Reja: Sifatni boshqarish mexanizmi
Download 241.5 Kb.
|
sifat referat
Mavzu: Sifatni boshqarishning uslubiy asoslari. Reja: 1.Sifatni boshqarish mexanizmi. 2.Mahsulot sifatini boshqarish. 3.Sifatni boshqarishning uslubiy asoslari. Milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida, ishlab chiqarish tarmoqlari va xududlarda, kichik va yirik korxonalarda mahsulot sifatini doimiy yaxshilab borishning yuqori suratlarini taminlashni tashkillashtirish uchun, uning talablarga javob beradigan loyaqatli boshqarish mexanizmi sxemasini tuzishning asosiy goyasi mavjud bolishi talab etiladi. Mahsulot sifatini boshqarish mexanizmi. Mahsulot sifatini taminlash va oshirish masalalaridagi tashkiliy ishlarga, boshqaruvning umumiy nazariyalarini tadbiq etish yuzasidan tavsiya etilgan xulosalardan song, javob topilishi zarur bolgan koplab murakkab savollar paydo boldi. Masalan: Sifatni boshqarish jarayonining boshqarish mexanizmi va uning prinsipial sxemasining ifodalanishi qanday boladi? Ishlab chiqarish jarayonida, mahsulot sifatining taminlanishiga va uning oshishiga tasir etuvchi barcha kuchlarni guruxlash imkoniyati mavjudligi, bunday maxsus guruxlarning tarkibiga sifatni boshqarish mexanizmiga tasir etuvchi omillarni kiritish mumkinmi? Mahsulot ishlab chiqarishning quyi boginlarida taklif etilayotgan sifatni boshqarish mexanizmining sxemasiga, korxona yuqori boginlari rahbariyatining aralashishi huquqi va imtiyozlari mavjudmi? Bunday murakkab savollarga aniq mos keluvchi javoblarning topilishi jumboq bolib, ular boshqaruvning turli boginlarida, ishlab chiqarish va mahsulotning oziga xos xususiyatlarini hisobga olib, chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari va tanlashlari asosida jarayonlarning mohiyatini ifodalashi zarur. Bunday sharoitda muammoni hal etishning koplab variantlari taklif etilishi mumkin. Korxonani boshqarishning har bir bogini yoki ishlab chiqarish bosqichlarida, boshqarish xususiyatlari va tavsiflari mavjudligini hisobga oladigan bolsak, ularning asosida qandaydir umum etirof etilgan, universal sxema bolishini tan olishimiz kerak. Boshqaruv nazariyasining umum etirof etilgan mexanizmi sxemasi 1-rasmda tasvirlangan. Boshqarish umumiy nazariyasining sifatni boshqarishni tashkillashtirishga qaratilgan ishlarini, nazariya asosiy tamoyillarining birlamchi shartlarini imkoniyat darajasida korib chiqish mumkin. Boshqarish va solishtirish tizimi Obyekt holatining parametrlari dasturlari Boshqaruv subyekti Obyekt parametrlari haqiqiy qiymati togrisida axborot 1- rasm. Boshqarish mexanizmining umum qabul qilingan sxemasi. Bu yerda: - togri aloqa; --- aks aloqa. Mahsulot ishlab chiqarish goyasining paydo bolishi bilanoq, uning sifat parametrlari ishchi chizmalarda, texnikaviy hujjatlarda, shartnoma majburiyatlari bandlarida, loyiha konstruktorlik rejalarida, korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari rejalarida, ishlab chiqarish dasturlarining tarkibiy qismlarida korsatkichlarning aniq parametrlari va qiymatlari aks ettiriladi. Shuningdek, korsatilayotgan xizmatlarning tavsiflari bayonida, sifatni nazorat qilish kartalarida, texnologik karta va reglamentlarda, mahsulotni loyihalash yoki modernizatsiyalashga doir texnik topshiriqlarda, mahsulot ishlab chiqarishga texnik reglamentlarda va standartlarda aks ettiriladi va qatiy amal qilish talab etiladi. Bunday sharoitda, ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifatini boshqarish mexanizmini qanday tasavvur qilish mumkin? Mahsulot sifatini boshqarish mehanizmining prinsipial sxemasi VNIIS (sobiq, butunittifoq standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti) tomonidan 1960-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqildi va standarti i kachestvo jurnalida chop etildi (2-rasmga qarang). U oltita blokdan tashkil topgan bolib, har bir blok sifatni boshqarish sohasida belgilangan maxsus vazifalarni bajaradi. Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasi (2-rasm) ning, boshqarish mexanizmining umum qabul qilingan sxemasi (1-rasmga qarang) bilan oxshashligini aniqlash mumkin. Sifatni boshqarishning prinsipial sxemasini ishlab chiqishda, mahsulot sifatiga tasir etuvchi kuchlar yigindisini ikki guruxga: mahsulot sifatini taminlash sharoitlariga va sifatiga tasir etuvchi omillarga ajratilgan. Solishtirish va qaror qabul qilish bloki Tasirlar kuchi bloki Sifatga tasir etuvhi omillar
2-rasm. Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasi. Bu yerda: - togri aloqa; --- aks aloqa. Mahsulot tarkibida mavjud birlamchi xomashyo va materiallar xossalarining ozgarishi, bevosita yuqoridagi omillar tasirida yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayonidagi bunday sharoitlar, mahsulot uchun zarur bolgan sifat xossalarini shakllantirishga ozining nojoya tasirini otkazadi. Bunday omillar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: asosiy ishlab chiqarish fondlari (stanoklar, mashina-mexanizmlar, ishlab chiqarish qurilmalari, mehnat vositalari va h.k.); ishchilarning ruxiy va fiziologik imkoniyatlari (ishchilarning sogligi va psixologik holati, malakaviy konikmalari, bilim darajasi, kasbiy mahorati); xomashyo va materiallarning xossalari, mehnat predmetlari va h.k. Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasi markazidagi doira ichida sifatni taminlash sharoitlariga tasir etuvchi, kop miqdorli omillar keltirilgan, ular tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: ishlab chiqarish jarayonlarining texnik tavsifi (tezligi, davriyligi, davomiyligi va h.k.); ishlab chiqarish binolariga qoyiladigan klimatik omillar (bino ichidagi harorat, namlik va atrof muhitning boshqa parametrlari); ishlab chiqarishda ergonomik omillar (interyer, dizayn va h.k.); ishchi xodimlarni moddiy va manaviy ragbatlantirish (manfaatdorlik omili) tavsifi; ichki muhit omili (ishlab chiqarish jamoasidagi manaviy-psixologik muhit va h.k.); ish orinlarining taminlanishi darajasi, axborot va malumotlar yetkazish xizmatlarining samaradorligi; tashqi muhit omillari (ishchilarning ijtimoiy va moddiy hayot tarzi, oilaviy kechinmalari va h.k.). Mahsulot ishlab chiqarishga tasir etuvchi omillar va sharoitlarga bolish nima uchun kerak? Bu mahsulot sifatini oshirish uchun nima beradi? Mahsulot sifatini boshqarishni tashkil etishda, sifatga tasir etuvchi turli omillar va sharoitlarni birlamchi guruhlarga ajratish, ishlab chiqarish jarayonidagi vaziyatlarni boshqarishda muhim orin egallaydi. Omillar va sharoitlarning birlamchi sinflanishi mahsulot, ishlab chiqarish va xizmat korsatish jarayonlarini, servis va utilizatsiyaning xossalariga tayangan holda chuqurroq differensiatsiyalash imkonini beradi. Sifatni boshqarishdagi bunday guruhlash va yondoshuv, mahsulot sifatini taminlash borasida aniq maqsadlar va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini berib, tashkiliy ishlarning aniqligini taminlab, sifatning belgilangan parametrlaridan ogishidagi sabablarni aniqlashga va bartaraf etishga yordam beradi. Prinsipial sxemaning solishtirish va qaror qabul qilish bloki, aniqlangan sifat ogishlarini tasir etish kuchi yordamida tartibga soladi. Tartibga solish jarayonida tasir etuvchi omillardan yoki sharoitlardan, shuningdek, ulardan birgalikda va boshqalardan foydalanadi. Sifat ogishlarini bartaraf etishning u yoki bu imkoniyat variantlarining samaradorligini, sifatdan ogish kattaligi va uning tavsifidan kelib chiqib, korilgan tasir choralari va ularning birikmalariga bogliq boladi. Mahsulot sifatini boshqarishning prinsipial sxemasiga muvofiq, ishlab chiqarish jarayonida sifat nazorati ustida barcha xodimlar (ishchilar, ustalar, muxandislar, nazoratchilar) doimiy kuzatuv olib borishadi. Korxona xodimlari sifatni boshqarish bloklarining subyektlari sifatida ishtirok etib, sifat boyicha reja chizmalarida, nazorat va texnologik operatsion kartalarda keltirilgan sifat parametrlarini, haqiqatdagi olingan qiymati bilan solishtirib, sifat ogishlarini qoidalarda keltirilganidek bartaraf etish togrisida qaror qabul qiladi. Ishchining kasbiy bilimi va tajribasiga tayangan holda, sifatni boshqarish mexanizmini bevosita ishchining qoliga topshirilgan. Chunki, ishchi ishlab chiqarish jarayonini doimiy kuzatish imkoniyatiga ega bolib, nosozliklarni mustaqil bartaraf eta oladi. Korxonaning keng miqyosli sifatni boshqarish boyicha kop darajali ishlari kesimida, sifatni boshqarish mexanizmining prinsipial sxemasida barcha qiyinchiliklar, birinchi zvenoning rolida aks ettirilib, sxemada birinchi bolib keltirilgan. Korxonaning boshqaruv tizimida sifat boyicha reja aniq ifodalangan va tushunarli bayon etilgan bolsa, sifatni boshqarish mexanizmining prinsipial sxemasi shundagina faoliyatini toliq amalga oshirishi mumkin. Mahsulot sifatini boshqarish togrisida gap borar ekan, mohiyati boyicha belgilangan doirada ornatilgan sifat darajasini taminlash boyicha jarayonlar ham boshqarishga muhtojligini unutmaslik zarur. Bozorda tovarning hayotiy sikli fazalarining ozgarishiga muvofiq, sifat boyicha rejani yangitdan shakllantirish zaruriyati paydo bolib, sifat parametrlari boyicha korsatmalar shaklidagi topshiriqlarning berilishida, yangi ehtiyojlarni hisobga olib ozgartirish kiritish mumkin. Ozgartirish kiritish masalasini korxona, firma va ularning tadbirkorlik faoliyati rahbarlari hal qiladi. Bunday holatda, sifatni boshqarish mexanizmining sxemasi murakkablashib, 2.3-rasmdagi korinishga ega boladi. sifatni boshqarishning differensial rejasi, boshqarishning prinsipial rejasidan sifat boyicha reja bloki va uning tarkibini shakllantiruvchi, yangi bloklarning hosil bolishi bilan farq qiladi. 9. Sifatdan ogish sabablarini bartaraf etish boyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish 10. Sifatni qollab-quvvatlash yoki uni oshirish boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
И
3-rasm. Sifatni boshqarishning differensial sxemasi.1 Mahsulot sifatini boshqarish ishlarini tashkillashtirish shakllari, yirik korxonalar yoki bolinmalar doirasida turli xil darajalarda va ishlab chiqarish uchastkalarida, sifatni boshqarishning prinsipial sxemasi bir vaqtning ozida, bir-biridan izolyatsiyalanmagan va ularning ozaro aloqadorligi taminlangan. Ishlab chiqarish amaliyotida bunday ishlarning uzluksiz tashkil etilganligi, sifatni boshqarish mexanizmining prinsipial sxemasi elementlarining differensiallanish va integratsiyani tashkil etish mumkinligini korsatdi. Differensiallanish va integratsiya jarayonida, prinsipial sxema elementlari va bloklari ozining shakli va qollanilishini saqlab qoladi. Biroq, keng miqyosli ishlab chiqarish jarayonining talablari prinsipial sxema tuzilmasini, ishlab chiqarish bosqichlarining vazifalari va funksiyalariga hamda mahsulot tavsifiga muvofiq, ular integratsiyalanadi yoki differensatsiyalanadi. Shu bilan birga, boshqarish mexanizmining dastlabki prinsipial sxemasi saqlanib qoladi. Biroq, mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshirilishi, mexanizmning quyi darajasini keyingi mexanizmga moslashtirib, yanada mukammal darajada quriladi. Boshqarishning barcha darajalari uchun sifatni boshqarish mexanizmi ish ornidan tortib to boshqarishgacha, sxema integratsiyalanish qonuniyatiga asoslanib quriladi. Sifatni boshqarish mexanizmining integratsiyalanganlik darajasi miqdori, sifatni boshqarish darajasi miqdoriga teng boladi. Biz mantiqiy jihatdan, ikkita juda muhim hisoblanuvchi metodologik qoidalarning ozaro bogliq munosabatlari tushunchasiga ega boldik: omillarni guruhlarga birlashtirish bilan, bir turdagi harakatlarning ishtirokini, sifatni oshirish boyicha ishlarga yonaltirildi; turli darajalarda differensiyalangan omillar guruhi, mahsulot sifatini boshqarish mexanizmi shaklida joylashtirilgan. Sifat bilan bogliq bu ikki qoida, sifatni boshqarish jarayonida barcha harakatlarni ozgartira olishini namoyon etadi. Sifatni boshqarish modellarini ishlab chiqishda, ilmiy prinsiplar, qarashlarga asoslanib bloklardan tashkil topgan, modellashtirish imkoniyatini keltirib chiqaradi. Sifatni boshqarish mexanizmi, korxonaning xojalik-ishlab chiqarish faoliyatining haqiqiy sharoitlarida ikkita ishchi rejimda ishlaydi: strategik - korxonaning uzoq muddatli rivojlanish istiqbollarini belgilab olish bilan bogliq boshqarish mexanizmi bolib, yangi ehtiyojlar va bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olib, yangi mahsulotni ishlab chiqarishga qoyish boyicha imkoniyatlarni topish va rejalarni shakllantirish mexanizmidir; operativ korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qabul qilingan sifat rejasiga muvofiq, sifatni taminlash bilan bogliq bolgan boshqarish mexanizmi. Korxonaning amaldagi haqqoniy sifatni boshqarish tizimi, xalqaro yoki mahalliy standartlar asosida tashkil etilganligiga qaramay qisman, yaxlit yoki batafsil strukturalangan 2.2 va 2.3-rasmlarda keltirilgan sxemalarga mos ishlashi va korinishi taminlanishi zarur. Bizning nazarimizda mukammalroq sxema 2.3-rasmda keltirilganligini hisobga olib, uning tarkibini tashkil etgan alohida bloklarning vazifalarini bayon etamiz. 1-blok. Ishlab chiqarish va xususiy istemollar sohasi deb nomlanuvchi blokda mahsulotning yaratilish maqsadi va istemolchilarning kimligi, qanday ehtiyojlarni qondirishi va h.k. bayon etiladi. Ushbu blok, ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarishda muhim orinni egallaydi va ehtiyojni qondirish xossasiga ega bolgan mahsulot chiqarishga barcha resurslarni yonaltiradi. Istemolchilar sotib olgan mahsulotning sifati haqiqiy ehtiyojlarga muvofiqligini organadi. 2-blok. Bozordagi yangi ehtiyojlar hajmi va uning tavsiflarini organish bloki, bozorda yuzaga kelgan yangi ehtiyojlarni organish natijasida, talab va taklif qonuniga muvofiq yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan ehtiyojni qondirishga harakat qilish, shunga asosan sifatni boshqarish mexanizmining keyingi zvenosini harakatga keltirish uchun turtki beruvchi yangi togri aloqani shakllantirish zarur boladi. Shakllantirilgan birinchi togri aloqadan keyin, yangi ehtiyojlarning yuzaga kelishi natijalarining psixologik, xojalik yoki ishlab chiqarish muhiti, imkoniyatlari aniqlashtiriladi. Shuningdek, ehtiyojlarning vaqt davomidagi rivojlanish qonuni harakatini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilinib, ehtiyojlarning taqsimlanishi va hajmi dinamikasi aniqlanadi. 1 Download 241.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling