Reja: Sifatni boshqarish mexanizmi


Download 241.5 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi241.5 Kb.
#1786071
Bog'liq
sifat referat




Mavzu: Sifatni boshqarishning uslubiy asoslari.
Reja:
1.Sifatni boshqarish mexanizmi.
2.Mahsulot sifatini boshqarish.
3.Sifatni boshqarishning uslubiy asoslari.

Milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida, ishlab chiqarish tarmoqlari va xududlarda, kichik va yirik korxonalarda mahsulot sifatini doimiy yaxshilab borishning yuqori sur’atlarini ta’minlashni tashkillashtirish uchun, uning talablarga javob beradigan loyaqatli boshqarish mexanizmi sxemasini tuzishning asosiy g‘oyasi mavjud bo‘lishi talab etiladi.


Mahsulot sifatini boshqarish mexanizmi. Mahsulot sifatini ta’minlash va oshirish masalalaridagi tashkiliy ishlarga, boshqaruvning umumiy nazariyalarini tadbiq etish yuzasidan tavsiya etilgan xulosalardan so‘ng, javob topilishi zarur bo‘lgan ko‘plab murakkab savollar paydo bo‘ldi. Masalan: Sifatni boshqarish jarayonining boshqarish mexanizmi va uning prinsipial sxemasining ifodalanishi qanday bo‘ladi?
Ishlab chiqarish jarayonida, mahsulot sifatining ta’minlanishiga va uning oshishiga ta’sir etuvchi barcha kuchlarni guruxlash imkoniyati mavjudligi, bunday maxsus guruxlarning tarkibiga sifatni boshqarish mexanizmiga ta’sir etuvchi omillarni kiritish mumkinmi?
Mahsulot ishlab chiqarishning quyi bo‘g‘inlarida taklif etilayotgan sifatni boshqarish mexanizmining sxemasiga, korxona yuqori bo‘g‘inlari rahbariyatining aralashishi huquqi va imtiyozlari mavjudmi?
Bunday murakkab savollarga aniq mos keluvchi javoblarning topilishi jumboq bo‘lib, ular boshqaruvning turli bo‘g‘inlarida, ishlab chiqarish va mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari va tanlashlari asosida jarayonlarning mohiyatini ifodalashi zarur.
Bunday sharoitda muammoni hal etishning ko‘plab variantlari taklif etilishi mumkin. Korxonani boshqarishning har bir bo‘g‘ini yoki ishlab chiqarish bosqichlarida, boshqarish xususiyatlari va tavsiflari mavjudligini hisobga oladigan bo‘lsak, ularning asosida qandaydir umum e’tirof etilgan, universal sxema bo‘lishini tan olishimiz kerak.
Boshqaruv nazariyasining umum e’tirof etilgan mexanizmi sxemasi 1-rasmda tasvirlangan. Boshqarish umumiy nazariyasining sifatni boshqarishni tashkillashtirishga qaratilgan ishlarini, nazariya asosiy tamoyillarining birlamchi shartlarini imkoniyat darajasida ko‘rib chiqish mumkin.

Boshqarish va solishtirish tizimi



Obyekt holatining parametrlari dasturlari

Boshqaruv subyekti



Obyekt parametrlari haqiqiy qiymati to’g’risida axborot


1- rasm. Boshqarish mexanizmining umum qabul qilingan sxemasi.


Bu yerda: - to‘g‘ri aloqa; --- aks aloqa.


Mahsulot ishlab chiqarish g‘oyasining paydo bo‘lishi bilanoq, uning sifat parametrlari ishchi chizmalarda, texnikaviy hujjatlarda, shartnoma majburiyatlari bandlarida, loyiha konstruktorlik rejalarida, korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari rejalarida, ishlab chiqarish dasturlarining tarkibiy qismlarida ko‘rsatkichlarning aniq parametrlari va qiymatlari aks ettiriladi. Shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tavsiflari bayonida, sifatni nazorat qilish kartalarida, texnologik karta va reglamentlarda, mahsulotni loyihalash yoki modernizatsiyalashga doir texnik topshiriqlarda, mahsulot ishlab chiqarishga texnik reglamentlarda va standartlarda aks ettiriladi va qat’iy amal qilish talab etiladi.
Bunday sharoitda, ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifatini boshqarish mexanizmini qanday tasavvur qilish mumkin?
Mahsulot sifatini boshqarish mehanizmining prinsipial sxemasi VNIIS (sobiq, butunittifoq standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti) tomonidan 1960-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqildi va “standarti i kachestvo” jurnalida chop etildi (2-rasmga qarang). U oltita blokdan tashkil topgan bo‘lib, har bir blok sifatni boshqarish sohasida belgilangan maxsus vazifalarni bajaradi.
Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasi (2-rasm) ning, boshqarish mexanizmining umum qabul qilingan sxemasi (1-rasmga qarang) bilan o‘xshashligini aniqlash mumkin. Sifatni boshqarishning prinsipial sxemasini ishlab chiqishda, mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi kuchlar yig‘indisini ikki guruxga: mahsulot sifatini ta’minlash sharoitlariga va sifatiga ta’sir etuvchi omillarga ajratilgan.

Solishtirish va qaror qabul qilish bloki

Ta’sirlar kuchi bloki






Sifatga ta’sir etuvhi omillar









Haqiqatdagi sifat


2-rasm. Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasi.


Bu yerda: - to‘g‘ri aloqa; --- aks aloqa.

Mahsulot tarkibida mavjud birlamchi xomashyo va materiallar xossalarining o‘zgarishi, bevosita yuqoridagi omillar ta’sirida yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayonidagi bunday sharoitlar, mahsulot uchun zarur bo‘lgan sifat xossalarini shakllantirishga o‘zining nojo‘ya ta’sirini o‘tkazadi.


Bunday omillar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • asosiy ishlab chiqarish fondlari (stanoklar, mashina-mexanizmlar, ishlab chiqarish qurilmalari, mehnat vositalari va h.k.);

  • ishchilarning ruxiy va fiziologik imkoniyatlari (ishchilarning sog‘ligi va psixologik holati, malakaviy ko‘nikmalari, bilim darajasi, kasbiy mahorati);

  • xomashyo va materiallarning xossalari, mehnat predmetlari va h.k.

Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasi markazidagi doira ichida sifatni ta’minlash sharoitlariga ta’sir etuvchi, ko‘p miqdorli omillar keltirilgan, ular tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ishlab chiqarish jarayonlarining texnik tavsifi (tezligi, davriyligi, davomiyligi va h.k.);

  • ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan klimatik omillar (bino ichidagi harorat, namlik va atrof muhitning boshqa parametrlari);

  • ishlab chiqarishda ergonomik omillar (interyer, dizayn va h.k.);

  • ishchi xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish (manfaatdorlik omili) tavsifi;

  • ichki muhit omili (ishlab chiqarish jamoasidagi ma’naviy-psixologik muhit va h.k.);

  • ish o‘rinlarining ta’minlanishi darajasi, axborot va ma’lumotlar yetkazish xizmatlarining samaradorligi;

  • tashqi muhit omillari (ishchilarning ijtimoiy va moddiy hayot tarzi, oilaviy kechinmalari va h.k.).

Mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar va sharoitlarga bo‘lish nima uchun kerak? Bu mahsulot sifatini oshirish uchun nima beradi?
Mahsulot sifatini boshqarishni tashkil etishda, sifatga ta’sir etuvchi turli omillar va sharoitlarni birlamchi guruhlarga ajratish, ishlab chiqarish jarayonidagi vaziyatlarni boshqarishda muhim o‘rin egallaydi. Omillar va sharoitlarning birlamchi sinflanishi mahsulot, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini, servis va utilizatsiyaning xossalariga tayangan holda chuqurroq differensiatsiyalash imkonini beradi.
Sifatni boshqarishdagi bunday guruhlash va yondoshuv, mahsulot sifatini ta’minlash borasida aniq maqsadlar va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini berib, tashkiliy ishlarning aniqligini ta’minlab, sifatning belgilangan parametrlaridan og‘ishidagi sabablarni aniqlashga va bartaraf etishga yordam beradi.
Prinsipial sxemaning solishtirish va qaror qabul qilish bloki, aniqlangan sifat og‘ishlarini ta’sir etish kuchi yordamida tartibga soladi. Tartibga solish jarayonida ta’sir etuvchi omillardan yoki sharoitlardan, shuningdek, ulardan birgalikda va boshqalardan foydalanadi. Sifat og‘ishlarini bartaraf etishning u yoki bu imkoniyat variantlarining samaradorligini, sifatdan og‘ish kattaligi va uning tavsifidan kelib chiqib, ko‘rilgan ta’sir choralari va ularning birikmalariga bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasiga muvofiq, ishlab chiqarish jarayonida sifat nazorati ustida barcha xodimlar (ishchilar, ustalar, muxandislar, nazoratchilar) doimiy kuzatuv olib borishadi.
Korxona xodimlari sifatni boshqarish bloklarining subyektlari sifatida ishtirok etib, sifat bo‘yicha reja chizmalarida, nazorat va texnologik operatsion kartalarda keltirilgan sifat parametrlarini, haqiqatdagi olingan qiymati bilan solishtirib, sifat og‘ishlarini qoidalarda keltirilganidek bartaraf etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ishchining kasbiy bilimi va tajribasiga tayangan holda, sifatni boshqarish mexanizmini bevosita ishchining qo‘liga topshirilgan. Chunki, ishchi ishlab chiqarish jarayonini doimiy kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lib, nosozliklarni mustaqil bartaraf eta oladi. Korxonaning keng miqyosli sifatni boshqarish bo‘yicha ko‘p darajali ishlari kesimida, sifatni boshqarish mexanizmining prinsipial sxemasida barcha qiyinchiliklar, birinchi zvenoning rolida aks ettirilib, sxemada birinchi bo‘lib keltirilgan.
Korxonaning boshqaruv tizimida sifat bo‘yicha reja aniq ifodalangan va tushunarli bayon etilgan bo‘lsa, sifatni boshqarish mexanizmining prinsipial sxemasi shundagina faoliyatini to‘liq amalga oshirishi mumkin. Mahsulot sifatini boshqarish to‘g‘risida gap borar ekan, mohiyati bo‘yicha belgilangan doirada o‘rnatilgan sifat darajasini ta’minlash bo‘yicha jarayonlar ham boshqarishga muhtojligini unutmaslik zarur.
Bozorda tovarning hayotiy sikli fazalarining o‘zgarishiga muvofiq, sifat bo‘yicha rejani yangitdan shakllantirish zaruriyati paydo bo‘lib, sifat parametrlari bo‘yicha ko‘rsatmalar shaklidagi topshiriqlarning berilishida, yangi ehtiyojlarni hisobga olib o‘zgartirish kiritish mumkin. O‘zgartirish kiritish masalasini korxona, firma va ularning tadbirkorlik faoliyati rahbarlari hal qiladi. Bunday holatda, sifatni boshqarish mexanizmining sxemasi murakkablashib, 2.3-rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. sifatni boshqarishning differensial rejasi, boshqarishning prinsipial rejasidan “sifat bo‘yicha reja” bloki va uning tarkibini shakllantiruvchi, yangi bloklarning hosil bo‘lishi bilan farq qiladi.

9. Sifatdan og’ish sabablarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish

10. Sifatni qo’llab-quvvatlash yoki uni oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish



8.Solishtirish







И









6. Tayorlangan mahsulot hajmi.





1. Ishlab chiqarish va xususiy is’temolchilar sohalari






3-rasm. Sifatni boshqarishning differensial sxemasi.1

Mahsulot sifatini boshqarish ishlarini tashkillashtirish shakllari, yirik korxonalar yoki bo‘linmalar doirasida turli xil darajalarda va ishlab chiqarish uchastkalarida, sifatni boshqarishning prinsipial sxemasi bir vaqtning o‘zida, bir-biridan izolyatsiyalanmagan va ularning o‘zaro aloqadorligi ta’minlangan. Ishlab chiqarish amaliyotida bunday ishlarning uzluksiz tashkil etilganligi, sifatni boshqarish mexanizmining prinsipial sxemasi elementlarining differensiallanish va integratsiyani tashkil etish mumkinligini ko‘rsatdi. Differensiallanish va integratsiya jarayonida, prinsipial sxema elementlari va bloklari o‘zining shakli va qo‘llanilishini saqlab qoladi. Biroq, keng miqyosli ishlab chiqarish jarayonining talablari prinsipial sxema tuzilmasini, ishlab chiqarish bosqichlarining vazifalari va funksiyalariga hamda mahsulot tavsifiga muvofiq, ular integratsiyalanadi yoki differensatsiyalanadi. Shu bilan birga, boshqarish mexanizmining dastlabki prinsipial sxemasi saqlanib qoladi. Biroq, mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshirilishi, mexanizmning quyi darajasini keyingi mexanizmga moslashtirib, yanada mukammal darajada quriladi.


Boshqarishning barcha darajalari uchun sifatni boshqarish mexanizmi ish o‘rnidan tortib to boshqarishgacha, sxema integratsiyalanish qonuniyatiga asoslanib quriladi.
Sifatni boshqarish mexanizmining integratsiyalanganlik darajasi miqdori, sifatni boshqarish darajasi miqdoriga teng bo‘ladi. Biz mantiqiy jihatdan, ikkita juda muhim hisoblanuvchi metodologik qoidalarning o‘zaro bog‘liq munosabatlari tushunchasiga ega bo‘ldik:

  • omillarni guruhlarga birlashtirish bilan, bir turdagi harakatlarning ishtirokini, sifatni oshirish bo‘yicha ishlarga yo‘naltirildi;

  • turli darajalarda differensiyalangan omillar guruhi, mahsulot sifatini boshqarish mexanizmi shaklida joylashtirilgan.

Sifat bilan bog‘liq bu ikki qoida, sifatni boshqarish jarayonida barcha harakatlarni o‘zgartira olishini namoyon etadi. Sifatni boshqarish modellarini ishlab chiqishda, ilmiy prinsiplar, qarashlarga asoslanib bloklardan tashkil topgan, modellashtirish imkoniyatini keltirib chiqaradi.
Sifatni boshqarish mexanizmi, korxonaning xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatining haqiqiy sharoitlarida ikkita ishchi rejimda ishlaydi:
strategik - korxonaning uzoq muddatli rivojlanish istiqbollarini belgilab olish bilan bog‘liq boshqarish mexanizmi bo‘lib, yangi ehtiyojlar va bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olib, yangi mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish bo‘yicha imkoniyatlarni topish va rejalarni shakllantirish mexanizmidir;
operativ – korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qabul qilingan sifat rejasiga muvofiq, sifatni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqarish mexanizmi.
Korxonaning amaldagi haqqoniy sifatni boshqarish tizimi, xalqaro yoki mahalliy standartlar asosida tashkil etilganligiga qaramay qisman, yaxlit yoki batafsil strukturalangan 2.2 va 2.3-rasmlarda keltirilgan sxemalarga mos ishlashi va ko‘rinishi ta’minlanishi zarur.
Bizning nazarimizda mukammalroq sxema 2.3-rasmda keltirilganligini hisobga olib, uning tarkibini tashkil etgan alohida bloklarning vazifalarini bayon etamiz.
1-blok. “Ishlab chiqarish va xususiy iste’mollar sohasi” – deb nomlanuvchi blokda mahsulotning yaratilish maqsadi va iste’molchilarning kimligi, qanday ehtiyojlarni qondirishi va h.k. bayon etiladi. Ushbu blok, ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarishda muhim o‘rinni egallaydi va ehtiyojni qondirish xossasiga ega bo‘lgan mahsulot chiqarishga barcha resurslarni yo‘naltiradi. Iste’molchilar sotib olgan mahsulotning sifati haqiqiy ehtiyojlarga muvofiqligini o‘rganadi.
2-blok. Bozordagi yangi ehtiyojlar hajmi va uning tavsiflarini o‘rganish bloki, bozorda yuzaga kelgan yangi ehtiyojlarni o‘rganish natijasida, talab va taklif qonuniga muvofiq yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan ehtiyojni qondirishga harakat qilish, shunga asosan sifatni boshqarish mexanizmining keyingi zvenosini harakatga keltirish uchun turtki beruvchi yangi to‘g‘ri aloqani shakllantirish zarur bo‘ladi. Shakllantirilgan birinchi to‘g‘ri aloqadan keyin, yangi ehtiyojlarning yuzaga kelishi natijalarining psixologik, xo‘jalik yoki ishlab chiqarish muhiti, imkoniyatlari aniqlashtiriladi. Shuningdek, ehtiyojlarning vaqt davomidagi rivojlanish qonuni harakatini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilinib, ehtiyojlarning taqsimlanishi va hajmi dinamikasi aniqlanadi.

1


Download 241.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling