Reja: Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo‘yilgan talablar


Download 24.28 Kb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi24.28 Kb.
#224655
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 (2)


Sinf rahbarining shaxs va jamoani o‘rganish metodikasi

Reja:


1.Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo‘yilgan talablar.

2. Sinf jamoasini tarbiyalash ishini rejalashtirish.

3. Sinf jamoasi bilan ishlash va unga raxbarlik kilish.

Jamoa nazariyasi koidalariga muvofik, uni yaratish metodikasi ishlab chikilgan. Uning umumiy asoslari kuyidagilardan iborat: talablar kuyish, faollarni tarbiyalash, ukuv, mexnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istikbollarni tashkil etish, soglom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va kupaytirish.

Ta’riflangan bu koidalar har kanday jamoa (ta’lim muassasasi, sinf jamoasi, ta’lim muassasasidan tashkari o‘quvchilar birlashmasi va xokazolar)ni shakllantirish va rivojlantarish uchun kullanma xisoblanadi. Mazkur bobda gap sinf jamoasini barpo etish va rivojlantirish, sinf rahbarining shu yunalishdagi ishi xakida boradi.

Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffakiyatning muhim sharti xisoblanadi. Shuning uchun har bir pedagog tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasi (boskichi, davri)ni aniklashdan boshlaydi. Pedagogning esa yangi sinf bilan kup marta ish boshlashiga tug‘ri keladi: o‘z mexnat faoliyatining dastlabki yilida, sinfni navbatdagi bitirib chikish mavsumidan keyin, baxzan esa ta’lim muassasasida vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan. Sinf rahbari uzining metodlari jamoaning rivojlanishiga tuskinlik kilmasligi uchun shunday keyingi ishlari davomida vakti vakti bilan jamoaning rivojlanish darajasini anglab turadi.

Nazariyada jamoa rivojlanishining uch yoki turtta darajasi ajratib kursatiladi («Pedagogika» darsligining tegishli bobiga karang). Boshlangich daraja pedagogning kuch-gayrati natijasida sinfda o‘rnatilgan muayyan darajadagi tartib, intizom bilan, tarbiyalanuvchilarning uncha katta bo‘lmagan qismi sinf rahbarining harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan izoxlanadi. Tarbiya jarayoni o‘z – o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim o‘quvchilar va umuman jamoa uz faoliyatini mustakil rejalashtiradi va tashkil etadi, o‘ziga va bir-biriga talablar kuyadi va o‘z-o‘zini nazorat kiladi. Sinf rahbari va o‘quvchilar jamoasi o‘y-niyatlari va ishlarida birgadirlar.

Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yul uzoq bo‘lib, muayyan qiyiichiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Bu sinf rahbarining asosiy ishidir. Umuman ta’lim muassasasi tarbiyachisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o‘tishiga borlik bo‘ladi. Agar o‘quvchilar jamoasi barpo etilmagan bo‘lsa, o‘quvchi ta’lim muassasasini hech afsuslanmay tark etadi, hatto keyinchalik o‘qigan yillarini eslamaydi xam. O‘quvchilar jamoasini inoq jamoaga birlashtnrgan moxir sinf rahbari qo‘lida tarbiyalangan odam baxtlidir. Ulg‘ayayotgan kishi, fukaroning xayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning xayot yulini belgilashda o‘z vazifasini anglash sinf rahbarining tarbiyalanuvchilar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat’iy faoliyatining zarur sharti xisoblanadi.




Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling