokazo...
Olimlar intuitsiyaga tayanar yekan, bu bilan ular oʼzining oqilonalik chegarasidan chetga chiqishga intilishini yeʼlon qiladi. Ratsionalizm obʼektni va dunyoning butun rang-barangligini konsepsiya chegarasiga soʼzlar va tushunchalar tarzida sigʼdirishga harakat qiladi. Ratsionalizm olimni maʼlum narsalar va hodisalar bilan bogʼlaydi va uni nomaʼlumni maʼlumga aylantirishga yo‘naltirib, oʼzi maʼlum koordinatalar tizimida qolishni maʼqul koʼradi. Butun fan binosining poydevorini tashkil yetuvchi ilmiy tushuntirish mexanizmining mohiyati shundan iborat.
Maʼlum yutuqlarga yerishgan olimlar oʼz mavqeini saqlab qolishga harakat qiladilar. Binobarin, ular oʼzlari fanga qoʼshgan hissaga muvofiq boʼlgan mavjud tasavvurlar tez almashishidan manfaatdor yemaslar. Shu sababli olim mehnati Tabiatning Buyuk kitobi sahifalarida oʼz izini qoldirish umidi bilan bogʼliq. F.Frank olimlarni hamma narsani soddalashtirishda koʼp ayblashlarini qayd yetadi. Bu toʼgʼri: soddalashtirishsiz fan mavjud boʼlishi mumkin yemas. Olimning ishi oddiy taʼriflarni topishdan iborat.
Hozirgi zamon olimining portretini Maks Veber taklif qilgan chizgilar bilan toʼldirish mumkin. U olimning burchi oʼzini, oʼz tafakkurining inersiyasini tinimsiz yengishdan iborat, deb hisoblaydi. O‘ozirgi davr olimi – bu avvalo professional va mutaxassis. Kunlarning birida oʼzining butun taqdiri qoʼlyozmaning mazkur joyidagi mana shu taxminlarni u toʼgʼri yoki notoʼgʼri ilgari surayotganiga bogʼliq yekanligi haqida oʼylashga qodir boʼlmagan odam fan bilan shugʼullanmasligi kerak.
Olim ilmiy faoliyatga oʼzining butun vujudi bilan berilishga qodir boʼlishi lozim. «Ehtiros yeng muhim omil – ilhomning dastlabki shartidir. Birgina moʼljal bilan hech narsaga yerishib boʼlmaydi. Аlbatta, moʼljal ham dastlabki shartlardan biri hisoblanadi. Јoʼqqisdan paydo boʼlgan faraz mehnat oʼrnini bosmaydi. Boshqa tomondan, mehnat bunday farazning oʼrnini bosishga yoki majburiy keltirib chiqarishga qodir yemas. Ehtiros ham bunga ojiz. Koʼrsatilgan ikki omil va faqat birgalikda farazning yuzaga kelishiga sabab boʼladi. Biroq faraz u bizga kerak boʼlgan paytda yemas, oʼzi maʼqul koʼrgan paytda paydo boʼladi. Ilmiy xodim har qanday ilmiy ishning yo‘ldoshi boʼlgan tavakkalchilikni ham boʼyniga olishi kerak. Ilm jabhasida faqat bir ishga xizmat qiluvchi odamgina shaxs hisoblanadi»
HOZIRGI ZАMON OLIMI PORTRETI
1.Olimning vazifasi haqiqatni hamma narsadan ustun qoʼyadi va targʼib qiladi.
2. Olim konformiz yoʼlini rad etadi, dunyoning oʼtinchini eshitmaydi.
3. Uning tafakkurida aql va anti aql, maʼno va maʼnosizlik, moʼljal va tasodif, ong va ongsizlik, insonparvarlik va antigumanizm yaxlit holda mujassamlashadi.
4. Bilim-hayotning oliy neʼmati, u hamma qarashlardan ustun degan fikrda boʼladi.
5. Jonli mavjudot tugʼilishi bilan anglash qobiliyatiga ega boʼladi va oʼlgandan keyin ayriladi, biroq anglash inson bosib oʼtgan hayot yoʼli, olam qonuniyatlarini tushunib yetishga intilish demakdir.
6. Kurash bahs va ilmiy bahslar orqali olib boriladi.
7. Muvaffaqiyatsizliklap olimni tanlagan yoʼlidan, niyatidan qaytara olmaydi.
8. Haqiqiy olim bilimlarni insoniyat ravnaqi uchun foydali ishga yoʼnaltiradi.
9. Olimlar intuitsiya (sinchiklab qarash), oqilonalik, ratsionalizmna tayanadi.
10. Olimning hayoti professionallashuv va ixtisoslashuvi uning qadriyatlariga taʼsir koʼrsatadi.
11. Olim oʼzi erishgan yutuq va natijalari bilan hamkasblarini tanishtirishi lozim, u ilmiy qarashlarini himoya qilishda intellektual anʼanaga berilmasligi kerak.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling