Reja Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni


Fizikadan to‘garaklar tashkil etish


Download 173.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi173.65 Kb.
#1193932
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza (1)

2. Fizikadan to‘garaklar tashkil etish. 
To„garak – bu sinfdan tashqari ishning muntazam shaklidir. Unda avvaldan 
tayyorlangan, maktab rahbari tasdiqlagan dastur asosida o„quvchilar ma‟lumotlar 
oladilar, o„quvchilarning mavjud bilim va ko„nikmalarini, chuqurlashtiradi va 
mustahkamlaydi. Fizika to„garagi mavzusini o„qituvchi tanlaydi. Fizikadan 
o„tkaziladigan to„garaklar ko„proq fizikadan masalalar yechish, fizikadan qo„lda 
asboblar yasash, fizika-texnika taraqqiyoti mavzulari bo„yicha olib boriladi. 
To„garak a‟zolari 10-15 tagacha bo„ladi. Agar xohlovchilar soni ko„p bo„lsa ular 
guruhlarga bo„linadi. Bir oyda ikki marta to„garak to„garak a‟zolari bilan, ikki 
marta guruhdagi o„quvchilar bilan mashg„ulot o„tkazish maqsadga muvofiq 
bo„ladi. Mashg„ulot vaqti 6-7 sinflarda bir soat, yuqori sinflarda 1,5-2 soat, amaliy 
ishlar 1-3 soat bo„ladi. 
To„garaklar mavzusining zamonaviyligi katta ahamiyatga ega. Ma‟lumki, 
o„quvchilar avtomatika, radio, energetika, yarim o„tkazgichlar, raketa texnikasi 
kabilarga juda qiziqadilar, shuningdek, fizika kabinetida elektr simlarini o„tkazish, 
qo„ng„iroqlarni avtomatik chalish, magnitafon va televizorlarni tuzatish, maktabni 
radiolashtirish, kompyutyerlashtirish va hakozalarga ham qiziqadilar. 
6-7 sinf o„quvchilarini fizika-texnika to„garagida asosan radiotexnika, 
elektrotexnika va boshqa texnika asoslari bilan tanishtirish mo„ljal qilinadi. Buning 
uchun avval murakkab bo„lmagan asboblar yig„ib, keyin o„rganiladi. Bunday yo„l 
6-7 sinflar uchun qo„llaniladi. 
3. Fizikadan kecha, anjuman, viktorina uyushtirish. 
O„rta umumta‟lim maktablarida sinfdan tashqari ishlarni ommalashtirishni 
eng oson amalga oshiradigan samarali, ko„p mehnat talab etadigan tadbirlaridan 
fizika kechalari, anjuman va viktorinalarni uyushtirishdir. Ular fizikaning ko„p 
sohalari bo„yicha o„quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish uchun 
yaxshi vosita bo„lib hisoblanadi va ko„p miqdordagi o„quvchilarning ishtirok 
etishlarini talab qiladi. Bu tadbirlar o„quvchilarning jamoa bo„lib birlashishlariga 
katta yordam beradi. 
Barcha ommaviy tadbirlar singari fizika kechalari ham yaxshi tayyorgarlik 
ko„rishni, aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, ayrim 
bosqichlarining ketma-ketligi va davomiyligi, fizika kabinetini bezatish


dokladlarning mazmuni, kerakli asbob va uskunalar, devoriy gazetalar chiqarish 
kabi ishlar avvaldan rejalashtirib, aniq ishlangan holda tayyorlangan bo„lishi kerak. 
Kechani o„tkazishda turli sinf o„quvchilari ishtirok etadilar. 
Kechani o„tkazish rejasida quyidagilarga alohida e‟tibor qaratish lozim: 
1. Kecha dasturini tuzish 
2. Boshqaruvchi va ma‟ruzachilarni aniqlash 
3. Tajribalarni tanlash 
4. Konkurs va viktorinalarga savol va masalalar tanlash 
5. Tasvirlovchi material tayyorlash va uni namoyish qilish vositalarini 
aniqlash 
6. Badiiy qism qatnashchilarining tayyorgarligini o„tkazish 
7. Xonani jihozlash, e‟lon chiqarish va taklifnoma tayyorlash 
8. Kecha o„tayotgan paytda navbatchilik tashkil qilish 
9. Tanlovlar natijalarini baholash uchun hay‟at tashkil qilish 
10. Tanlovda g„olib chiqqanlarga mukofotlar tayyorlash 
Yuqoridagi reja asosida kosmonavtika kuniga, radio kuniga, buyuk fizik 
olimlarning tavallud kunlariga bag„ishlangan kechalar, «Ekologiya va inson”, 
“Tabiat va texnika», “Kompyuter texnologiyasi» kabi mavzularda qiziqarli 
kechalar o„tkazish ta‟lim samaradorligini oshirishga katta xizmat qiladi. 

Download 173.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling