semestr ma'ruza mavzu: Nasos stantsiyalari va ularning inshootlari haqida umumiy tushunchalar Reja


Download 74 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi74 Kb.
#1728749
Bog'liq
1 - Ma\'ruza - Nasos - 5 - semestr


5-semestr
1 - MA'RUZA


MAVZU: Nasos stantsiyalari va ularning inshootlari
haqida umumiy tushunchalar


Reja:
1. Nasos stansiyalarining vazifalari. Ularning jihozlariga va
inshootlariga qo'yiladigan talablar
2. Nasos stantsiyalarining prinsipial sxemalari
3. Suv ta'minoti va oqova suv nasos stansiyalari
4. Nasos stantsiyalarining turlari


Tayanch iboralar: Nasos stantsiyasi, jihozlar, inshoot, prinsipial sxema, oqova, ichimlik suvi, so'ruvchi va bosimli quvurlar.

Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarining nasos stansiyalari iste'molchilar zaruriyatini hisobga olgan holda suv uzatishni yoki oqova suvlari haydashni ta'minlaydigan, murakkab inshootlar kompleksi va qurilmalardan iboratdir.


Inshootlar tarkibi, ular tuzilishining o'ziga xosliklari, asosiy va yordamchi jihozlarning turi va soni nasos stansiyasining vazifalari, unga qo'yilgan texnologik talablar, suv resurslardan oqilona foydalanish va atrofdagi tabiatni muhofaza qilishdan kelib chiqgan holda aniqlanadi.
Suv ta'minotining umumiy sxemasida joylashishi va o'zining vazifalariga ko'ra nasos stansiyalari 1-ko'taruv, 2-ko'taruv, bosimni ko'tarib beruvchi va Sirkulyasiya stansiyalariga bo'Unadi.
I ko'taruv nasos stansiyalari suv ta'minoti manbaidan suvni olib tozalash inshootiga, agar suvni tozalashga extiyoj bo'lmasa, bevosita sig'imlarga, taqsimlovchi tarmoqlarga, bosim suv minorasiga yoki suv ta'minotining boshqa inshootlariga uzatib beradi. Suv sifatiga turli talablar qo'yadigan jarayonlarga ega sanoat korxonalarida bir nasos stansiyasining o'zida suvni ham tozalash inshootlariga, ham tozalamasdan bevosita korxonalarga uzatadigan nasoslar o'rnatilishi mumkin.
II ko'taruv nasos stansiyalari iste'molchilarga toza suv sig'imidan suv etkazib berish uchun xizmat qiladi. Ba'zi hollarda qurilish va foydalanish sarf-harajatlami kamaytirish uchun 1 va 2-ko'taruv nasoslari bitta stansiyada joylashtirilgan bo'lishi mumkin. Bu stansiyalardan foydalanish qurilish harajatlarini kamaytiradi, lekin suv manbai turilari, tozalash inshootlarining mavjudUgi va turi, joylashgan maydonning tekis-notekisugi va hokazolar bilan bog'liqhklar tufayli har doim ham ma'qul bo'lavermaydi.
Bosimni ko'tarib beruvchi nasos stansiyalari (dam berish stansiyalari) suv o'tkazgich tarmoqlari yoki suv o'tkazgichlardagi bosimni ko'tarib berish uchun xizmat qiladi. Bu holatda suv bir tarmoq (suv o'tkazgich uchastkasi) dan olinib, kuchaytirilgan bosim ostida boshqa tarmoqqa (shahar, tuman, ishlab chiqarish korxonasining alohida sexlari) yoki uzun suv o'tkazgichning davomidagi uchaslkalariga yuboriladi.
Sirkulyasiya nasos stansiyalari sanoat korxonalari va issiqlik elektr stansiyalaridagi texnik aylanma suv ta'minoti sxemaiariga tegishlidir. Bu stansiyalarda bir guruh nasoslar korxonada ishlatilgan suvni sovutish yoki tozalash qurilmalariga uzatadilar, boshqa nasoslar esa qayla tayyorlangan suvni ishlab chiqarish qurilmalariga yuboradilar.
Kanalizatsiya sxemalarida nasos stansiyalarining vazifasi oqova suvlari tozalash inshootlarga ko'tarib berishdan iboratdir. Bunday holat asosan mahalliy relef suvlari o'zi oqishiga imkon bo'lmaganda bo'ladi. Bundan tashqari, kanalizatsiya nasos stansiyalari o'zi oqar kollektomi juda ham chuqurlasnib ketishini oldini olish uchun o'rnatiladi. Bunday hollarda chuqur kollektorlardagi oqova suvlar, yuqoriroqda joylashgan boshqa kollektorga uzatiladi.
Kanalizatsiyaning umumiy sxemasida joylashishi bo'yicha nasos stansiyalari bosh va tuman stansiyalariga bo'linadi. Bosh nasos stansiyalari oqova suvlarini aholi punktining yoki sanoat korxonasining butun territoriyasi bo'yicha haydash uchun xizmat qiladi, tuman stansiyalari esa ularning faqat bir qismidan, tuman nasos stansiyalari suvni yo bevosita tozalash inshootiga, yoki yaqin joylashgan kollektorga haydaydi.
Nasos stansiyalarni qurishda inshootlar o'lchami va tarkibi, binodagi xonalar, asosiy va yordamchi uskunalar, vaqtinchalik quriMsh xonalar soni va boshqalami me'yoriy hujjatlarda belgilangan me'yoriardan oshirish mumkin emas.
Hulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, inshoot va uskunalar tarkibi, suvni yetkazib berish va oqova tizimi tuzilishi kelajakda ham foydalanish qonun-qoidalari va talablariga javob berish kerak.
Qisqacha xulosalar:

  1. Suyuqliklarni xaydash uchun mo'ljallangan gidravlik mashinalar nasoslar deyiladi.

  2. Ishlash prinsipi bo'yicha nasoslar ikki turga bo'linadi: dinamik nasoslar va xajmiy nasoslar.

  3. Suv ta'minotining umumiy sxemasida joyla shishi va o'zining vazifalariga ko'ra nasos stansiyalari I-ko`tarish, II-ko`tarish, siquvni ko'tarib beruvchi va sirkulyatsiyalarga bo'linadi.



Nazorat savollari:
1. Nasoslar deganda nimalarni tushunasiz?
2. Nasoslarning asosiy ko'rsatkichlari nechta?
3. Nasos ko'rsatkichlari nimani ifodalaydi?
4. Dinamik va xajmiy nasoslarning farqi qanaqa?


© Qutlimurodov U.M.-2023
Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling